Diniy dunyoqarash
Din” sо‘zi arabchadan tarjimada “e’tiqod”, “ishonch” degan ma’nolarni anglatadi. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bо‘lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qilish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:
emotsional-ruhiy holatlar;
e’tiqod;
e’tiqodning hatti-harakatlarda ifoda etilishi.
Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. Mif bilan taqqoslaganda, dinning funksiyalari murakkabroqdir. Dinning funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bо‘lgan va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bо‘lga, degan savollarga javob beradi.
Kommunikativ funksiyasi - muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta’minlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga kо‘maklashadi.
Tartibga solish funksiyasi - odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli meyorlar va qoidalarni belgilaydi.
Kompensatorlik funksiyasi - yetishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxо‘rlik о‘rnini tо‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yо‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari о‘rnini tо‘ldiradi.
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bо‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bо‘lgan e’tiqodini tо‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. Shuningdek, dinning psixologik, gnoseologik ijtimoiy va siyosiy ildizlari mavjud.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, - “Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bо‘lib kelganining о‘ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning о‘ziga xos avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bо‘lgan din, umuminsoniy axloq meyorlarini о‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan”.
Insoniyat tarixiga kо‘p sonli turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bо‘lgan inson о‘ziga qudratli, yot va sirli bо‘lib tuyilgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik kо‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo bо‘lishi, mulkdorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudolikga sig‘inish tendensiyasi paydo bо‘ldi. Odamlar kо‘p sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. “mono” – “bir” va “theos” – “xudo”), iudaizm (mil.av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas, har bir din ma’lum falsafaga asoslanadi.
Diniy dunyoqarashni “Teologiya” deb ataladigan fan о‘rganadi. “Teologiya” olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va о‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilishning о‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi о‘rni va ahamiyati benihoyat ulkandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |