Bog'liq 1.Don va don mahsulotlarini saqlashdagi ro’y beradigan jarayonlar
Don vadonmahsulotlarinisaqlashdanobudgarchilikka olib keladigan sabablar Donning isrof bulish sabablarini bilmaslik va saqlash davrida don sifatining pasayishi katta nobudgarchilikka olib keladi.
Bu nobudgarchilik esa uz navbatida galla hosildorligini oshirishga karatilgan qishloq xo`jalik ishlab chiqarish yutuklarini yukka chikaradi hamda hosilni etishtirish va yigib-terib olishga karatilgan mexnatni kadrsizlantiradi.
Donni saqlash jarayoni bu don ishlab chiqarishdagi oxirgi boskich bo`lib bu fan don va saqlash ob`ekti bulmish don uyumining xususiyatlarini, shuningdek donning holatiga ta`sir ko`rsatuvchi fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni urganadi.
Don uyumida ruy beradigan xodisalarning konuniyatlarini bilish donni miqdor va sifatiy saqlanishini ta`minlash uchun kerak bo`lgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni qo`llashga imkon beradi.
Don va don mahsulotlarini saqlash boshqa mahsulotlarni saqlash singari katta moddiy-texnika bazasi va shu soxa bo`yicha puxta bilimga ega bo`lgan mutaxassis kadrlarni talab qiladi.
Don va don mahsulotlari katta partiyalarini saqlashni tashkil qilishning murakkabligi ularning fiziologik va fiziko-kimyoviy xususiyatlari bilan boglikdir. Don tirik organizm bo`lib, unda turli xil hayotiy jarayonlar kechadi; bu jarayonlarning jadalligi tashki muxit sharoiti bilan boglikdir.
Agar tashki muxit sharoiti don xujayralaridagi modda almashinuviga yaxshi ta`sir ko`rsatsa, bu suzsiz don sifatini yomonlashtirib miqdoran kamayishiga olib keladi.
Don mahsulotlarini saqlashdagi talaygina kiyinchiliklar shu bilan boglik bo`lib, kaysiki ularning insondan boshqa har "iste`molchilari" mavjudligidadir.
Bundan kelib chikadiki, mikroorganizm va zararkunandalar ta`siri natijasida mahsulot miqdoran kamayib sifati yomonlashadi. Don mahsulotlarini saqlash talabga muvofik tashkil qilinmasa, kemiruvchilar (kalamushlar, sichkonlar) va qushlar donni kirishadi va iflos qilishadi.
Bundan tashqari saqlash davrida un va yormada yuz beradigan maxsus holatlar har ularning haridorbop xossalarini o`zgartiradi. Va nixoyat, barcha don mahsulotlarining miqdor va sifati ularning fizik xossalari oqibatida o`zgarishi mumkin.
SHunday qilib, saqlanadigan mahsulotlarning tabiatidan va yuzaga keladigan nobudgarchilikdan, ularni biotik muxit omillaridan ximoya qilish, shuningdek don xujayralarida kechadigan jadalmodda almashinuviga qarshilik ko`rsatadigan sharoitni yaratish zaruriyatdir. Bu masalani fakat mahsulotni saqlash uchun tayorlab va saqlashning ma`lum shart-sharoitlarini yaratibgina hal qilish mumkin.
Bularning hammasini don mahsulotlarining xossalarini hisobga olgan holda kerakli asbob-uskuna va kurilmalar bilan jixozlangan saqlash joylarni hozirlab amalga oshirish mumkin.