O`simlikning rivojlanishi va donning shakllanish sharoiti.
Bu sharoit don massasining sifati, holati va hosilning kattaligiga ta`sir ko`rsatadi.
Bir xil urug`lik sifatiga ega bo`lgan don hosili ustirilgan rayon va tuprogiga karab har xil bulishi mumkin. Donning sifatiga tuprokka berilgan ugit har katta ta`sir ko`rsatadi. Agar hosilni yigib olish davrida yoki undan oldinrok yog`ingarchilik busa, don qabul qilish korxonalariga yuqori namlikka ega bo`lgan mahsulot qabul qilinadi, bunaka don massasini saqlash kiyin. Kurgokchilik yillarida don kuruk holatda qabul qilinadi; agar kurgokchilik donning pishish davriga to`g`ri kelsa, u tulmasdan (puch bo`lib) koladi.
Don usayotgan joyida dala zararkunandalari, masalan toshbakasimon bitlar bilan zararlanishi mumkin, natijada bugdoy donining nonboplik xususiyati pasayadi va hosil kamayadi.
Hosilni yigish sharoiti.
Yigish davrida ob-xavo, terim ishlarining texnikasi va bu davrni utkazish muddati donning sifati va holatiga ta`sir qiladi, natijada don massasining saqlanishini ta`minlaydigan tadbirlarni utkazish kerak bo`ladi.
Hosilni yigib-terib olish bir fazali yoki ajratilgan holda bulishi mumkin. Bir fazali yigim paytida o`simlikni urib olish va donini ajratish bir vaktning uzida amalga oshiriladi.
Donni yigimdan sunggi dastlabki davrda saqlash sharoiti.
Don daladan yigib olingandan sung fakat uning bir qismigina qabul punktlariga etkaziladi. Donning ko`p miqdori esa jamoat yoki shirkat xo`jaligi omborlarida dastlabki saqlash boskichini utadi. Aloxida don turkumlari uchun bu boskich bir necha soat va sutkadan bir oy yoki undan ko`prok muddatga chuzilishi mumkin. Bunday xollarda donning zararkunanda va kanalar bilan zararlanishi, nokulay ob-xavo sharoitida esa namlanishi kuzatiladi. Donning namlanishi esa uning kukarishiga, mikroorganizmlarning rivojlanishiga va uz-uzidan kizish holatlariga olib keladi.
YAngi don hosilini oldingi yil saqlanishi natijasida kolib ketgan organik koldiklar (barglar, somon va x.k.)dan tozalanmagan ochik dala maydonlarida saqlash tufayli zararkunandalar bilan zararlanishi mumkin.
Agar bunday don uz vaktida parvarish qilib, oldi olinmasa, uning namlanishi va uz-uzidan kizish holati yuzaga keladi. Bu jarayonlar yangi yigib olingan donda juda tez boshlanadi. Qabul qilish korxonasiga donning kizigan holatda etkazilishiga davlat standart talablari bo`yicha yul kuyilmaydi.
Donni tashish paytida har uning sifati pasayishi (zararkunandalar bilan zararlanishi, ifloslanishi, namlanishi, mikroorganizmlar rivoji va sh.u.) mumkin.
SHunday qilib, saqlashda don holati, boshqacha suz bilan aytganda uning sifati va ma`lum bir maqsadga muljallanganligi ma`lum darajada yigimdan keyingi saqlash sharoitiga boglik.
Do'stlaringiz bilan baham: |