1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari dars maqsadi


So'zlovchining fe'ldan anglashilgau harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi



Download 0,51 Mb.
bet30/51
Sana23.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#182561
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari

So'zlovchining fe'ldan anglashilgau harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida yuqoridagi ma'nolarga muvofiq keladigan to'rt turdagi mayl shakllari mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ko'ring:


T/r

Mayl turlari

Mayl ko'rsatkichlari

Misollar

Ma'nolari

1.

Ijro mayli

Ø

Ko'rdim, ko’ryapman, koraman, ko'rding, ko'ryapsan, ko'rasan, ko'rdi, ko'ryapti, ko'radi


Harakatning ijro qilish-qilinmasligini bildiradi

2.

Buyruq-istak mayli

-y(-ay) -ylik

(-aylik), -ng

(-ing), -ing,

-ngiz (-inglar), -sin, -sinlar



Yozay, to'qiy, yoz, yozing, yozgan, yozingiz, yozsin, yozsinlar

Harakatni ba­jarishga da'vat etish ma'no­sini bildiradi

3.

Shart mayli

-sa

Yozsam, yozsang, yozsa

Shart bo'lgan harakatni ifo­dalaydi

4.

Maqsad mayli

-moqchi

Yozmoqchiman, yozmoqchisan, yozmoqchi

Harakatning biror maqsadda bajarilishini bildi­radi

Bu fe'l shakllaridan o'rinli foydalanish nutqingizni aniq, ravon ifodalashga yordam beradi.


Savol va topshiriqlar
1. Mayl kategoriyasi nima?

2. Mayllarni sanang?

3.Buyruq-istak mayli ishtirokida gap tuzing?
11-dars. SHAXS-SON VA ZAMON QO'SHIMCHALARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Dars maqsadi: talabalarning shaxs-son qo'shimchalari yuzasidan o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarini mustahkamlash. Shaxs-son qo'shimchalaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:

1. Shaxs-son qo'shimchalari haqida ma'lumot.

2. Shaxs-son qo'shimchalarining o'zaro vazifa jihatidan almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.
Fe'ldan ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini bildirgan qo'shimchalarga shaxs-son qo'shimchalari deyiladi. Masalan, keldim, yozding, boraman so'zlaridagi -m, -ng, -man qo'shimchalari.
Bunday qo'shimchalarning shaxs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shaxs qo'shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi: yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan,

Birlik Ko'plik

yozdi-m yozdi-k

yozdi-ng yozdi-ngiz (laring)

yozdi- yozdi-lar (yozishdi)


Ba'zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi, shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchalari qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda ro'y beradi. Masalan, Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi — yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi.

Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo’llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan, Dadam keldilar. Siz juda yoqimli kuyladingiz. So'zlang. (A. Qodiriy)

Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning — gan shakli, hozirgi va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan, borsa o'rniga borsamiz, borsavuz.

Shaxs-son qo'shimchalarini quyidagi jadvalda ko'ring:




T/i

Shaxs-son asos;

Saxs

Shaxs son

shakllari



Misollar

birlik

ko'plik

birlik

ko'plik

1.

a) o'tgan zamon

aniq maylining — di

shakli

b) kelasi zamon



shart mayli

I

II

III



-m

-ng


-o

-k

-ngiz


-lar

keldim

kelsam


kelding

kelsang


keldi

kelsa


keldik

kelsak


keldingiz

kelsangiz

keldilar

kelsalar


2.

a) o' tgan zamon

aniq maylining

-gan shakli

b) hozirgi zamon

aniq maylining

shakllari

d) kelasi zamon

aniq mayli



I

II

III



-man

-san


-adi

-miz

-siz


-adilar

kelganman
kelyapman

kelaman


kelgansan

kelyapsan

kelyapti

kelaman


kelasan

keladi


kelganmiz

kelyapmiz

kelamiz

kelgansiz

kelyapsiz

kelyaptilar


kelamiz

kelasiz


keladilar

3.

kelasi zamon

buyruq-istak mayli



I

-ay, -y

-gin,


-sin

-aylik,

-ylik,


-hgiz

(lar),


-

sinlar


kelay

kelgin


kelsin

kelaylik

keling (iz)

kelsinlar

II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan, kiring o'rniga kirsinlar, o 'tiring o'rniga o'tirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obro'li kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalanadi.




ZAMON QO'SHIMCHALARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: zamon qo'shimchalari yuzasidan o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarni mustahkamlash. Zamon qo'shimchalaridan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:

1. Zamon qo'shimchalari haqida ma'lumot.

2. Zamon qo'shimchalarining tasnifi.

3. Zamon qo'shimchalarining o'zaro vazifaviy almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.


Keldim, kelyapman, kelaman fe'llarining uchalasi ham I shaxsni bildiradi, lekin ular harakatning nutq momentiga nisbatan qachon bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan farq qiladi.

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan hajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.

Zamon turini belgilashda so'zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Ana shunga ko'ra uch zamonga bo'linadi: 1) o'tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bo'lib o'tganligini bildirgan shakllar o'tgan zamon shakllari sanaladi. O'tgan zamon shakllariga quyidagi shakllar kiradi: -di, -gan, -ib, (-man, -sun, -di) kabi. Masalan, keldi, kelgan, kelibman, kelibsan va boshqalar. Bu shakllar garchi «o'tgan zamon» umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi: -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq so'zlangan vaqtdan ancha oldin ro'y berganini bildiradi.

-ibdi -ibman, ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin ro'y bergan harakatni boshqa shaxsdan eshitganligini voki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi. Masalan, O'g'rini eshakka teskari mindiribdi. (Ertakdan)

-di shakli, umuman, harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligini bildiradi.

Solishtiring:



Keldi

Kelgan

Kelgan edi

Kelibdi

Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda ro'y berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakliar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, - moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan, yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi.

Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir vozma nutq uslubiga xosdir.

Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan so'ng ro'y berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi.

Kelasi zamon ma'nosi fe'lning -a ravishdosh shakliga -di, -jak; fe'l asoslariga -ar, -ur, -gusi qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil bo'ladi. Masalan, keladi, kelajak, kelar (ur), kelgusi kabi.

Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -ur, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir.

Uslubiy betaraflik belgisiga ko'ra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon- taxmin ma'nosiga ega.

Solishtiring: keladi — kelar.

Ba'zan turli zamonga mansub bo'lgan shakllar o'zaro almashinishi mumkin. Masalan, Tanklar, zambaraklar ag'anab yotibdi. Bir jangchining peshonasi boglangan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. (Shuhrat)


O'tgan zamonda bo'lib o'tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ularni uning ko'z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish