1. Fan klassifikatsiyasini tuzish


“Qadimgi Hindistonda fanning rivojlanishi” mavzusida referat yozish



Download 152,27 Kb.
bet9/31
Sana08.06.2022
Hajmi152,27 Kb.
#645433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Fan va texnika mustaqil ish

10. “Qadimgi Hindistonda fanning rivojlanishi” mavzusida referat yozish
Hindistonda aniq fanlarga ham katta e’tibor berganlar. Geografiya, tarix, astranomiya, matematika fanlari ham taraqqiy etgan edi. Hind faylasuflari C har ak degan ta ’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko‘ra ilmning bosh manbayi-
tajribadir deyiladi. Hindiston shaxmat o'yinining ham vatanidir.
Hind astronomlariva matematiklari bir yilni 365 kunga, 12 oyga bo’lib, shundan 5 kunini bayram hisoblaganlar. Ularning hisobida bir yil 365 kunga teng bolgan. Ular quyosh va suv soatlarini kashf etib, ulardan foydalanganlar. Astronom Aryabxata Vasrdayoq Yerning sharsimon ekanligini va yerning o'ziga tortish qonunini, ayni paytda u o‘z o'qi atrofida aylanish farazini aytgan.
Hindistonda tabobat ilmi ham ancha rivoj topgan edi. Tabiblar tomir harakatiga qarab kasalliklarni aniqlaganlar. Bemorlarni shifobaxsh o'simlik ho’l meva, hayvon a’zolari va boshqa narsalardan tayyorlangan sodda va murak-kab dorilar bilan davolaganlar.
Hind tsivilizatsiyasi shu qadar rivojlanganki, uning o'ziga xos tili bor edi. Yozuv namunalari bilan topilgan planshetlarning yoshi ming yillarga baholanmoqda, ammo olimlar hozirgacha bu qadimiy belgilarni hal qila olishmadi.
Qadimgi hind xalqining til tizimi juda murakkab va xilma-xildir. Unda 400 ga yaqin ieroglif va belgilar mavjud - to'rtburchaklar shakllar, to'lqinlar, kvadratlar. Ilk yozuv namunalari shu kungacha loy lavhalar shaklida saqlanib qolgan. Arxeologlar, shuningdek, o'tkir tosh buyumlar bilan yasalgan toshlardagi yozuvlarni topdilar. Ammo antik davrda mavjud bo'lgan tilning orqasida turgan bu qadimiy yozuvlarning mazmunini hatto kompyuter texnologiyalari yordamida ham ochib bo'lmaydi.

11. “Islom Uyg’onish davrida fan” davra suhbatiga tayyorgarlik
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi.
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar.

Download 152,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish