1. Fan klassifikatsiyasini tuzish
Fan – murakkab tarkibga ega ijtimoiy hodisa Fanning ijtimoiy-madaniy xodisa ekanligi uning jamiyat xayoti va taraqqiyoti talablari bilan bog’liqligida namoyon bo'ladi. Dastlabki bilimlar qadimgi Sharq mamlakatlari Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. XVI-XVII asrlarda ijtimoiy xayotdagi jiddiy o'zgarishlar - sanoat, ishlab chiqarishining yuzaga kelishi, xususan, harbiy, tog’, qurilish sanoati, xalqaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va taraqqiyoti uchun turtki bo’ldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsalar, predmetlar, jarayonlar moxiyatini anglash, ularni o’rganish zarur edi. Fan – ijtimoiy ongning maxsus shakli. Fan olamni aks ettirishning eng umumiy shakli, unda olam, uning barcha ko’rinishlarining mohiyati, xossa – xususiyatlari, qonuniyatlari aks etadi. Fanda olam (tabiat, jamiyat, inson, uning moddiy va ruhiy olami haqidagi bilim) ilmiy tushuncha (terminlar), ilmiy taxmin, qonun, nazariya, ta’limot, bashorat kabi shakllarda ifodalanadi. Fan murakkab tarkiban tuzilishga ega ijtimoiy - madaniy xodisa. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning o’zi tug’risidagi ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bo’lmish - ilmiy bilimlar tizimi hamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.
Fan – ilmiy bilimlar tizimi. Fan dunyo, shu jumladan odamning o’zi to’g’risidagi ob’yektiv bilimlar tizimi va u fan sohalarida o’z ifodasini topadi. Fan olamni tasvirlaydi, tushuntiradi, bashorat qiladi. Inson olamni ikki xil yo’l bilan o’zlashtiradi moddiy hamda ma’naviy. Inson o’z extiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda olam, undagi narsa, xodisa. jarayonlarning mohiyatini, qonuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda o’z ifodasini topadi. Bilish-insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy - tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni hosil qilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikki ko’rinishda - kundalik va ilmiy bilishda namoyon bo’ladi. Ilmiy bilish - olamni chuqur, atroflicha bilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayoni. Ilmiy bilish a) inson va insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan ilmiy bilimlarni o’zlashtirish; b) ilmiy bilimlarni xosil qilish. Bu – ilmiy izlanish (tadqiqot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. Bilim - bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan voqelik, kishilarning olam haqidagi ma’lumotlari. Fan dunyo, undagi narsa va hodisalar haqidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadqiq etuvchi maxsus soxa - epistemiologiyadir. Ilmiy bilish (tadqiqot, izlanish) natijasi - ilmiy bilim. Ilmiy bilimlar fan mazmunida o’z ifodasini topadi. Fanning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farqi – undagi ilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |