1-Dars. Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet2/17
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Savol va topshiriqlar:
1. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston iqtisodiy, siyosiy, harbiy qoloqlik iskanjasida qolganligining sababini izohlang.
2. O’lkada yangi e’tiqod va dunyoqarash qanday paydo bo’lganligi haqida o’ylab ko’ring, uning oqibatlari haqida mulohaza yuriting.
3. Yangi o’zbek adabiyotining paydo bo’lishi sabablarini ko’rsating.
4. Yangi o’zbek adabiyotiga xos xususiyatlar to’g’risida to’xtaling.
5. Ma’rifatchilik adabiyotining paydo bo’lishi sababla rini izohlang.
6. Uning mumtoz adabiyotdan farqi nimada?
2-Dars. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning “Padarkush” dramasi
Reja:
1.Turkistonda jadidchilik harakati va adabiyotining otasi
2. O‘zbek dramaturgiyasi va teatrining asoschisi
3. “Padarkush” pyesasidagi timsollarga munosabat
XX asr o’zbek adabiyoti va madaniyati tarixida Mahmudxo’ja Behbudiy («Behbud» so’zi foyda, najot, baxtli, tinch, osoyishta kabi ma’nolarni anglatadi) alohida o’rin tutadi. U 1875-yilda Samarqandda muftiy oilasida tug’ilgan. Yoshligidanoq arab, fors, turk tillarini mukammal o’rgangan Mahmudxo’ja asr boshida Arabiston, Turkiya, Orenburg, Qozon, Moskva, Peterburg safarlarida bo’ladi, Samarqandda yangi usuldagi maktablar ochadi, 1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oina» jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo’ladi.
Behbudiy 1911-yilda «Padarkush» dramasini yozib, o’zbek dramaturgiyasiga asos soldi. Adib 1918-yil o’rtalarida «Musulmon ishchi va dehqon sho’rosi» ga maorif xalq komissari bo’ladi. Turkistonning davlat tili to’g’risidagi dekret loyihasini tayyorlashda jonbozlik ko’rsatadi, «Nashriyoti Behbudiya» nomli nashriyoti ochadi. U 1919-yilning bahorida Buxoro amirining Shahrisabzdagi kishilari tomonidan qo’lga olinadi va «sho’roning ayg’oqchisi, jadid, sho’roga sotilgan» degan ayblar bilan Qarshi shahrida qatl etiladi. Behbudiy qabrining qayerdaligi noma’lum.
«Agar bizning hayotimiz hurriyat va xalq baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo’lsa, biz o’limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz», - degan edi Behbudiy vasiyatnomasida.
Behbudiy haqli ravishda o’zbek matbuoti hamda pedagogikasining asoschisi sanaladi. 1922-yilda «Zarafshon» gazetasi Behbudiyni «nashri maorif to’g’risida vatanimizning birinchi qahramoni» deb ta’rifladi. O’z davrining Xoji Muin, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Cho’lpon kabi san’atkorlari Behbudiy o’limiga marsiyalar bag’ishladilar. Hojimurod bu alloma qatl etilishi haqida «Maorif qurbonlari» nomli pyesa yozdi.
Asarlari: «Padarkush», «Turkiston idorasi», «Turkistonda maktab jarida», «Ehtiyoji millat», «Yoshlarga murojaat», «Ikki emas to’rt til kerak», «Aholi jo’g’rofiyasiga kirish», «Bolalar uchun kitob», «Rusiyaning qisqacha jo’g’rofiyasi», «Islom qisqacha tarixi» («Tarixi islom», 1904), «Buxoro xonligiga sayohat» (1912, maqola. Unda Behbudiy Kattaqo’rg’on, Jizzax, Samarqand atrofidagi yerlarni o’zlashtirish hamda suv muammosini hal etish kerakligini aytgan), «Felyeton» (unda muallifning «agar biz o’z manfaatlarimizni qattiqroq himoya qilmasak, yaqin yigirma yil ichida ko’p oyoq osti bo’lshimiz ehtimol», degan mulohazalari bor) va boshq.
«Padarkush» dramasi haqida
Behbudiyning «Padarkush» nomli dramasi 1911-yilda yozilgan bo’lib, ilk bor 1912-yilda «Turon» ro’znomasida bosilgan, 1913-yilda kitob holida o’zbek tilida nashr etilgan. Uning muqovasida rus tilidagi: «Rusiyaning fransuz ibtidodidan qutulishi va mashhur Borodino muhorabasi xotiralari yubileyiga bag’ishlayman» degan yozuv bor edi. Chor senzurasidan o’tish uchun muallif shunday qilgan. Pyesa Samarqand, Toshkent, Buxoro kabi o’nga yaqin shaharda sahnaga qo’yilgan. Asar 1914-yili Samarqandda qo’yilganda «Oina» gazetasi bunday deb yozgan edi: «Xalq nihoyat ko’p kelib, bilet yetmagani va joy yo’qligi uchun uch-to’rt yuz kishi qaytib ketdi… Uch so’m berib tikka turmoqqa ham rozilar bo’ldi». «Turkiston viloyatining gazeti» (1914) «Pyesa Yevropa teatrlari darajasida qo’yildi», deb baholangan edi.
Dramada ilmsizlik qoralanadi. Asar ayrim kamchiliklardan ham xoli emas edi. Xususan, qotillik epizodi sun’iyroq. Behbudiy bu asarda adabiyotimizda birinchilardan bo’lib, vatanda yashab turib bevatan qolish muammosini ham ko’tarib chiqqan.
Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: Boy, Toshmurod (boyning o’g’li), Domullo (yangi fikrlik bir mulla. Xalqimizni savodli qilish yo’lida jonkuyarlik bilan aytilgan quyidagi gaplar uning tilidan aytilgan: «Xulosa chiqarsak bo’lmaydimi axir, yigirma-o’ttiz yildan beri barcha yirik savdo ishlari yerli xalq emas, chetdan kelganlar qo’lida. Agar o’zimiz, bolalarimiz o’qigan, savodli, ilmli bo’lsak edi, shu kuyga tushmasdik»), Xayrullo (boyning mirza-yu mahrami), Tangriqul (Toshmurodning shishadoshi, boyning qotili), Liza (rus xotini), Artun (Armani mayxonachi), Ziyoli (Millatchi musulmon. Bu qahramon kuyunchaklik bilan millat taqdiri haqida quyidagi gaplarni aytayotganida boy bir tarafga og’gancha xurrak ota boshlaydi: «Bolalarimizni Farangiston, Amriqo, Istanbul dorilfununlariga ta’lim-tarbiya uchun yuborishimiz zarur. Bu borada Kofkoz, Orenburg, Qozon boylaridan ibrat olish kerak, ularning kambag’al bolalar o’qishiga alohida e’tibor berishlaridan o’rnak olsa arziydi»), Boybuchcha, Davlat (sandiqdan pul o’g’irlash taklifi undan chiqadi), Nor va boshq.
«Padarkush» 1912 yili «Turon» gazetasida e’lon qilindi. Ammo Turkiston xo’jayinlari- chir mustamlakachilari asarning kitob holida bosilishiga ham, sahnada qo’yilishiga ham ruxsat etishmadi. Asar 1913-yili Samarqandda Б. Газаров va К. Саянов bosmaxonasida alohida kitob holida bosildi. Unda arab imlosida asar muallifi va asar nomini bergach, ostida ruscha nomi ham aytilgan. Ruscha izohlar orasida quyidagi jumlalar ham bor: «Посвещается юбилейной ныне памяти Бородинского сражения и избавления России от нашествия французов». «Разрешено цензурою Тифлисском Комитетом по делам печати к постановке на сценах Кавказского края 23-го июля 1913 года за № 19940». Behbudiy asarni nashr etish va sahnalashtirish yo’lini qidirib, uning ustiga yuqoridagi jumlani yozishga va Тифлисдаги цензурага murojaat qilishga majbur bo’lgan edi. Miyon Buzruk Solihov «O’zbek teatr tarixi uchun materiallar» asarida (1935) ta’kidlaganidek, «Padarkush» ning sahnalashtirilishi masalasi o’zi katta bir tarix. Muallif «Oyina» jurnalining 1913 yil 51-sonida keltirilgan quyidagi xabarni beradi:
«O’ynayturg’on odam yo’q. Azbaski, Turkistonda bekor odam yo’qki, xalq uchun ishlasa va bekor kishi yo’qki, teatru sahnasida chiqib «masxarabozlik» qilsa (chunki Turkistonda teatruni masxarabozlikdan ayirmaydilar). Qachonki mushaxxislik (artislik) zahmatini zimmasiga oluvchi 10 kishi topilsa o’ynalur».
Oxiri asarni o’zbek, tatar yoshlari sahnalashtirdi, hatto ayol rolini erkak odam o’ynadi (Abdulla Badriddin o’ynadi). Asar shu qadar shuhrat topadiki, teatrga odam sig’maydi, chipta narxi chayqovda 3-4 barobar qimmatga sotiladi. Keyin asarni sahna-lashtirgan jamoa Qo’qonga borib tomosha ko’rsatadi, so’ngra Toshkentda sahnalash-tiriladi va shu tarzda asar butun yurtda qo’yila boshlaydi hamda «Padarkush» bizda teatr san’atini boshlab bergan ilk asar bo’lib qoladi.
Asar g’oyat ixcham, ishtirok etuvchilar ham o’n kishi atrofida. Ammo unda o’sha davr Turkiston xalqi uchun eng dolzarb masala- ma’rifatli bo’lish, yoshlarni o’qitish masalasi ko’tarilgan edi. Biz yuqorida Behbudiyning publitsistik maqolasidan parcha keltirib yoshlarni zamona ilmi, rus tilini o’rganib, Rusiya hukumati ishlarida ishtirok etib, Turkiston xalqi manfaatini himoya qilishga da’vat etganini ta’kidlagandik. Pesada Ziyoli Boy bilan bahslashar ekan, shunday deydi:
«Olimiy zamoni bo’lmoq uchun bolalarni avvalo musulmon xat va savodini chiqarub, zaruriyati diniya va o’z millatimiz tilini bildurg’ondan so’ngra hukumatimizni nizomli maktablaringa bermoq kerakdir: ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o’qib tamom qilg’onlaridan so’ng, Петербург, Москов dorilfununlariga yuborib, doktorlik, zakonchilik, injenerlik, sudiyalik, ilmi sanoat, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o’qitmoq lozimdir. Rossiya vatanina va davlatina bilfe’l sherik bo’lmoq kerakdir va davlat mansablariga kirmoq lozim. Toki, maishat ehtiyoji zamonamiz to’g’risida vatan va millati islomga xizmat qilinsa va podshohlik mansablariga kirib musulmonlarga naf yetkurulsa va ham davlati Rossiyaga sherik bo’lunsa…»
Ko’rinadiki, pesa Behbudiyning yuragidagi dardni, orzu-armonni, idealni o’tkazish uchun yozilgan. Zero, pesadagi Ziyoli ko’p jihatdan Behbudiyning o’ziga o’xshab ketadi. Ziyoli faqat zamonaning ilg’or ilm-hunarini mukammal egallash orqaligina jaholatdan, turg’unlikdan, baxtsizlikdan qutulish va milliy mustaqillikka erishish mumkin, deb biladi, hamma narsani taraqqiy qilgan Ovro’po mezoni bilan o’lchaydi. Boy uning kuyinib gapirishiga – tashviqotiga parvo qilmay, homuza ещкеши uxlab qolganda alamidan yig’laydi. Dramaturg Ziyolini kiyim-kechagi, yurish-turishidan, ya’ni suratidan siyratiga-cha yangi zamon kishisi qilib ko’rsatadi. Hatto uning tilini ziyolilarga xos tarzda beradi («Janob boy, sizni kayfsiz ko’raman, mumkinmi sababini bilsam», «Ah-ha, qiziq va interesniy hodisa emish»), hatto uning va boshqa personajlar tilida yigirmaga yaqin rus va ovro’po tillariga doir so’z-atamalar ishlatiladi (marsh, turma, faytun, bank, chlen, gimnaziya, doktor, injener, zakonchilik, sudiyalik, forma, pivo, dyujina, izvoshchilik…). Dramaturgning nutqida ham «stakan, pristuf, pivoxona, popirus, kvas, krovat, politeyski» kabi chet so’zlar qo’llanilgan.
Pesadagi Ziyoli va unga hamfikr bo’lgan Domulla obrazlari dramaturgning ezgu niyatini ifodalashga xizmat qiladi. Domulla shariat,Qur’oni Karim vositasida ilm-maorifga targ’ib etadi.
Behbudiy pesada oddiy masalani, aytaylik, qorin to’ydirish, boy-badavlat bo’lish muammosini ko’tarmaydi. Boy Domullaga qarab: «O’qiganni biri siz, yemoqg’a noningiz yo’q, bu holingiz ila menga nasihat qilursiz»; «Mening hayolimga dunyoning sababi, izzati-boylik… Biz ko’ramizki, odamlar boyni mulladan ziyoda izzat qiladurlar», deydi. Mulla ham, Ziyoli ham boy bo’lishdan kattaroq, muqaddasroq niyatni- ona-vatanni va xalqi taqdirini o’ylaydilar, ilmsizlik, jaholat va vaqtinchalik boylik kishini oxiri «xor va zor» qiladi, deydlar. Yurtning, «barcha savdo» ning ajnabiylar qo’liga o’tib ketajagini o’ylab kuyunadilar. Dramaturg Ziyoli va Domullo orqali o’z niyatini ochiq targ’ib qilish bilan birga Boyning o’g’li Toshmurod taqdirida ular aytgan gaplarning-haqiqatning naqadar to’g’riligini amalda namoyish etadi. Domullo «Inshooloh, mo’ylab chiqarib alifni tayoq demayturg’on o’g’lingiz holini ko’rarmiz va ham o’qitmaganingiz uchun gunohkor bo’lursiz!»-deydi. Asarning ikkinchi va uchinchi pardalarida Toshmurodning o’z o’rtoqlari bilan kayf-safo, axloqsiz ishlar qilib, aqchasi yetmay, otasini o’ldirib pulini o’g’irlashlari va qamoqqa tushishi ko’rsatiladi. Shu payt Ziyoli yana sahnada paydo bo’ladi va «ilm va tarbiyasiz bolalarning oqibati shudir. Agarda otasi o’qitsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo’lmas… Oh, haqiqatda boyni o’ldirgan va bu yigitlarni azobi abadiyga giriftor qilgan beilmlikdir. Bizlarni, xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg’on tarbiyasizlik va jaholatdir; bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqir va zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikni mevasi va natijasidir. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo’lganlar-da beilmlikdan…»-deydi.
Asarda Behbudiyning chorizm istibdodiga ishoralar qiladi va jaholat, axloqsizlik, qotillik illatining ildizini Rusiyaga olib borib taqaydi. Bu fikr dramaturgning ko’p maqola-larida ochiq-oydin aytilgan ham edi. Masalan, «Ehtiyoji millat» maqolasida diniy va dunyoviy ilmlarni puxta egallagan odamlar bo’lmasa, «maishiy ehtiyojimiz xarob bo’lib, kundan-kun begona millatlarning zaboni va mahkumi bo’lurmiz», degandi.
Asar o’zbek adabiyoti va san’atida teatrchilikning keng quloch otishiga turtki berdi. Didaktik yo’nalishdagi bu fojia shakl-shamoyili jihatidan, ayniqsa jahon dramaturgiyasi darajasidan qaralganda ancha soda bo’lsa-da, bu borada o’zbek madaniyatida ko’rik ochib berganiga ko’ra qimmatlidir.
Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr o’zbek adabiyotiga tamal toshini qo’ygan haqiqiy ziyoli, ijodkor, adolatparvar va millatpar var chin inson edi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish