O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangiyer filiali
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
Umumiy fanlar kafedrasi
Falsafa fanidan tayyorlangan prezentatsiya
mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
topshirdi: 22-20 KT guruhi talabasi Z.A.Boyzoqova
tekshirdi: Tarix fanlari nomzodi, dotsent F.u.O’sarov
Yangiyer shahri – 2022 yil
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
reja:
- Kirish
- Asosiy qism
1. Olam tushunchasi. Substansiya. Olam va odam munosabati falsafaning asosiy masalasi
2. Borliq tushunchasi. Borliqning tuzilishi.
3. Harakat va uning shakllari. Borliqning fazo va vaqtda mavjud bo‘lish tamoyili.
4. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati.
iii. iV. Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
kirish
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, olam qachon aynan yaralganligini aytib berish qiyin. Lekin inson o‘zligini tanib boshlaganidan buyon olam haqida tasavvur qilib kelmoqda. Shu bilan birga olam va odam o‘zaro bir – biri bilan chambarchas bog‘liq. Olam yaralibdiki, tabiatni insonsiz va insonni tabiatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, umuman olganda tabiat yo‘qlikdan paydo bo‘lmagan, ya’ni uning asosi mavjuddir.
Olam yaralganligi to‘g‘risida Stephen William Hawking, Albеrt Еynshtеyn, Isaac Newton larning fikrlari ham ushbu slaydda bayon qilingan.
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
Olam tushunchasi. Substansiya. Olam va odam munosabati falsafaning asosiy masalasi
Olam va odamning o‘zaro munosabati, olamning paydo bo‘lishi, unda insonning o‘rni azaliy, abadiy va falsafiy muammodir. Olam borliqni insoniyat tomonidan o‘rganilgan, o‘zining taxminiy bilish nazariyalariga asoslangan holda tasavvur qilib ko‘rgan unsur va elementlar yig‘indisi deb bilgan va anglay olgan, hamda chegaralay oladigan qismi. Olamning holatini bugungi kunga qadar shuncha fan va ta’lim, texnika rivojlanganligi bilan ham aynan olamning paydo bo‘lishi “hech narsa”, “yo’qlik” degan tushunchalarga olib borib taqalmoqda.
Stephen William Hawking – ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchi va Kembrij universiteti Nazariy kosmologiya markazi tadqiqot direktori, olimi: “Olam vujudga kelmasdan ilgari nima bo‘lgan?” degan savol mantiqsizligini, vaqtning faqatgina kelajakka yo‘nalgan oqimini ifodalovchi modeli vositasida asoslangan bergan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, falsafadagi olam tushunchasi kosmologiyadagi, dindagi olam tushunchalariga nisbatan mazmunan boyroq, serqirralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |