Qashqadaryi viloati qarshi shahri



Download 36,57 Kb.
bet1/10
Sana16.01.2022
Hajmi36,57 Kb.
#372055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QASHQADARYI VILOATI QARSHI SHAHRI


QASHQADARYI VILOATI QARSHI SHAHRI

Reja:



  • 1Etimologiyasi

  • 2Tarixi

    • 2.1Ilk tarixi (er.av. VIII-II asrlar)

    • 2.2Islomgacha boʻlgan davr (er.av. II - eramizning VII asri)

    • 2.3Islom fathidan keyingi Naxshap

    • 2.4Moʻgʻullar davrida Nasaf (XIII-XIV asrlar)

    • 2.5Temuriylar davrida Nasaf (XIV-XVI asrlar)

    • 2.6Buxoro xonligi (Shayboniylar, ashtarxoniylar) davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar)

    • 2.7Qarshi Buxoro amirligi davrida (XVIII-XX asrlar)

    • 2.8Shoʻrolar davrida Qarshi

  • 3Geografiyasi

  • 4Aholisi

  • 5Iqtisodiyoti

  • 6Transport tizimi

  • 7Ta'lim va sog'liqni saqlash

  • 8Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlari

  • 9Mashhur kishilari

  • 10Manbalar



Qarshi (Naxshap, Navtaka, Nasaf, Behbudiy — 1926—1937-yillarda) — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926-yildan), viloyat markazi (1943-yildan).

Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 275 ming kishi (2021). Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshap, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.

Qarshi shahrining oʻzbek tarixida oʻziga xos oʻrni bor. Birinchidan, Qarshi — Movarounnahrdagi birinchi yirik turkiy tilli shahar. U payti Xorazmda (Urganch), Fargʻonada (Andijon), Shosh vohasida (Toshkent), Sirdaryo boʻylarida bir qancha yirik shaharlarda turkiy til hukmron edi, lekin Movarounnahrda bunday shahar yoʻq edi. Qarshining qurilishi bilan bu yerda turli-tuman aholi joylashdi, ammo turkiy shaharda hukmron tilga aylandi. U payti moʻgʻullarning oʻzi ham allaqachon turkiy tilda gapirardi. Xususan, Kebakxonning ona tili turkiy til boʻlganini arab sayyohi Ibn Battuta qayd etgan. Chigʻatoy ulusi, undan keyin Temuriylar davrida turkiy til rasmiy yozishmalar tili boʻlib xizmat qildi.

Hozirda Qarshi shahrida paxta tozalash, yogʻ-ekstraksiya, sut, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, goʻsht va un kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yoʻl transporti, toʻqimachilik korxonalari bor. Shaharda 6 ta bozor, 17 ta bank filiali aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Qarshi davlat universitetiQarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari instituti Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali, tibbiyot, pedagogika va boshqa jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litsey-internat, 2 gimnaziya, 46 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriya-poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Qarshidan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Termiz kabi shahaarga avtobus, poyezd qatnovlari, Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Qarshida Koʻkgumbaz masjidi (XVI asr), qadimiy hammom (XVI asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (XVIII asr boshlarida), Charmgar masjidi (XIX asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (XIX asr), Qilichbek madrasasi (XIX asr) va boshqa meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabrdagi „Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida“gi qarori va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi „Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda Nasaf, Geolog sport majmualari, tennis korti, yopiq suzish havzasi, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari, Qarshi "Markaziy" stadioni (20 ming oʻrinlik), Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilgan. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi.

Qarshidan Nasafiy taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“ asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.

Qadimiy Qarshi shahri 2006-yilda YuNESKO shafeligida 2700-yillik yubileyini nishonladi.

Etimologiyas



Qarshi nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V. V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan Qarshi (qadimiy turkiychada saroy maʼnosini anglatgan) bilan bogʻliq deb taʼkidlaydi. Qutadgʻu bilig (Saodatga eltuvchi bilim) dostonida Qarshi atamasi saroy va qarama-qarshi turish maʼnosida qoʻllangan. Boburnomada ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning qarshi — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]




Download 36,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish