Saqlashda don va urug`larni turli aralashmalardan tozalash.
YAxshi tashkil etilgan va uz vaktida utkaziladigan tozalash ishlarisiz don turkumlarini ishonchli saqlash va xatto ulardan xalq xo`jaligida ratsional foydalanishni ta`minlash mumkin emas. Donni aralashmalardan tozalash uchun texnologik yulga biriktirilgan turli unumdorlikka ega bo`lgan mashina va mexanizmlarning katta parki talab qilinadi.
Saqlashda don massasini quritish.
Buning uchun don qabul qilish korxonalarida turli rusum va unumdorlikka ega bo`lgan donkuritgichlar ishlatiladi. Bizning ulkamizda etishtiriladigan donlarni yigish mavsumi jazirama issik va kuruk davrga to`g`ri kelishi tufayli qabul qilinadigan donning namligi 8 - 9 % atrofida bo`ladi. SHu sababli ko`pgina xollarda kuritgichdan foydalanishga extiyoj har yuk.
Saqlashda don massasini shamollatish.
Saqlashning kulay temperatura rejimini yaratish uchun don va don mahsulotlari shamollatish zarur bo`ladi. Buning uchun transport mexanizmlari tizimi va don tozalash mashinalari yoki maxsus faol shamollatish uskunalaridan foydalaniladi. Sovutish agenti sifatida tabiiy yoki sovutish uskunalari yordamida sovutilgan xavodan foydalanish mumkin.
Don massasini zararkunandalar ta`siridan ximoya qilish.
Belgilangan muddatda donni sifatli saqlashga erishish uchun uni zararkunandalar olamiga mansub bo`lgan xasharotlar, kanalar, shuningdek kemiruvchi va qushlar ta`siridan ximoya qilish lozim. Bu tadbir turli kimyoviy vositalar (metilbromid, 242 preparat, fosfororganik preparatlar va x.k.) ni ishlatish yuli bilan amalga oshiriladi.
Ushbu asosiy texnologik amallar bilan birga boshqa xususiy usullar har ishlatiladiki, ular saqlash davrida fakat foyda keltiradi. Masalan, dukkakli ekin urug`lari rangi, ulchami bo`yicha saralanib saqlanadi.
Donni saqlash soxasida ishlaydigan zamonaviy mutaxassislar biologik, texnik yunalishlar bo`yicha mukammal tayyorgarlikka ega bulishlari talab qilinadi.
Saqlashga qabul qilinadigan donning holati.
Donni qabul qiladigan korxonalarga jamoa va davlat xo`jaliklaridan yuzdan ortik turli boshoqli,dukakli, moybop va emga muljallangan o`simliklarnig don va urug`lari junatiladi. Bu mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari, texnologik va emboplik xossalari donshunoslik va bioximiya kurslarida ko`rib chiqiladi. Lekin katta don partiyalarini nobud kilmasdan saqlashni tashkil qilish uchun ularning saqlash ob`ekti sifatida harakteristikasini bilish zarur.
Omborlarga tushadigan don partiyalarining tashki kurinishiga (botanik oilasi, kurinishi, turi va navi, shuninigdek sifat ko`rsatkichlariga) nisbatan har xil ekanligiga karamasdan, ularning xossalari saqlash ob`ekti sifatida bir-biriga yaqindir. Bu holat saqlashda turli don partiyalari uchun deyarli bir xil texnologik amallar va saqlash rejimlarini qo`llashga imkon beradi.
Bu umumiy xossalar bilan bir katorda aloxida don partiyalarining botanik belgilari, ustirishning uziga xos xususiyatlari, yigishtirib olish va tashish bilan boglik bo`lgan maxsus xossalari har kuzda tutiladi.
Tashki belgilari va sifat ko`rsatkichlari bo`yicha bir xil bo`lgan don massasiga don partiyasi deyiladi.
Don qabul qilish korxonalariga don partiyalar bilan kelib tushadi. Birok dikkat bilan tekshirganda biz shuning guvoxi bulamizki, don partiyasi uzida talaygina qismlar majmuasini namoyon qiladi.
Xatto, don massasining asosiy qismi har doim bir xil bulavermaydi. Don turli ulcham, to`liqlik, 1000 ta don massasi, zichlik, namlik va boshqalarga ega bo`ladi.
Bunaka turli-tumanlik o`simlik meva va urug`larining uziga xos shakllanishi va rivojlanishining oqibati bo`lib hisoblanadi.
Meva va urug`larning gullashda paydo bulishi turli vaktga to`g`ri keladi. Binobarin, bugdoy va javdar boshogining gullashi
uning O`RTA qismidan, tarik va sulida yuqori qismidan, nuxat va embop dukkakli o`simliklarda esa pastda joylashgan gullardan boshlanadi. Odatda eng tulakon don guldonning erta gullaydigan qismidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |