1-dars Kimyoning asosiy tushunchalari



Download 1,15 Mb.
bet35/42
Sana14.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#549801
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
ASOSIY KITOB

Nazariy savollar:

1.Davriy sistemani kim kashf qilgan? Nimaga asoslangan holatda?
2.Davriy qonun ta`rifi?
3.Yadro zaryadi tartib raqamiga teng ekanligini kim aniqladi va davriy qonun ta`rifi qanday
o`zgardi?
4.Davr nima?
5.Gurux nima?
6.Lantanoidlar va aktinoidlarga nimalar kiradi?
7.Valent elektronlar deb nimaga aytiladi?
8.Atom analoglari deb nimaga aytiladi?
9.Skandiy, Germaniy,Galliyni kim kashf qilgan va Mendeleyev bularni nima deb atagan?
10.Atom radiusi deb nimaga aytiladi va qanday o`zgaradi?.
11.Ionlanish energiyasi nima?
12.Elektronga moyillik nima?
13.Elektromanfiylik nima?
14.Oksidllovchilik va qaytaruvchilik o`zgarishi nimaga bog`liq va qanday o`zgaradi?
15.Elementlarni kislorodli birikmalarni asos va kislotalik xossasi o`zgarishini tushuntirib bering?
16.Vodorodli birikmalarning asos va kislotalik xossasini o`zgarishini tushuntirib bering?

__________________________________________________________________________________



1. 1817-1829-yillarda Debereyner elementlarning qaysi xossalariga asoslanib triadalarni, ya’ni uchta o’xshash elementlardan iborat tabiiy oilalarni tuzdi? O’zingiz bilgan bitta triadani yozing.
2. 1865-yilda J.Nyulends elementlarning qaysi xossalariga asoslanib “oktavalar qonuni”ni tuzdi? Bu qonunga ta’rif bering.
3. 1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy qonuniga qanday ta’rif bergan?
4. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni hozirgi vaqtda qanday ta’riflanadi?
5. Davr deb nimaga aytiladi?
6. Qanday davrlar katta va kichik davrlar deb ataladi?
7. Guruhlar deb nimaga aytiladi(bosh guruhchalar va qo’shimcha guruhchalar)?
8. Vodorodning I va VII guruhga ham mansubligi sababini tushuntiring.
9. Davrlarda elementlar xossalarining o’zgarishidagi davriylik nimalardan iborat? .
10. Davriy sistemada qanday elementlar pastda alohida qatorlarda ko’rsatilgan va nima uchun?
11. Elementlarning atom radiusi davr va guruhlarda qanday o’zgaradi?
12. Ionlanish energiyasi deb nimaga aytiladi? Davr va guruhlarda ionlanish energiyasi qanday
o’zgaradi?
13. Elektronga moyillik deb nimaga aytiladi? Davr va guruhlarda elektronga moyillik qanday
o’zgaradi?
14. Elektrmanfiylik deb nimaga aytiladi? Davr va guruhlarda elektrmanfiylik qanday o’zgaradi?
15. Metallik va metallmaslik xossalari davr va guruhlarda qanday o’zgaradi?
16. 1869 yili Mendeleyev tomonidan qanday qonun kashf etilgan?
17. D.I.Mendeleyev elementlarni qaysi xususiyatiga ko`ra tartiblagan edi?
18. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlarning davriy jadvalida nechta kichik davr bor?
19. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy jadvalida nechanchi davrlar kata
hisoblanadi?
20. Nechta elementni Mendeleyev kashf etilmasdan avval xususiyatlarini oldindan aytib o`tgan
va ular qaysilar?
21. Quyidagilardan qaysi biri d – element hisoblanadi?
A) qalay B) rux C) argon D) qo`rg`oshin
22. Lantan qanday element hisoblanadi?
A) s B) p C) d D) f
23. Elementlarning xossalari davriy ravishda takrorlanishining fizik ma`nosi nimadan iborat?
A) yadro zaryadining davriy ravishda takrorlanishi
B) atom massasining davriy takrorlanishi
C) tashqi electron pog`onadagi elektronlar sonining davriy ravishda takrorlanishi
D) elektron pog`onalari sonining davriy takrorlanishi
24. Katta va kichik davrlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
A) Kichik davrda faqat s-elementlar joylashgan
B) Kichik davrda faqat p-elementlar joylashgan
C) Kichik davrda faqat s- va p- elementlar, katta davrda esa bundan tashqari d- va f- elementlar
joylashgan.
D) Katta davrda faqat f-elementlar joylashgan
25. I-VIII gruppaning asosiy gruppacha elementlari qanday oilalarga kiradi?
A) s va p B) faqat p C) d va f D) p.d va f
26. Quyida keltirilgan elementlardan qaysi biri d-elementlar oilasiga kiradi?
A) Zn B) Ca C) Rb D) P E) J
27. Davriy sistemada aktinoidlar qanday holatni egallaydi?
A) 7davr, 3guruh B) 6davr, 3guruh C) 6davr, 4guruh D) 7davr, 4guruh
28. Lantanoid va aktinoidlar davriy sistemada qaysi davr va nechanchi gruppada joylashgan?
A) oltinchi va yettinchi davrlarda B) hammasi III guruhda
C) III davr 6- va 7- gruppalarida D) hammasi davriy sistemadan tashqarida joylashgan
29. Litiydan neongacha elementlarning qaysi xossalari kuchayib boradi?
1) metallik 2) metallmaslik 3) oksidlovchilik 4) qaytaruvchilik 5) maksimal valentligi 6) atom
radiusi 7) ionlanish energiyasi
30. V guruh bosh guruhchasidagi elementlarning vodorodli birikmalarining asosli xossalari
qanday tartibda ortib boradi?
A) yuqoridan pastga qarab ortadi B) pastdan yuqoriga ortadi
31. II davr elementlaridan qaysi qatorida atomlarning ionlanish potensiali ortib boradi?
1. Berilliy 2. Ftor 3. Azot
A) 1,2,3 B) 2,1,3 C) 3,2,1 D) 1,3,2
32. II davr elementlari orasida qaysi guruhning bosh guruhcha elementlarining gidridlari
uchuvchan, qaysilariniki qattiq moddalar bo`ladi?
A) I, VI B) II, VII C) IV, V D) VII,II
33. Element atomlarining radiusi davr ichida chapdan o`ngga qarab qanday o`zgaradi?
A) kuchayadi B) susayadi C) o`zgarmaydi D) oldin ortib, keyin kamayadi
34. Litiydan seziyga o`tish tartibida radius va metallarning suyuqlanish temperaturasi qanday
o`zgaradi?
A) ortib boradi, ortib boradi B) ortib boradi, o`zgarmaydi
C) ortib boradi, kamayadi D) kamayib boradi, ortib boradi
35. Quyidagi elementlarni ularning nisbiy elektromanfiyligi ortib borish tartibida joylashtiring
l) azot; 2) ftor;3) bor; 4) kislorod; 5) uglerod; 6) vodorod.
A) 1,2,3,5,6,4 B) 3,6,5,1,4,2 C) 1,2,3,4,6,5 D) 2,1,3,6,4,5 E) 3,4,2,1,5,6
36. Davriy sistemaning bosh guruhcha elementlarida elementlar atomlarining tartib nomeri ortib
borishi bilan atomlarda qanday xususiyatlar kuzatiladi?
A) radius va elektromanfiyligi ortib boradi
B) radius kamayadi va metallik xossasi kuchayadi
C) radiusi ortib boradi va metallik xususiyati kuchayadi
D) radiusi kamayadi va metallmaslik xossasi susayadi
E) massasi ortib boradi va metallmaslik xususiyati kuchayadi
37. Qaysi qatorda elementlar ularning nisbiy elektromanfiyligi ortib borish tartibida
joylashtirilgan.
A) ftor, kislorod, xlor, brom, oltingugurt
B) oltingugurt, brom, xlor, kislorod, ftor
C) brom, xlor, oltingugurt,kislorod,ftor
D) oltingugurt, kislorod, brom, xlor, ftor
E) oltingugurt,brom, kislorod, xlor, ftor
38. Quyidagi metallarni ionlanish potentsiali ortib borish tartibida joylashtiring.
1) litiy; 2) seziy; 3) kaliy; 4) natriy; 5) rubidiy.
A) 1,4,3,5,2 B) 2,5,3,4,l C) 3,5,4,l,2 D) 3,5,2,4,l E) 3,4,l,5,2
39. O'xshash kimyoviy xossalarga ega bo'lgan elementlar juftini aniqlang.
A) Na va К В) Ca va Zn C) Cu va Ba D) Cr va S E) Mg va A1
40. Elementlarni nisbiy elektromanfiylik qiymati kamayib borishi tartibida joylashtiring.
1) kislorod; 2) kremniy; 3) fosfor; 4) xlor.
A) l, 2, 3, 4 B) l, 2, 4,3 C) 1,3,2,4 D) 1,3,4,2 E) l,4,3,2
41. Atom radiusi eng kichik elementlarni ko'rsating.
A) oltingugurt B) kremniy C) natriy D) alyuminiy E) xlor
42. Elementlar metallmaslik xossalari ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni ko'rsating.
1) kaliy; 2) kislorod; 3) oltingugurt; 4) tellur; 5) selen.
A) 1,4,5,3,2 B) 2,3,5,4,1 C) 4,1,5,3,2 D) 5,4,1,2,3 E) 5,4,1,3,2
43. Davr bo'ylab elementlar atomlarining radiuslari qanday o'zgaradi?
1.ortadi; 2. Kamayadi; 3. o'zgarmaydi; 4. sharoitga bog'liq bo'ladi.
A) 1 B) 2 C)3 D)4 E) 3 va 4
44. Atom radiuslari ortib borishi tartibida berilgan elementlar qatorini aniqlang,
A) B, Be, Li B) Al, B,N C) Cs, K, Li D)Fr, Rb, К E) Cs, K, Na
45. Birinchi guruhdagi elementlardan qaysi birining ionlanish energiyasi eng kichik qiymatga
ega?
A) natriy B) litiy C) kaliy D) seziy E)rubidiy
46. Qaysi qatordagi elementlarda ionlanish energiyasini qiymati kamayib boradi? (Qavslar ichida
yadro zaryadlar keltirilgan)
A) Al(13), Si(14) P(15) B) Si(14), P(15), S(16)
C) K(19), Na(11)Li(3) D) K(19), Rb(37), Cs(55) E) Ba(56) Sr(38), Ca(20)
47. Ionlanish energiyasining qiymati qaysi qatorda keskin ortib boradi?
A) B(5), Be(4), Li(3) B) Mg(12), Ca(20), Sr(38)
C) Mg(12), Al(13), S(16) D) Mg(12) S(16), Cl(17)
E) Mg(12), Cl(17),Ar(18)
48. Elementlar atom radiuslarining kichiklashib borish tartibini ko'rsating (qavslar ichida yadro
zaryadi qiymati keltirilgan)
A) Al(13), Si (14), P (15) B) S(16), P(15), Al(13)
C) Na(11), K(19), Rb(37) D) Al(13), Mg(12), Na(11) E) B(5), Al(13), C(6)
49. Nisbiy elektromanfiylik qiymati kamayib borishi tartibida joylashgan elementlar qatorini
aniqlang (qavs ichida yadro zaryadi keltirilgan)
A) titan (22), kremiy(14),uglerod(6)
B) vanadiy (23), fosfor (15), azot(7)
C) kalsiy (20), magniy (12),berilliy(4)
D) kalsiy (20), mis (29),brom (35)
E) kaliy (19), rubidiy(37), seziy(55)
50. Elementlarni ularning metallmaslik xossalari ortib borish tartibida joylashtiring:
1. magniy; 2. Alyuminiy; 3. Kremniy; 4. Fosfor; 5. Oltingugurt; 6. Xlor; 7. natriy.
A) 7,1,2,3,4,5,6 B) 7,1,2,4,3,5,6 C) 7,2,1,4,3,5,6
D) 7,2,1,3,4,5,6 E) 7,1,2,4,3,6,4
51. Tartib raqami 3 bo'lgan elementdan to 10- elementgacha atomlar radiusi qisqarib boradi. Shu
elementlarda qaysi xossalar ortib borishi kuzatiladi?
1. metallik xossasi; 2. metalmaslik xossasi; 3. ionlanish energiyasi; 4. elektronga moyillik; 5.
nisbiy elektromanfiylik; 6. vodorodlik birikma valentligi.
A) 1,3,4,6 B) 2,3,4,6 C) 2,3,4,5 D) 1,3,4,5 E) 2,4,5,6
52. Quyidagi elementlar qatorida elektromanfiylik qanday o'zgaradi: natriy, magniy, alyuminiy,
kremniy, fosfor, oltingugurt, xlor?
A) kamayadi; B) ortib boradi;
C) boshlanishda ortib boradi, oxiriga yaqinlashganda kamayadi;
D) o'zgarmaydi;
E) oldin kamayadi, keyin ortadi;
53. Qaysi qatordagi elementlar atom radiusi ortib borish tartibida joylashtirilgan?
A) O,N,F B) F,O,N C) Be,C,Li D) Fr,O,F E) K,Na,Li
54. Elektron formulasi quyidagicha bo'lgan atomlarning qaysi birida metallmaslik xossasi
kuchliroq ifodalangan?
A) ...3s 2 B) ...3s 2 3p 2 C) ...3s 2 3p 5 D) ... 3s 2 3p 4 E)... 3s 2 3p 1
55. Elektron formulasi quyidagicha bo'lgan atomlarning qaysi birida metallik xossasi kuchliroq
ifodalangan?
A)... 4p 2 B) ... 3s 2 3p 2 C)...3p 2 3p 6 D) ...3s 2 3p 5 E)...3d 10 4s 1
56. Elektron konfigurasiyasi ...3d 1 4s 2 bo'lgan element qaysi guruh va davrda joylashgan?
A) III guruh, 4-davr В) IV guruh 4-davr С) II guruh 4-davr
D) III guruh 5-davr E) IV guruh 3-davr
57. Quyidagi qator bo'yicha joylashgan elektronlarning yadro bilan bog'lanish energiyasi qanday
o'zgaradi? ls,2s,2p,3s,3p,4s,3d, 4p
A) kamayib boradi B) ortib boradi
C) oldin 3p gacha ortadi, keyin esa kamayadi
D) 3p orqali minimumdan o'tadi E) o'zgarmaydi
58. Quyidagi elementlar atomlarining metallik xossalari kuchayib borish tartibida joylashtiring:
1) seziy, 2) bariy, 3) germaniy, 4) stronsiy, 5) kalsiy
A) 3,5,4,2,1 B) 5, 3,4, 1,2 C) 4, 3,5, 2,1 D)2, 1, 3, 5,4 E) 4, 2, 1,3,5
59. Elementlar elektromanfiylik qiymati ortib borishi tartibida joylashgan qatorni toping.
A) N, С, B, F, О В) F, N, О, C,B С) В, C, N, O, F D) С, B, N, O, F E) O, F, N, С, В
60. Ushbu qator He-Ne-Ar-Kr-Xe-Rn bo'yicha nodir gazlarning atom radiusi, ionlanish
potensiali, suyuqlanish temperaturasi qanday o'zgaradi?
A) ortadi, ortadi, ortadi B) kamayadi, kamayadi, ortadi
C) ortadi, kamayadi, ortadi D) kamayadi, ortadi, kamayadi E) ortadi, ortadi, kamayadi
61. Ushbu Li-Na-K-Rb-Cs qatorda ishqoriy metallarning atom radiuslari, ionlanish potensiallari,
nisbiy elektrmanfiyliklari qanday o'zgaradi?
A) ortadi, kamayadi, kamayadi B) ortadi, kamayadi, ortadi C) kamayadi, ortadi, ortadi
D) kamayadi, kamayadi, ortadi E) ortadi, ortadi, kamayadi
62. Ionlanish energiyasi eng katta bo'lgan elementni ko'rsating.
A) litiy B) natriy C) vodorod D) kalsiy E) kaliy
63. Qo'shimcha gruppacha elementlarida yadro zaryadining ortishi bilan ularning kimyoviy
aktivligi qanday o'zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o'zgarmaydi D) oldin ortadi, so'ng kamayadi
E) oldin kamayadi, so'ng ortadi
64. Uchinchi davr elementlarida tartib raqamning ortib borishi bilan ularning o'zida va
birikmalarida qaysi xossalar kuchayib boradi?
1. elektromanfiylik; 2. Metallik; 3. ionlanish potentsiali; 4. kislorodli birikmalarining
valentligi; 5. vodorodli birikmalarida elementlarning oksidlanish darajasining maksimal
qiymati; 6. atom radiusi; 7. yuqori musbat oksidlanish darajasi holatida ion radiusi;
8. elektronga moyillik energiyasi; 9. metallmaslik.
A) 2,3,4,8,9 B) 1,3,7,8,9 C) 1,2,3,5,7D)1,3,4,8,9 E)1,2,3,6,7
65. Elektrmanfiyligi kamayib borgan elementlar qatorini toping.
A) Al, I, Br, Cl, F B) Br, Se, As, Ge, Ga С) В, C, N, O, F
D) Po, Те, Se, S, О E) Ga, Ge, As, Se, Br
66. Litiydan neongacha elementlarning qaysi xossalari kuchayib boradi?
1) Metallik; 2) Metallmaslik; 3) Oksidlovchilik; 4) Qaytaruvchilik; 5) Maksimal valentligi;
6) Atom radiusi; 7) Ionlanish energiyasi.
A) l,3,5,7 B) 2,4,6 C) 2,3,5,7 D) 2,3,7 E)3,7
67. Quyidagi xossalardan qaysi biri davriy jadvalda o'ng tomonga borgan sari va nodir gazlarda
eng yuqori bo'ladi?
A) oksidlanish darajasi B) elektronga moyillik
С) 1-ionlanish energiyasi D) elektron biriktirish qobiliyati
E) kimyoviy jihatdan metallmaslik xossalari
68. Kimyoviy xossalari o'xshash bo'lgan (analog) elementlar uchun quyidagilarning qaysi biri
to'g'ri?
A) neytronlar va protonlar soni teng
B) atomlarning radiuslari teng.
C) valent elektronlamining soni har xil
D) bir xil davrda joylashgan
E) bir xil guruxda joylashgan
69. Tartib nomeri nodir gazlamikidan bitta ortiq bo'lgan elementlar uchun quyidagilarning qaysi
biri noto'g'ri?
A) qaytaruvchi bo'ladi B) 1- ionlanish energiyasi kichik
C) ion bog'lanish hosil qiladi D) birikmalarda +1 oksidlanish darajasi bo'ladi
E) bitta elektron yo'qotganda, uning tartib raqami nodir gazlarniki bilan bir xil bo'ladi
70. Poling taklif qilgan jadvaldagi elementlarning nisbiy elektrmanfiyligi qaysi elementga
nisbatan belgilanadi?
A) H 2 B) O 2 С) С D) Li E) Au
71. Ionlanish energiyasi eng katta bo'lgan atomni ko'rsating.
A) Cs В) P С) I D) Br E) F
72. Мn(OН) 2 , Мn(OН) 3 , Мn(OН) 4 , Н 2 МnO 4 , НМnO 4 marganesning ion radiusi, ion zaryadi va
birikmalarning asos xossasi qanday o'zgaradi?
A) kamayadi, ortadi, kamayadi B) ortadi, ortadi, kamayadi
C) kamayadi, kamayadi, ortadi D) ortadi, kamayadi, ortadi
E) o'zgarmaydi, ortadi, kamayadi
73.Elementlar tartib nomeri ortishi bilan qanday xossalarining o'zgarishida davriylik kuzatiladi?
1. atomning yadro zaryadi; 2. atomlarning o'lchami; 3. nisbiy atom massasi;
4. ionlanish energiyasi; 5. Elektrmanfiylik; 6. atomdagi energetik pog'onalar soni;
7. elektronga moyilligi; 8. oksidlanish darajasi; 9. tashqi energetik pog'onalardagi elektronlar
soni.
A) 2,4,5,7,8,9 B) 1,2,3,4 C) 5,6,7,8 D) 6,7,8,9 E) 1,2,3,6,7,9
74. Davriy sistemaning II va III davrlarida elementlarning atom radiusi kamayganda...
A) metallik xossalari susayadi B) ionlari radiusi kamayadi
C) elektromanfiyligi kamayadi D) metallik xossalari kuchayadi
E) yadroga elektronlar yutilishi susayadi.
75. Davriy jadvalning II davr elementlar oksidlarining asosli xossalari element tartib nomerining
kamayishi bilan ...
A) o'zgarmaydi, B) avval kuchayadi, so'ngra susayadi C) kuchayadi
D) avval susayadi, so'ngra kuchayadi. E) susayadi
76. D. I. Mendeleev davriy jadvalining bitta guruhchasida joylashgan elementlaming atomlari
qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
1. Tashqi qobiqdagi elektronlar soni bilan; 2. Yadro zaryadining qiymati bilan;
3. Elektron qobiqlarining soni bilan; 4. Kimyoviy xossalari bilan.
A) 2,3 B) 1,4 C) 1,2 D) 2,4 E) 1,3
77. Quyidagi elementlami atom radiuslari ortib borishi tartibida joylashtiring.
1.Li; 2.F; 3.Be; 4.O; 5. С
A) 2,4,5,3,1 B) 4,5,3,1,2 C) 1,2,4,5,3D) 3,5,4,2,1 E) 1,3,5,4,2
78. Quyidagi elektron konfigurasiyaga ega bo'lgan metallarni metallik xossalari kamayib boorish tartibida joylashtiring.
l) ...3p 6 4s 2 ; 2) ...2p 6 3s 2 ; 3) ...4p 6 5s 2 ; 4) ls 2 2s 2 ; 5)....5p 6 6s 2
A) 1,2,4,3,5 B) 3,4,5,2,1 C) 5,3,1,2,4 D) 1,2,4,5,3
79. VI gruppa asosiy gruppacha... elementlardir, ularning umumiy nomi... bo'lib... degan
ma’noni bildiradi.
1) d; 2) p; 3) s; 4) f; 5) inert elementlar; 6) galogenlar;
7) xalkogenlar; 8) ishqoriy elementlar; 9) betaraf; 10) ruda hosil qiluvchi; 11) o'yuvchi
moddalar hosil qiluvchi.
A) 4, 8, 11 B) 2, 6, 11 C) 1,6, 10 D) 3,5,9 E) 2,7,10
80. He, Ne, Ar, Kr, Xe elementlar qatorida atomlar ionlanish energiyasi qanday o'zgaradi?
A) ortib boradi B) o'zgarmaydi C) davriy o'zgaradi
D) Ar gacha kamayadi, so'ng o'zgarmaydi E) kamayadi
81. Davriy jadvalning bosh guruhcha elementlarida elementlar tartib raqami kamayishi bilan...
1) radius; 2) elektrmanfiylik; 3) metallik;
4) metalmaslik; 5) atom massa
A) 1,3,5-kamayadi, 2,4-ortadi B) 3,4-ortadi, 1,2,5- kamayadi
C) 1,3,5-ortadi, 2,4-kamayadi D) 1,2,3-kamayadi, 4,5-ortadi
E) 1,4-kamayadi, 5-ortadi
82. H, Li, Na. К elementlar qatorida atomlar ionlanish energiyasi..., atom radiusi...
A) kamayadi/kamayadi; B) ortadi/kamayadi C) ortadi/ortadi D) kamayadi/ortadi
83. Ushbu qatorda ishqoriy metallarning atom radiuslari, ionlanish potensiallari, oksidlovchilik
xossalari, nisbiy elektromanfiyliklari qanday o'zgaradi?
A) ortadi, kamayadi, ortadi, ortadi
B) ortadi, ortadi, kamayadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi, kamayadi, kamayadi
D) kamayadi, ortadi, ortadi, kamayadi
84. Ionlanish energiyasi eng katta bo'lgan elementm ko'rsating.
A) natriy B) litiy C) kaliy D) vodorod
85. He-Ne-Ar-Rr-Xe-RnUshbu qator bo'yicha nodir gazlaming ionlanish potentsiali, atom
radiusi, suyuqlanish temperaturasi qanday o'zgaradi?
A) kamayadi, ortadi, ortadi B) ortadi, ortadi, ortadi
C) ortadi, ortadi, kamayadi D) ortadi, kamayadi, ortadi
86. H, Li, Na, K, C, N, O, F elementlar qatorida atomlar elektromanfiyligi qanday o'zgaradi?
A)kamayib boradi B)ortib boradi
C)C gacha ortadi, so'ng kamayadi D)C gacha kamayadi, so'ng ortadi
87. Quyidagi elementlar atomlarining metallik xossalari susayib borishi tartibida joylashtiring.
l) seziy; 2) bariy; 3) magniy; 4) strontsiy; 5) kaltsiy
A) 1,2,4,5,3 B) 3,5,4,2,1 C) 2,1,3,5,4 D) 4,3,5,2,1
88. Na, Mg, Al, Si, P, S, Cl elementlar qatorida atom radiusi qanday o'zgaradi?
A) ortib boradi B) kamayadi
C) o'zgarmaydi D) oldin kamayadi, keyin ortadi
89. Quyida berilgan elementlarda ionlanish potensiali qanday o'zgaradi? Bi→Sb→As→P→N
A) oshadi B) kamayadi C) avvaliga kamayadi, so'ng oshadi D) o'zgarmaydi
90. Qaysi qatorda elementlar elektromanfiyligi ortib borish tartibida joylashgan?
A) C;Si; Ge;Pb;Sn B) Li; Na;K;Rb;Gs
C) I;Br; Cl; F;H D) Na; Mg; A1;P;C1
91. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalining asosiyguruhida yuqoridan pastga qarab
elementlarning atom radiusi vaionlanish potentsial o’zgarish tartibini aniqlang.
A) atomlarning ionlanish potensial va radiusi kamayadi
B) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi ortadi
C) atom radiusi kamayadi, ionlanish potensiali ortadi
D) atom radiusi ortadi, ionlanish potensiali kamayadi.
92. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalining qaysi qismida nisbiy elektromanfiyligi kichik
va atomi radiusi katta elementlar joylashgan?
A) lantanoidlar guruhida В) I guruhda
С) I va VII guruhlar oralig’ida D) VII guruhda
93. Element atomlarining davr bo’yicha (asosiy guruhda ) elektromanfiyligi qanday o’zgaradi?
1) ortadi; 2) kamayadi; 3) o’zgarmaydi
A) 2 В) 1 C)1,2 D) 3
94. D.I.Mendeleev elementlar davriy jadvalining bir guruhchasida joylashgan element atomlari
qanday xossalari bilan farq qiladi? 1) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni; 2) yadro
zaryadi qiymati; 3) elektron qavatlar soni; 4) ionlanish energiyasi; 5) elektrmanfiylik
A) 1,2, 3,4 B) 4, 5 C) 2, 3,4, 5 D) 2, 3
95. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalidagi asosiy guruhchasida tartib raqami kamayishi
bilan element xossalari qanday o’zgaradi?
A)atom radiusi kamayadi va metallik xossasi ortadi
B)atom radiusi ortadi va elektromanfiylik kamayadi
C)atom radiusi kamayadi va elektromanfiylik ortadi
D)atom radiusi ortadi va metallik xossasi kamayadi
96. Qaysi qatorda elementlar atomlarining radiusi kamayib borish tartibida joylashgan?
A) O; S; Se; Те В) С; В; Be; F
С) Na; K; Rb; H D) Sn; Ge; Si; С
97. Qaysi qatorda elementlar elektrmanfiyligi kamayib borish tartibida joylashgan?
A) Pb; C; Si; Ge; Sn B) Li; Na; K; Rb; Cs
С) I; Br; Cl; F; H D) Na; Mg; Al; P; Cl
98. Elementlar tartib raqami ortishi bilan (asosiy guruhda) qaysi xossalar davriy ravishda
o’zgarishi kuzatiladi?
1) atomning yadro zaryadi; 2) atom radiusi; 3) nisbiy atom massa; 4) ionlanish energiyasi; 5)
elektrmanfiylik; 6) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni
A) 2,4, 5,6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) l,3
99. Elementlarning qaysi xususiyatlari tartib raqami ortib borishi bilan to’xtovsiz ortadi? 1)
elektrmanfiylik; 2) atom massasi; 3)atom radiusi; 4) elektronlar soni; 5) ionlanish potentsiali; 6)
yadro, zaryadi
A) 2, 4, 6 B) 1,3, 5; С) 1, 5 D) 4, 6
100. Quyidagi keltirilgan qatorda elementlar atomining radiusi qanday o’zgaradi?
Li; Nа; : K;I;Вг;С1; F
A) I gacha kamayadi, so’ngra ortadi B) ortadi
С) I gacha ortadi, so’ngra kamayadi D) kamayadi
101. Qaysi qatordagi elementlar elektromanfiyligi kamayib borishi tartibida joylashgan?
A) K, Ca, V, Тi, Sc В) K, Ca, Sc, Тi, V
С) Nb, Zr, Y, Sr, Rb D) I, Br, Cl, F, N
102. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalining asosiy guruhida tartib raqami ortib borishi
bilan quyidagi qaysi qonuniyat kuzatiladi?
A) elektromanfiylik ortadi, protonlar soni kamayadi
B) atom radiusi kamayadi, atom massasi ortadi
C) ionlanish potensiali ortadi, elektromanfiylik kamayadi
D) atom radiusi ortadi, elektromanfiylik kamayadi
103. Qaysi qatorda elementlar atom radiusi ortib borishi tartibida joylashtirilgan?
1) ftor; 2) berilliy; 3) azot; 4) kislorod; 5) bor; 6) uglerod.
A) 2, 5, 6, 3,4, 1 B) 2, 6, 3, 5, 4, 1 C) 1,4, 3,6, 5, 2 D) 1,4, 5, 3,6, 2
104. Quyidagi qatorda elektromanfiylik qanday o'zgaradi? O, N, S, B, Be, I, Br, CI, F
A) ortadi B) kamayadi C)avval ortadi, so'ngra kamayadi
D) avval kamayadi, so'ngra ortadi
105. Quyidagi qatorda elektromanfiylik qanday o'zgaradi? K, Ca, Sc, Ti, V, Cr, Fe
A) ortadi B) kamayadi C) avval ortadi, so'ngra kamayadi
D) avval kamayadi, so'ngra ortadi
106. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalining asosiy guruhida tartib raqami kamayib
borishi bilan quyidagi qaysi qonuniyat kuzatiladi?
A) elektromanfiylik ortadi, protonlar soni kamayadi
B) atom radiusi kamayadi, atom massasi ortadi
C) ionlanish potensiali ortadi, elektromanfiylik kamayadi
D) atom radiusi ortadi, elektromanfiylik kamayadi
107.Qaysi qatorda elementlar atom radiusi kamayib borishi tartibida joylashtirilgan?
1) ftor; 2) berilliy; 3) azot;4) kislorod; 5) bor; 6) uglerod.
A) 2, 5, 6, 3, 4, 1 B) 2, 6, 3, 5, 4, 1
C) 1,4, 3,6, 5,3 D) 1,4, 5, 3, 6,2
108. Qaysi javobda elementlar atom radiusi ortib borishi tartibida joylashtirilgan?
1) selen; 2) kislorod; 3) tellur;4)oltingugurt; 5) poloniy.
A) 5,3, 1,4,2 B) 2, 4,1,3,5 C) 5, 1,4,3,2 D) 2, 3,4,1,5
109. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalidagi atomlar ionlanish potensialining o'zgarishi
(asosiy guruhda) qaysi javobda noto'g'ri ifodalangan?
A) ishqoriy metallarda yuqoridan pastga ortadi
B) 2-davr elementlarida chapdan o'ngga ortadi
C) 3-davr elementlarida o'ngdan chapga kamayadi
D) IIA guruh elementlarida pastdan yuqoriga ortadi
110. Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potentsiali kamayib boradi?
A) Na, Sr, Ca, Mg, Be B) B,C,N,O,F
C) Li, Na, K, Cs, Fr D) Cl, S, Si, P, Al
111. Qaysi qatorda elementlar atom radiusi kamayib borishi tartibida joylashtirilgan?
1) selen; 2) kislorod; 3) tellur;4) oltingugurt; 5) poloniy.
A) 5,3, 1,4,2 B) 2, 4, 1,3,5 C) 5,1,4, 3,2 D) 2, 3,4, 1,5
112. Qaysi qatorda elementlaming ionlanishi potentsial ortib boradi?
A) Ba, Sr, Ca, Mg, Be В) B, F, N, О, С
С) Li, Na, K, Fr, Cs D) Cl, S, Si, P, AI
113. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalidagi I A guruhda joylashgan elementlar atomlari
qanday xossalari bilan farq qiladi? 1) atom radiusi; 2) yadrodagi protonlar soni; 3) tashqi
energetik qavatdagi elektronlar soni; 4) elektromanfiylik;5) ionlanish energiyasi.
A) 1,2, 4; 5 B) 3,4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1,2,3
114. D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalidagi IA guruhda tartib raqam ortishi bilan
elementlar xossalari qanday o'zgaradi?
A) atom radiusi kamayadi va metallilik xossasi ortadi
B) atom radiusi ortadi va elektromanfiylik kamayadi
C) atom radiusi kamayadi va elektromanfiylik ortadi
D) atom radiusi ortadi va metallik xossasi kamayadi
115. Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali ortib boradi?
A) Ba, Sr, Ca, Mg, Be В) B, F, N, О, С
С) Li, Na, K, Fr, Cs D) Cl, S, Si, P, AI
116. Qaysi qatorda elementlar atom radiusi ortib borishi tartibida joylashtirilgan?
A) kislorod, oltingugurt, selen, tellur, poloniy
B) kislorod, tellur, oltingugurt, selen, poloniy
C) poloniy, tellur, selen, oltingugurt, kislorod
D) poloniy, selen, oltingugurt, tellur, kislorod
117. Qaysi qatordagi elementlar elektromanfiyligi ortib borishi tartibida joylashgan?
A) yod, brom, xlor, ftor, azot
B) niobiy, sirkoniy, itriy, stronsiy, rubidiy
C) kaliy, kalsiy, vanadiy, titan, skandiy
D) kaliy, kalsiy, skandiy, titan, vanadiy
118. Qaysi qatorda elementlar atomlari radiusi kamayib borishi tartibida joylashgan?
A) natriy, kaliy, rubidiy, vodorod
B) qalay, germaniy, kremniy, uglerod
C) kislorod, oltingugurt, selen, tellur
D) uglerod, bor, berilliy, ftor
119. Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali kamayib boradi?
A) litiy, kaliy, natriy, vodorod B) magniy, kalsiy, stronsiy, berilliy C) seziy, rubidiy, kaliy,
natriy D) geliy, neon, argon, kripton
120. D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi IA guruhda joylashgan element atomlarida tartib raqami kamayishi bilan quyidagi xususiyatlar qanday o'zgaradi?
1) atom radiusi; 2)elektrmanfiylik; 3) ionlanish energiyasi; 4) elektronga moyillik;
5) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni.
A) 1,2-ortadi; 3,4, 5-o'zgarmaydi
B) 1-kamayadi; 2, 3,4-ortadi; 5-o'zgarmaydi
C) 1,3, 4-ortadi; 2, 5-kamayadi
D) 1-ortadi; 2, 3,4-kamayadi; 5-o'zgarmaydi
121. D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalining asosiy guruhida tartib raqami ortib borishi
bilan quyidagi qaysi qonuniyat kuzatiladi?
A) atom radiusi va protonlar soni kamayadi
B) elektrmanfiylik va ionlanish potensiali kamayadi
C) atom radiusi va elektrmanfiylik ortadi
D) atomlarning ionlanish potensiali va elektrmanfiylik ortadi
122. D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi atomlar elektrmanfiyligining o'zgarishi
qaysi javobda to'g'ri ifodalangan?
A) 2-davrdagi elementlarda chapdan o'ngga kamayadi
B) 3-davrdagi elementlarda chapdan o'ngga kamayadi
C) ishqoriy metallarda pastdan yuqoriga qarab ortadi
D) ishqoriy-yer metallarda yuqoridan pastga qarab ortadi
123. Qaysi qatordagi elementlar elektrmanfiyligi kamayib borishi tartibida joylashgan?
A) kaliy, kalsiy, vanadiy, titan, skandiy
B) niobiy, sirkoniy, litriy, stronsiy, rubidiy
C) yod, brom, xlor, ftor, azot
D) kaliy, kalsiy, skandiy, titan, vanadiy
124. Ikkinchi davr elemenentlarida tartib raqami ortib borishi bilan ulaming qaysi xususiyatlari
ortib boradi? 1) elektrmanfiylik; 2) metallik; 3) ionlanish potensiali; 4) tashqi energetik
qavatdagi elektronlar soni; 5) metalmaslik; 6) atom radiusi
A) 3,5 B) 2, 6 C) 2,4,6 D) 1,3, 4, 5
125. D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi asosiy guruhchasida tartib raqami
kamayishi bilan element xossalari qanday o’zgaradi?
A) atom radiusi kamayadi va metallik xossasi ortadi
B) atom radiusi ortadi, elektrmanfiylik kamayadi
C) atom radiusi kamayadi va elektrmanfiylik ortadi
D) atom radiusi ortadi va metallik xossasi kamayadi
126. Davriy jadvalning IIA guruhida yuqoridan pastga qarab elementlarning atom radiusi va
ionlanish potensiali o'zgarish tartibini aniqlang.
A) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi kamayadi
B) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi ortadi
C) atom radiusi kamayadi, ionlanish potensiali ortadi
D) atom radiusi ortadi, ionlanish potensiali kamayadi
127. В(ОН)з; CO(OH) 2 ; NO(OH); NO(OH) birikmalarning kislotalik xossasi qanday o'zgaradi?
A) oldiniga ortadi, so'ngra kamayadi
B) kamayadi
C) ortadi
D) oldiniga kamayadi, so'ngra ortadi
128. Marganetsning qaysi oksid(lar)i amfoter xususiyatga ega?
1) MnO; 2)Mn 2 O 3 ; 3)MnO 2 ; 4) MnO 3 ; 5) Мn 2 О 7 .
A)5 B) 4, 5 C) 1,2,3,4 D) 3
129. Elementlar elektrmanfiyligi quyidagi qatorda qanday o'zgaradi?
I; Br; Cl; F; O: N; С; B. , ,
A) avvaliga kamayadi, so'ngra ortadi B) kamayadi
C) ortadi D) avvaliga ortadi, so'ngra kamayadi
130. Elementlar davriy jadvalida pastdan yuqoriga qarab elementlaming (asosiy guruhda) atom
radiusi va ionlanish potensialining o`zgarishi qaysi javobda to`g`ri ifodalangan?
A) atom radiusi ortadi va ionlanish potensiali kamayadi
B) atom radiusi va ionlanish potensiali ortadi
C) atom radiusi va ionlanish potensiali kamayadi
D) atom radiusi kamayadi va ionlanish potensiali ortadi
131. Yod, brom, xlor, ftor, kislorod, azot, uglerod, bor qatorida elementlarning elektromanfiylik
qiymati qanday o’zgaradi?
A) kamayadi B)avvaliga ortadi, so'ngra kamayadi
C) ortadi D) avvaliga kamayadi, so'ngra ortadi
132. Davrlarda bosh gruppacha elementlarining atom radiusi va bosh kvant sonlari qanday
o'zgaradi?
A) atom radiusi kamayadi, bosh kvant soni kamayadi
B) atom radiusi oshadi, bosh kvant soni kamayadi
C) atom radiusi oshadi, bosh kvant soni oshadi
D) atom radiusi kamayadi, bosh kvant soni o'zgarmaydi
133. Atomlardagi ionlanish energiyasi va atom radiuslarining o'zgarishi qaysi kimyoviy
xossalarni belgilaydi?
A) oksidlovchilik, qaytaruvchilik, asoslilik, kislotalilik
B) termostatik, oksidlovchilik, kislotalilik
C) qaytaruvchilik, asoslilik, elektroliz
D) oksidlovchilik, kislotalilik, gidroliz
134. 8, 16, 34, 52, 84 tartib raqamli elementlarga xos bo'lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1) p-elementlar oilasiga mansub; 2) d-elementlar oilasiga mansub;
3) umumiy nomlanishi - galogenlar; 4) tashqi elektron qavati tuzilishi - ns 2 np 5 ; 5) tashqi
qavatida 2 tadan jufitlashmagan elektronlar bor; 6) 8,16,34-p-elementlar, qolganlari - d-
elementlar.
A) 2,3,4,6 B) 1,5 C) 2,3,5,6 D) 1,5,6
135. Birinchi guruhning asosiy guruhida atom massa ortishi bilan metallik, oksidlovchilik
xossalari, ionlanish potensiali va atom radiusi (berilgan tartibda) qanday o'zgaradi?
A) kamayadi, ortadi, ortadi, ortadi
B) ortadi, kamayadi, kamayadi, ortadi
C) ortadi, ortadi, ortadi, kamayadi
D) ortadi, kamayadi, ortadi, kamayadi
136. Berilgan tartibda atom radiusi qanday o'zgarishini aniqlang. (elementlaming tartib raqami
berilgan)
3→11 → 12→ 4
a) ortadi; b)kamayadi; c) o'zgarmaydi
A) 1b; 2b; 3а B)1b; 2b; 3b C) 1c; 2b; 3a D) 1b; 2a; 3b
137. Berilgan tartibda atom radiusi qanday o'zgarishini aniqlang. (elementlarning tartib raqami
berilgan.)
17→35→34→16
a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi.
A) 1 a; 2 a; 3 a . B) 1 a; 2 b; 3 b C) l a; 2 a; 3 b D) 1 b; 2 b; 3 a
138. Elektromanfiylik nima?
A) atomning elektronlarini tortib olish uchun kerak bo'lgan minimal energiya
B) molekula tarkibidagi atomning o'ziga bog'lovchi elektronni tortish xususiyati
C) neytral holdagi atomga elektron birikishi natijasida ajralib chiqadigan energiya miqdori
D) ionning neytral holdagi atomga o'tishi uchun kerak bo'ladigan energiya
139. Berilgan tartibda atom radiusi qanday o'zgarishini aniqlang. (elementlaming tartib raqami
berilgan.)
20→19→11→3
a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi.
A) 1 b; 2 a; 3 а В) 1 a; 2 a; 3 а С) 1 a; 2 b; 3 b D) 1 b; 2 b; 3 b
140. Berilgan tartibda elektromanfiylik qanday o'zgarishini aniqlang. (elementlarning tartib
raqami berilgan)
3→4→12→13
a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi
A) 1a; 2b; 3а B) 1b; 2b; 3b C) 1a; 2a; 3a D) 1b; 2a; 3b
141. Berilgan elementlarning metallmaslik xossasi qanday o`zgarishini aniqlang.
(Elementlarning tartib raqamlari berilgan)
16→ 34→33→32
a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi
A) 1b;2a;3a B) 1a;2b;3b C) 1b;2b;3c D) 1b;2b;3b
142. Berilgan elementlarning metallmaslik xossasi qanday o`zgarishini aniqlang.
(Elementlarning tartib raqamlari berilgan)
16→ 17→9→8
a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi
A) 1b;2b;3a B) 1a;2b;3b C) 1a;2a;3b D) 1b;2a;3a
143. Berilgan elementlarning metallmaslik xossasi qanday o`zgarishini aniqlang.
(Elementlarning tartib raqamlari berilgan)
17→ 35→34→ 16
a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi
A) 1b;2b;3a B) 1a;2b;3b C) 1a;2a;3b D) 1b;2a;3a
144. Berilgan elementlarning ionlanish potensiali qanday o`zgarishini aniqlang.
(Elementlarning tartib raqamlari berilgan)
7→ 15→33→34
a) ortadi b) kamayadi c) o`zgarmaydi
A) 1a;2a;3b B) 1b;2b;3b C) 1a;2b;3c D) 1b;2b;3a


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish