Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
Olam tushunchasi. Substansiya. Olam va odam munosabati falsafaning asosiy masalasi
Substantsiya - muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil ko‘rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substantsiya yotadi, deb hisoblovchi ta‘limotni monizm deb atashadi.
Faylasuflar substantsiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan. Substantsiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm tarafdorlari. G‘oyani, rahni oluvchilar esa - idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g‘oya yoki ruh yotadi deb hisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis - ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, Moniy, R.Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida kо‘р substantsiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis — kо‘рсhilik so‘zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
Olam tushunchasi. Substansiya. Olam va odam munosabati falsafaning asosiy masalasi
Olam – bu borliqni odam nazarda tutgan unsurlardan tashkil topgan odam tomonidan bilingan, anglangan qismi.
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
Olam tushunchasi. Substansiya. Olam va odam munosabati falsafaning asosiy masalasi
Mavzu:Falsafada olam va odam muammosi
Borliq tushunchasi. Borliqning tuzilishi
Borliq falsafiy katеgoriya bo‘lib, olamdagi turli-tumanlikni xilma-xil ko‘rinishda va o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini aks ettiradi. Shu nuqtai-nazardan borliq tushunchasi moddiylik, ijtimoiylik va ma‘naviylik o‘rtasidagi umumiylik va o‘zaro aloqadorlikni ochib bеradi. Borliq – bu tabiat, jamiyat va insonning rеal holati, kеlajagi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon "borliq" va "yo‘qlik" haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kеlishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu chog‘gacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog‘lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’yеktiv rеalliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y - hayollarimiz borliq, tushunchasidan chеtda qolar еkanda, dеgan savolga ular, bunday tushunchalar ob’yеktiv rеallikning hosilasidir, dеb javob bеrishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |