188. Bozor sig‘imining necha xil darajas mavjud? Va ular qaysilar? Javob; Bozor sig‘imining ikki xil darajasi mavjud: potensial va real (haqiqiy). Bozorning haqiqiy sig‘imi birinchi bosqich sanaladi. Potensial daraja shaxsiy va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks ettiradi. Real bozor sig‘imi potensial bozor sig‘imiga mos kelmasligi ham mumkin.
Bozor sig‘imini baholash natural va qiymat o‘lchamida o‘lchanib, quyidagi formulaga asosan topiladi:
BS q MM Q IX - EX, bu yerda:
BS – bozor sig‘imi;
MM – milliy mahsulot ishlab chiqarish;
IX – import hajmi;
EX - eksporta hajmi.
Bozorning import sig‘imi quyidagicha aniqlanadi
BIS q BS - MM Q NE, bu yerda
BIS - bozorning import sig‘imi;
ME - milliy eksport, aniqlanishi ME q EX – RE;
RE – reeksport hajmi.
Nisbiy bozor ulushi korxonaning bozordagi ulushi va raqobatchilar ulushining nisbati sifatida aniqlanadi:
NBU q O‘BU G‘ RBU
189. Bozorni segmentlash nima? Javob; Bozorni segmentlash bir tomondan korxonaning marketing faoliyati yo‘naltirilgan bozor qismi va ob’ektlarini aniqlashni, ikkinchi tomondan bozorda qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini, marketing elementlarini to‘g‘ri tanlashga asos yaratishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda bozorni segmentlash – bu bozorni ko‘rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish kanallari va usullari) reaksiyasi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi qismlarga ajratishdir.
Segmentlash ob’ekti birinchi navbatda iste’molchilardir. Alohida tarzda ajratib olingan va umumiy tamoyillarga ega bo‘lgan holda ular bozor segmentini tashkil etadi. Segmentlar soni ko‘p bo‘lganda ularning har biri talablariga moslashish juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli shaxsiy foydalanish tovarlariga nisbatan doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.
Segmentlashda tovar o‘z xaridorini topishi lozim. Bozorning tuzilmasini tadqiq etish bunga eng kam xarajatlar bilan erishi imkoniyatini beradi. Bunda bozor kon’yunkturasini bilish ham muhim bo‘lib, u mazkur tovar turiga talab va taklif o‘rtasidagi munosabat hamda narx darajasi va ular o‘rtasidagi munosabat bilan tavsiflanadi. Bozor kon’yunkturasini o‘rganishdan asosiy maqsad sanoat va savdo faoliyati bozor holatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, uning kelajakdagi rivojlanishi hamda aholining tovarlarga bo‘lgan talablarini to‘laroq qondirish uchun nimalar qilish kerakligini aniqlash hisoblanadi.