1-Dars. Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet1/17
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

1-Dars.Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Asr boshida Turkistondagi ijtimoiy- siyosiy vaziyat
2. Milliy uyg‘onish harakatlari
3. Erk va ozodlik g‘oyalari
Yangi o’zbek adabiyoti
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston va uning ijtimoiy-madaniy hayotida jiddiy o’zgarishlar ro’y bergan. Bu o’zgarishlar Turkistonnig Rusiya tomonidan bosib olinishi bilan bog’liq. Bu davrda jadidchilik harakati boshlangan. Adabiy harakatchilik ko’proq Qo’qon, Xiva, Samarqand, Toshkent, Buxoroda rivoj topgan.
Qo’qonda Muqimiy (1850-1903), Furqat (1859-1909), Zavqiy(1853-1921), Muhayyir(1845-1918), Usmonxo`ja Zoriy (1839-1916) kabilar adabiy davra tashkil etganlar.
Namangandan Nodim (1844-1909), Ibrat (1862-1937), So’fizoda (1880-1937). Andijondan Abdurazzoq Bimiy (1847-1918), Xo’janddan Toshxo’ja Asiriy (1864-1916). Saydamdan Yusuf Saryomiy (1840-1912, diniy – tasavvufiy she’rlar yozgan) Toshkentdan Karimbek Kamiy (1865-1922), kabilar Qo’qondagi adabiy suxbatlarda tez tez ishtirok etib turganlar.
Xiva shoxi Feruz o’z saroyida adabiy muhitni maydonga keltirgan. Bu adabiy muhitda Ahmad Tabibiy (1869-1911), Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammad Rasul Mirzo (1840-1922), Avaz O’tar (1884-1919) kabi shoirlar ijod qilganlar.
Buxoro amirlaridan Abdulahadxon (1822-1911), Hisor hokimi Avliyoqulibek (taxallusi Husayni ) lar ham sherlar yozgan.
Samarqandda Abdullazim Sipandiy (1929-1909), Siddiqiy – Ajziy (1864-1927). Saidaxmad Vasliy (1870-19250) kabi shoirlar ham ijod qilganlar.
Yangi o’zbek adabiyoti XIX asrning 60-yillardan boshlab payda bo’lgan va hozigacha bo’lgan vaqt mobaynida quyidagi taraqqiyot bosqichlarina bosib o’tgan.
Ma’rifatchilik adabiyoti
Ma’rifatchilik adabiyoti kishilarni o’qish va bilim olishga da’vat etuvchi adabiyotdir. O’zbek adabiyotida ma’rifatchilik yo’nalishi dastlab Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Dilshod Barno, Anbar Otin singari ijodkorlar faoliyatida ko’ringan. Ma’rifatchilik adabiyoti ommaga mo’ljallangan bo’lib uning ifoda yo’sinida soddalik, tushunarlilik ustuvorlik qilardi. Agar mumtoz adabiyotning qahramoni komil inson bo’lsa, Ma’rifatchilik adabiyotining qahramoni marifatli shaxs edi. Ma’rifatchilik adabiyotiga xos asosiy xsusiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Xaq hayoti badiiy adabiyot manbasi bo`ldi.
2. Oddiy odamlar badiiy asar qahramoni bo`ldi.

  1. Badiiy asar tili jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashdi

  2. Oddiy odamlarning turmushi, o`y –xayollarini aks ettirish uchun oldingi mubolag`ador usuliga ko`ra realistik yondashuv maqbulroq ekanligi anglab yetildi.

Adabiyotshunoslik ilmining hozirgi bosqichida Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari ijodkorlarning asarlari ham ma’rifatchilik adabiyoti namunalari sifatida qaralmoqda.
O`zbek jadid adabiyoti
XX asr boshlaridagi adabiyot haqida fikr yuritilganda, bu davr ijtimoiy- madaniy hayotida jadidchilik adabiyoti alohida o`rin tutganini ko`ramiz. “Jadid “ so`zi arabcha bo`lib, “ yangi “ degan ma’noni bildiradi. XX asr boshlarida taraqqiyotga yangilikka intilgan kishilarni shu nom bilan atashgan.
1884- yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida qrim-tatar xalqining buyuk farzandi alloma va jadid Ismoilbek G`aspirali “usuli jadid” degan yangi o`quv usuliga asos soldi. O`zi maktab ochib, 12 o`qituvchining savodini 40 kunda chiqaradi. So`ngra (Xo`jai sibyon) “bolalar muallimi” birinchi darslikni tuzadi. 1893-yilda Ismoilbek G`aspralining o`zi Buxoroga kelib amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga erishadi. Ko`p o`tmay Turkistonda jadidchilik harkati boshlanadi, ko`plab maktablar ochiladi.
Turkistonda nashriyot ishlariga katta e’tibor berildi. “Vaqt”, “Osiyo”, “Shuhrat”, “Hurriyat” , “Ulug` Turkiston”, “Buxoryi sharif”, “Sadoyi Turkiston” kabi gazetalar, “ Al – isloh”, “Oina” kabi jurnallar nashr etildi.
O`lkada 1905-1917 yillar mobaynida 22 ta gazeta, 8 ta jurnal o`zbek tilida chiqarildi. Jadidlarning birinchi gazetasi “Taraqqiy” (1906- yil boshlaridan 1907- yil o`rtalarigacha nashr qilingan, muharriri Ismoil Obidiy bo`lgan) millat ma’rifatlari yo`lida vatandoshlarini birlashishga da’vat etdi. “Xurshid” nomli gazetasi 1906- yil chop etildi. Unga Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qildi. “Turon” gazetasida Mirmuhsin Shermuhamedovning “Tarixiy ikki voqea” (1917- yil) maqolasi chiqdi.
Jadidlar millatini ma’rifat orqali ozodlikka chiqsa bo`ladi deb bilishardi. Ular o`zbek adabiyotiga drama, hikoya kabi yangi janrlarni olib kaeldilar. Umuman olganda jadidchilik harakati Tukistonning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidchilik harkatlari o`laroq Turkiston hayotida jiddiy ilg`or madaniy jarayonlar kechadi. O`lkada teatr vujudga kaeldi, fan- texnikaga qiziqish kuchaydi, milliy til qadriga ahamiyat ortdi, tor biqiqlikdan chiqib, aloqa masalalarida jahonning ilg`or tajribalarini o`zlashtirish boshlandi. Ommaviy kutubxonalar ochildi.
Muhammadxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza, Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, So`fizoda kabi ijodkorlar jadid adabiyotining g`azal namunalarini yaratdilar.
XX asr boshlarida M.Ibrohimovning “Loshmon” (1916), Hamzaning “Safsargul” kabi to`plamlar va Po`lkanning “Mardikor” dostoni, G`.Zafariyning “Halima” dramasi o`zbek ayolining erki va baxti masalasini yaratishga bag`ishlanadi. Nozimaxonimning “Bayon et” (1907) sherida Rusiyadagi hodisalar haqida shunday yozgan edi:
Qilib hurriyatu erklik taloshin,
Ko`ring, yurt erlari so`ng bo`ldi badnom
Shavkat (asl ismi Sirojiddin Sidqiy) “Toza hurriyat”, “Rusiya inqilobi” (1- o’zbek tarixiy dostoni) kabi dostonlar yozib, marikorchilik voqealarini tasvirladi, Mochalov va Ivanov kabi to’ralarni keskin fosh etdi.
Toshkent jadidlarning Munavvarqori Abdurashidxonov maqolalardan birida “chor hukumatini yo’qotish jadidlarning tilagida bor edi” deb yozgan.
Umuman olganda, jadid adabiyoti to’laligicha millatni uyg’otishga qaratilgan bo’lib jadidlarning asosiy maqsadi Vatanni obod millatni erkin qilish edi.
Sho’ro davri o’zbek adabiyoti.
Shoro davri 1917-1991 yillarni o’z ichga oladi. O’zbek adabiyotining XX asr bosqichda yozuvchilar o’z ichtimoiy kelib chiqishlari va ijodlarining g’oyaviy yo’nalishiga qarab suniy ravishda quyidagi guruhlarga bo’lingan:
1. Proletar yozuvchilar: G’ayratiy, G’.G’ulom, U. Ismoilov.
2.Inqilobiy yozuvchilar: H. Olimlon, Oydin, S. Abdulla.

  1. “Yo’lovchi “ yozuvchilar :

a)O’ng qanot : Qodiriy Fitrat Cho’lpon.
b)So’l qanot : Sh. Sulaymon, Elbek, Oybek, N.Rahimiy.
XX asrning 20-yillar o’zbek adabiyotida “Nazariy” ramantik oqim, sentimental oqim, hajviy oqim, (namoyondalari: So’fizoda,Qodiriy Qahhor, Majidiy, G’ulom ) va relistik oqimlar ko’zga tashlanadi. Folklor yo’lida asarlar yaratgan Ergash Jumanbulbul o’g’li va Fozil yo’ldosh o’g’li ming yillik mumtoz sheriyatimiz yo’nalishida g’azallar bitayotgan Xislat va Kamiy, adabiyotga sho’ro to’ntarishidan so’ng kirib kelgan Oybek va Mirtemir singari ijodkorlar ijod qildilar.
30-40 yillar adabiyotida eskilik va yangilikni taqqoslab, sobiq tuzum ko`klarga ko`tarilgan “Ko`kan”, “Jontemir”, “Turksib yo`llarida” kabi asarlar yaratildi. Bu davrda o`zbek lirikasi o`z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko`tarildi. 30- yillar she’riyatiga Oybek o’z qalbining Cho’lpon badiiy olami bilan nurlangan mavjlari olib kelgan bo’lsa H.Olimjon Uyg’un va A. Umariy unga musiqiy nazokat , Usmon Nosir falsafiylik Mirtemir o’zbekona ruh bag’ishladilar. 30 – yillarda A.Qodiriyning “Obit ketmon”, Cho’lponning “Kecha va kunduz” , A.Qahhorning “Sarob” , Oybekning “Qutlug’ qon” , S.Aynining “Qullar” kabi romani o’zbek nasrining rivojiga ulkan xissa qo’shgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Zulfiyaning “Uni Farhod der edilar” , G.G’ulomning “Sog’inish” , Uyg’unning “Vatan xaqida qo’shiq” , M.Shayxzodaning “Kurash nechun?” kabi sherlari yaratildi. Sobir Abdullaning “Toxir va Zuxra” drammasi xalq ertaklari syujeti asosida o’zbek yozuvchilari tomonidan yozilgan eng yaxshi asarlaridan biri sifatida adabiyotimizning xazinasidan bir umrga o’rin oldi. Komil Yashin qalamiga mansub “O’lim bosqinchilariga” , K.Yashin va S.Abdulla xamkorligida yozilgan “Davron ota” piyesalari shu davr drammaturiyasining safarbarlik g’oyasi bilan yo’g’irilgan namunalaridandir. Milly ozodlik uchun kurash mavzusida Oybekning “Maxmud Tarobiy” , H.Olimjonning “Muqanna” , M.Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” va boshqa shu kabi asarlar ham vujudga keldi. 30 – 40 yillar adabiyoti Oybek, G.G’ulom , Zulfiya , H.Olimjon , M.Shayxzoda , Shuhrat , Uyg’un , K.Yashin , U.Nosir , Mirtemir , S.Abdulla kabi istidotli yozuvchilarni yetishtirib berdi. 50 – 80 yillar adabiyotiga turg’unlik yillari siyosati va mafkurasi salbiy tasir qildi. Bu davr tug’dirgan ko’plab jiddiy muammolar iqtisodiy tenglik boshqaruvining ma’muriy – buyruq buzarlik usulini topdi. Fuqaro sifatida oqlangan Cho’lpon , Fitrat singari ulkan adiblar asarlarini chiqarish man etshlda o’tmish adabiy merosi Yassaviy , Bobur , Husayniy , Amiriy kabi so’z ustalari ijodini inkor etadi; “Tobutdan tovush” , “So’qmoqlar” singari asarlar uchraydi.Rasmiy doiralarda shaxsga sig’inish masalasiga munosabat keskin o’zgargan , bu to’g’risida indamay o’tish odat tusini olgan bir paytda Shuhratning “Oltin zanglamas” , A.Muxtorning “Davr mening taqdirimda” , O.Yoqubovning “Izlayman” , S.Azimovning “Yulduzlar jamoli” , E.Vohidovning “Oqsoqol” asarlarida oqibat ro’y – rost ko’rsatilgan.
Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti
XX asrning 90- yillarida istiqlol adabiyoti deb ataladigan estetik hodisa yuzaga keldi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’ngli, ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida INSON asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Bu yillarda o’zbek adabiyotida o’nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi. Ilmiy-estetik tahlilga tortildi. 80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning “Ranjkom”, O.Matjonning “Qush yo’li”, “Nega men?”, U.Azimning “Oqdapadar”, M.Yusufning “Qora quyosh” I.Otamurodovning “Uzoqlashayotgan og’riq”, M.Murodovning “Chaqmoq izidan”, E.Shukurning “Ibtido xatosi” kabi o’nlab dostonlari, A.Ibrohimovning “Puch”, Shukrulloning “Unsiz faryod”, H.Olimjonning “Bir million fojiasi”, H.Muhammadning “Xotinlar “gapi”dan chiqqan hangoma kabi drammalari va komediyalari chop etildi.” Tarixiy muzeyda ham bir qator yangi asarlar yozildi. T.To’laning “Nodirabegim”, S.Sadriddinovning “To’maris”, Sh.Xolmirzayevning “Qora kamar”, Sh.Raziyevning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida yaratgan “Iskandar” pyesalari shular jumlasidandir.
She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lmoqda. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, A.Suyun, U.Azim, I.Otamurodov, A.Qutbiddin, F.Afro’z, A.Said, Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Ulug’bek hamda, Halima Ahmad, Xosiyat Rustamova, Rustam Musurmon singari shoirlar namoyon bo’ldi.
R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, “Sensiz”, Sh.Rahmonning “Turkiylar”, “Iqror”, A.Suyunning “Istig’for”, “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at”, A.Saidning “Tush”, “Yo’l”, Faxriyning “Ayolg’u”, “Bo’g’zimdan sirqirar tovush-qon..”, “oyloq kecha..” seriy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yutuk namunalaridan hisoblanadi.
Nasr bugungi adabiy jarayonli salmoqli turidir. Hozirga adabiy jarayonlar Sh. Holmirzaev, O’.hoshimov O. Muxtor , M. Ali, T. Mali, T. Murot, M.M.Do’st , A. Dilmurot , X.Sultonov, N. Norqobilov , X. Nurmuhammat, N.Eshonqul, A.Yo’ldoshev, U.Abdulvahob, L.Bo’rihon, Z.Qurolboy qizi singari ijodkorlar o’ziga xos yosinda qalam terlatib, milliy nasr tarraqqiyotini taminladilar.
O.Muxtorning “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ufu”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, “Maydon” romanlari. Nazar Eshonqulning “Qora kitob qissasi”. “Shamolni tutib bo’lmaydi” (hikoya qahramoni Bayni momo). “Tobut shahar” , “Quyun” hikoyalari, H. Muhammadning “Bozor”, Luqmon Bo’riqonning ”Jaziramadagi odamlar”, Salomat Vafoning “Tilsim saltanati”, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romanlari insonga yondashuvning yangichaligi tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favqulotdaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo’ldi.
Sh. Holmirzaev “Ola bo’ji”, “Dinazavr”,romanlari, “Bulut to’sgan oy” qissasi, “Ozodlik”, “O’zbeklar”, “Navro’z navro’z”, hikoyalarida, uni Norqobilov “Oq bo’yin “, “Qoyalar ham yig’laydi”, ”Tog’ odami” qissalari “Oriyat”, “Quvonchli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’taev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh” hikoyasida, To’g’ay Murod “Otamdan qoldan dalalar ” romanida Nasirning an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildilar.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish