1. Falsafaning predmeti va asosiy masalasi. Dunyoqarashning mohiyati va tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari



Download 44,9 Kb.
bet7/15
Sana15.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#675603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Ma'ruza matni

Falsafa va fanning mutanosibligi.
Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san’at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida sо‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq о‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo kо‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bо‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni о‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan kо‘pincha ayni shu kontekstda qо‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman о‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu obyekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning о‘zigagina xos bо‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bо‘lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bо‘ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni tо‘g‘ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni tо‘g‘ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bо‘lgan voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bо‘lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog‘liq emas. Ular mazkur sohada olg‘a siljish uchun о‘zlashtirish lozim bо‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan о‘tgan bilimlar yig‘indisi sifatida avloddan-avlodga о‘tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yо‘li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bо‘lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya’ni amaliyot sinovidan о‘tgan, kundalik hayotda о‘z tasdig‘ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala «yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bо‘lgan, boshqacha aytganda, aniq ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda kо‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og‘irligiga teng kuch ta’sir kо‘rsatishi aniqlangani zahoti bu masalalar о‘zining «ochiq» xususiyatini yо‘qotgan, ya’ni ular о‘zining boshqa variantlarni istisno etadigan aniq yechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qо‘shimcha mushohada yuritish foydasizligi tufayli о‘zining har qanday ahamiyatini yо‘qotganligini anglatgan. Yechilgan masalalar va muammolar esa aniq, ishonchli bilim darajasiga о‘tgan va shu davrdan e’tiboran о‘zining falsafiy tusini yо‘qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta’riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e’tirof etgudek bо‘lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bо‘ladi, deb qayd etdi.
Shunday qilib, azaldan yaxlit va bо‘linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa zaminida о‘sha zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yо‘nalishga ega bо‘lgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. Shu tariqa asta-sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va boshqalar) shakllanib, о‘z shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma’noda falsafa barcha fanlarning asosi hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba’zan parchalanib, о‘z tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining teranligi va narsalar mohiyatini anglash darajasi ortsa, ayni vaqtda о‘rganilayotgan masalalar doirasi torayadi.

Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish