3-Mavzu: Fizikadan sinfdan tashqari ishlar, sayllar va ularni o’tish metodikasi
REJA
Fizik kechalarni tashkil etish va o’tkazish bo’yich uslubiy tavsiya.
Fizikadan fakultativ mashg'ulotlar.
Fizikadan viktorinalar o`tkazish metodikasi.
1.Fizik kechalarni tashkil etish va o’tkazish bo’yich uslubiy tavsiya.
Kecha o`tkazishga misol tariqasida bionikadan “Muxandis va tabiat” mavzusiga oid kompleks kechani qisqacha ko`rib o`taylik. Kechani musoboqa shaklida o`tkazish ham mumkin. Buning uchun to`rtta sinfdan bittadan jamoa tuziladi. Har bir jamoada 7-8 tadan o`quvchi bo`ladi. Har bir jamoaga alohida mavzu beriladi: ”Tezlik uchun kurash”, “Tirik lokatorlar”, “Tabiat sinoptiklari”,”Tabiat va texnikada gidroaerodinamik qonunlari”. Jamoalar mavzularni chek tashlash yo`li bilan oladilar.
“Tirik lokatorlar”
1-ma’ruza: “Exolatorlar”
Tajribalar: Shu mavzuga tegishli adabiyotlar ro`yxatida [20] raqamli adabiyot; 1-tom, 87- tajriba,2-tomidan 121- tajriba.
Jihozlash: “Fizika va jonli tabiat diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: ko`rshapalak, delfin- ultratovush projektori.
Kinofilm: “Biologiya va texnika muammolari”, 1-qism.
Musobaqadoshlardan beriladigan taxminiy savollar:
Exolokatsiya prinsipi birinchi bo`lib Yer hayvoni ko`rshapalakda payqalgan edi. Nima uchun bu prinsip texnikada suv osti ishlarida foydalaniladi?. Lokatsiyaning boshqa qo`llanishlarini aytib bering.
Bitta xonadagi ko`rshapalaklardan har biri faqat o`zining signalini (tovushini) qabul qilishini, boshqalarining signalidan farqlanishini qanday tushuntitish mumkin?. Radar qurilmalarida bu hodisadan qanday foydalaniladi?.
2-ma’ruza: “Issiqlikni ko`rish mumkinmi?.
Tajribalar: [20]-dan: 2-tom, 24-53- tajriba.
Jihozlash: “Fizika va jonli tabiat”diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Ilon-lokator.
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan taxminiy savollar:
Ma’lumki, muhandislar ilon detektorlarga nisbatan kattaroq sezgirlikka ega bo`lgan infraqizil detektorlarni loyihaladilar. Ehtimol ilon termolokatori bilan shug`ullanishning qizig`i qolmagandir?.
Ilonlar qorong`ida “ko`rish”, termolokatsiya qobiliyatiga egalar. Odam shunday qobiliyatga egami? Odamga qorong`ida ko`rish uchun qanday asboblar yordam beradi?.
“Tezlik uchun kurash”.
1-ma’ruza: “Tez yurar teri”.
Tajribalar: [23]-dan 1 tom, 108-va 111-tajribalar.
Jihozlash: “Fizika va tirik tabiat” diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Delfin terisining kesimi.
Sxemalar: Delfinning sun’iy terisi; qattiq qobiqli jismning suyuqlikdagi harakati; delfinning harakati.
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan taxminiy savollar:
Delfinni quvib o`tadigan kema qurish mumkinmi?
Delfin “motorining” tez yurarligi ta’kidlanadi, uning quvvatiqancha va u qanday o`lchanadi?
2-ma’ruza: “Jonli raketalar”.
Tajribalar: [23]-dan 1-tom, 17-tajriba; “Havo reaktiv samolyoti” o`yinchog`i va “suv osti kema” o`yinchog`ini namoyish qilish.
Jihozlash:”Fizika vajonli tabiat” diafilmidan kadrlar.
Rasmlar: Kalmarning tashqi ko`rinishi, suv otgich modeli.
Kinofilm: “Biologiya va texnika muammolari”, 1-qism.
Musobaqadoshlardan tushadigan taxminiy savollar:
Suv otgich kemalari qurishda tabiatdan andoza olish ma’noga ega bo`ladimi? Havo yostiqli va suv osti qanotli kemalar tez yurar va burila oladigan bo`lishi mumkinmi?
Reaktiv harakat prisipini qo`llay oladigan qobiliyatga ega bo`lgan Yer usti hayvoni mavjudmi?
“Tabiat sinoptiklari”
Ma’ruza: “Tirik seysmograflar”
Tajribalar: [27]-dan 1-tom, 64-, 77-, 78- va 84-tajribalar; qo`lda yasalgan seysmograf.
Jihozlash: Po`rtanani oldindan aytib beruvchi asbobning blok-sxemasini tasvirlovchi diapozitiv.
Musobaqadoshlar tomonidan beriladigan savollar.
Tirik va texnika seysmograflar orasida qanday umumiylik va farq bor?
Yer qimirlashini oldindan aytib bera oladigan “tirik seysmograf”larniki kabi sezgirlikka ega bo`lgan mexanik seysmograflar mavjudmi?
2-ma’ruza: Ob-havoni oldindan aytuvchilar”.
Tajribalar: “Верите ли приметам” diafilmidan kadrlar.
Musobaqadoshlarning taxminiy savollari:
Ob-havoni o`zgartirishda bionika qanday amaliy natijalar berishi mumkin?
Hozirgi vaqtda meterologiya fani juda tez rivojlanmoqda. Kelajakda tirik oldindan aytuvchilarga o`rin qoladimi?
O`tib ketgan davrlardagi ob-havo tirikorganizmning tuzilishiga qarab qanday o`rganiladi?
“Tabiat va texnikada gidroaerodinamika qonunlari”.
1-ma’ruza: “Qanot qoqish”.
Tajribalar: [30]-dan 1-tom, 101-, 113-, 114-tajribalar; o`yinchoq pildiroqni uchirish.
Jihozlash: “Fizika va jonli tabiat” diafilmidan kadr.
Sxemalar: Samolyot qanotida kuchlarning bo`linishi; qushlar qanot qoqayotganda kuchlarning bo`linishi.
Musobaqadoshlarning taxminiy savollari:
Qanotli qurilmalarni qanday maqsadlarda qo`llash mumkin. Ularni ishlab chiqarishga ehtiyoj bormi?
Qanot yoyib ketayotgan qush patentini o`zlashtirish imkoniyatlarining chegarasi mavjudmi?
2-ma’ruza: “Tirik gidravlika”
Jihozlash: rasmlar, o`rgimchak, ming oyoqli “mashina”, odimlovchi ekskovatorlar tasviri.
Musobaqadoshlarning taxminiy savollari:
Inson g`ildirakni loyhaladi, u ozmuncha harakat qilayotgani yo`q. Lekin uning tabiatda timsoli yo`q. Demak, hamma vaqt tabiatga taqlid qilish kerakmi?
O`rgimchak tabiatda buyuk “loyihachidir”. Uning aytilmagan “patentlaridan” misollar keltiring.
“ASSALOM FIZIKA” KECHASI.
Do'stlaringiz bilan baham: |