1-Dars. Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet6/17
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Savol va topshiriqlar:

  1. Fitratning “Abulfayzxon” dramasi xarakteriga ko’ra qanday asar?

2. Abulfayzxon obraziga ta’rif bering
3. Asardagi tarixiy va badiiy to’qima obrazlarni aniqlang
4. « Abulfayzxon » - birinchi o’zbek tarixy fojeasi mavzusida insho yozing.
6-Dars. Hamza hayoti va ijodi
Reja:

  1. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi

  2. Shoir “Devon”ining asosiy yo‘nalishlari

  3. Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi”

  4. Hamza she’riyatida yangi bosqich

Yangi davr o'zbek adabiyoti jonkuyarlaridan biri, yetuk shoir va bastakor, dramaturg va rejissor, ma'rifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yil 7-martida Qo'qon shahrida tabib oilasida tug'ildi. Otasi Ibn Yamin Xolboy o'g'li (1840-1922) Muqimiy, Furqat kabi allomalar bilan maslakdosh bo'lgan zamonasining ilg'or ziyolilaridan edi. Onasi Jahonbibi Rabiboy qizi (1858-1903) ham tabobatdan xabardor savodli ayol bo'lgan.
Hamza avval eski maktab va madrasalarda o'qib arab, fors, turk tillarini mukammal bilgan. Rus-tuzem maktablarida esa rus tilini o'rganishga muvaffaq bo'lgan. Mana shu ijodiy muhit uni erta ijodga yetaklagan. U 1902 yildagi Andijon zilzilasi haqida: Yomonlar pul tufayli e'tibor oldi diyor ichra, Faqir bechoralar qoldi fig'onu ohu-zor ichra,- deya davr zulmi, fojeasidan zorlangan edi.
Hamza 1903-1904 yillar orasida 197 ta she'r yaratib, uni «Devoni Nihoniy» nomi bilan chop ettiradi. Undagi she'rlarda ham o'z xalqining himoyachisi, zulmga qarshi isyon ko'targan yosh adib sifatida namoyon bo'ladi. U: - Boshida posboni yo'q deb, yetim ahlini qaqshatma, - deya xitob qiladi. Shunday qilib, u demokratik adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko'zga tashlanadi.
1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat va Mirmuhsin Fikriy kabi ma'rifatparvar adib sifatida namoyon bo'ladi. Bu uch yo'l bilan hamalgham oshiriladi. Avvalo, yetimlar maktabini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, o'zining she'r va dramalarida, publitsistik maqolalarida o'z xalqini ma'rifatga chorlaydi.Shu maqsaddauning 1914 yilda «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» kabi ro'znomalarda, «Oina» jaridasida ma'rifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning«Bid'atmi, ma'jusiyatmi?» (1914) ocherki shular jumlasidan edi. 1915-1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar», «Oqgul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi she'riy to'plamlarida va «Yangi saodat», «Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma'rifatga chorlov asos bo'lgan. Shuningdek, uning«Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O'ch» va «Zaharli hayot» (1916) kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofot avj olgan davrda o'z xalqining ilmga-ma'rifatga intilishini ulug'laydi. Ayni chog'da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi. Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish tarixi ham o'z izini qoldirdi.Uning «Safsar gul» (1917) she'riy to'plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir. Shu tufayli ta'qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha Turkiston va Toshkentda yashaydi. Bu davrda uning«Toshkentga sayohat» (1917) komediyasi yyuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy ila xizmatchi» dramasi (1917) yaratilib, unda inqilobiy g'oyalar ilgari suriladi.1917 yilda chiqa boshlagan «Kengash» oynomasida ham faollik ko'rsatadi. U ta'qiqlangach, «Hurriyat» oynomasini chiqara boshladi. Ma'lumki, 1917 yil 25 aprelda «Ulug' Turkiston» ro'znomasida Hamzaning «Turkiston muxtoriyatina» nomli she'ri bosiladi. Unda «To'rt yuz yillik Romanovlar» sulolasining taxtdan ag'darilishi va rus-burjua demokratik inqilobining g'alabasidan mamnunlik seziladi.«...1917 yilning 28 mayida Qalandarxonada to'rt yuzga yaqin rabochiylarni to'plab, zo'r namoyish»ga boshchilik qiladi. O'sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul inqilobiy kurashga o'tadi. Shu davrda uning«Shundoq qolurmu, qolurmu?», «Muxtoriyat va avtonomiya» kabi asarlarida shu hol ko'zga tashlanar edi. Hamza Hakimzoda 1918-1923 yillar mobaynida jumhuriyatning deyarli barcha viloyatlarida maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo'ldi.Qizil Armiya frontida (1920) targ'ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir, dramaturg sifatida keng tanildi. «Yasha, Sho'ro!», «Hoy, ishchilar!» kabi she'rlari, «Kim to'g'ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918), «G'olibiyat» (1923-1924), «Saylov oldida», «Burungi saylovlar» (1926), «Maysaraning ishi» (1926), «Paranji sirlari» (1922), «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927) kabi qator dramatik asarlar yaratdi.Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug'ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion to'da shoirni toshbo'ron qnlib o'ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Hamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima bo'lgan va nashr etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy nomida shahar, tuman, maktab, ko'cha, teatr, jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor. Hamza hayoti va ijodi haqida hozirgi adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Keyingi yillar hamzashunosligida Hamza tarjimai holining ilgarigi an'anaviy tadqiqiga qarama - qarshi fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o'ta oladi.
Hamza o’zbek xalqining XX asr boshlaridagi turmush tarz, ijtimoiy va madaniy saviyasi g’oyat achinarli ahvolda ekanligini o’z ko’zi bilan ko’rib, bunday nochor ahvoldan qutulishning birdan- bir yo’lini ma’rifatda deb biladi. Aslida bu narsa faqat Hamzaning emas, balki mavjud siyosiy – ijtimoiy tuzumni demokratik islohotlar yo’li bilan o’zgartirish dasturini ishlab chiqqan jadidchilik harakati nomoyandalarning fikr – xulosalari edi.
Hamza ana shu fikrni xalqqa turliyo’llar bilan yetkazishga intilar ekan, osha kezlarda tug’ilib, endigina atak- chechak qilayotgan teatri imkoniyatlaridan ham foydalanishga urindi. U “Zaharli hayot ” yoxud “ Ishq qurbonlari ” nomli birinchi pyesasiga shu maqsadda qo’l urdi. 1915 yilda yozilgan, 1916 yilda esa bosilgan bu to’rt pardali fojiani tekshirishdan avval uning paydo bo’lishida adabiy poydevor vazifasini o’tagan Hamzaning yana bir asari bor u “ Yangi saodat” deb nomlanadi.
Hamzaning “Oq gul” to’plamiga ilova qilingan e’londa uning ikkita “ milliy roman” yozganligi to’g’risida ma’lumotbor. Bularning biri – “Yangi saodat” 1914 yilda yozilgan bo’lib, 1915 yili bosilib chiqqan. Ikkinchisi – “Turmush achchig’I” asari esa 1916 yilda, “Oq gul” chop etilgan vaqtda nashrda bo’lgan. Uning keyingi taqdiri noma’lum.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish