13. “Bayt ul-hikma” allomalari haqida biografik ma’lumotlar tuzish
Muhammad al-Xorazmiy
O‘zining daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo‘shgan olim - Muhammad al-Xorazmiydir. Yoshligi bilan bog‘liq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq, 800 yillarning boshlarida Xurosonning Bog‘doddagi hokimi - Ma’mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligini inobatga olgan holda, u ona yurti Xorazmda ta’lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo‘lib ulgurgan. 813 yilda Ma’mun xaliflik tojini egallaydi va Marvda atrofiga yig‘ilgan olimlar bilan birga Bog‘dodga ko‘chib o‘tadi. Muhammad al-Xorazmiy 20 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan, ulardan 7 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Jumladan:
“Fi xisab al-Xind” (arab tilidagi “Hindcha hisob haqida kitob”) – o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor, to‘qqizta raqamni bayon etuvchi asar.
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. (Arab tilida yozilgan “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) - muallif tomonidan algebra fan sifatida ko‘rilib, “Algebra” deb nom olgan kitob.
Ahmad al-Farg‘oniy
O‘rta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy salmoqli o‘rin egallaydi. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. Manbalarda uning farg‘onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma'lumotlar saqlanmagan. Misrning poytaxti Qohirani - Misr, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni - Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko‘ra, O‘rta asrlardagi Farg‘ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg‘ona deyishgan. Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Qubo (quva) qishlog‘ida tug‘ilgan. Shunisi ma'lumki, al-Farg‘oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, o‘g‘li Abdullohning (bo‘lajak xalifa al-Ma'munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan.
Ahmad al-Marvaziy
Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan yana biri Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy bo‘lib, u «Habash al-Hosib» («Habash hisobchi») laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy rutbasi esa muallifni hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali shahri yaqinidagi Marvdan ekanligini ko‘rsatadi. Ahmad al-Marvaziy «Zij» («Astronomik jadvallari») deb ataladigan «Damashq ziji» («az-Zij al-ma'ruf bi-d-Damashqiy»), «Zij» (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va «al-Ma'munning tekshirilgan ziji» («az-Zij al-Ma'muniy al-mumtahan») asarlarining muallifidir. Olimning asarlarida bayon qilingan tangens, kotangens va kosekans tushunchalari trigonometriya rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |