73.Biznes-rejani tuzish bosqichlari va ularning farqi nimada?
Javob
Xojalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda otgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun oz imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan toliq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari, istemolchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflaydigan va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud. SHuning uchun «ehtiyoj - resurslar» bogliqligi biznes-rejaning asosiy bogini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani istemolchilik talabiga ega bolmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yol qoymaydi.
74.Ishchi biznes-reja qanday vazifalarni bajarishga qaratilgan?
Javob
Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bolim va nomlardan iborat bolib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-harakatlar dasturini aniqlash.
Yuzaga kelishi mumkin bolgan muammolar variantlarini detalli korib chiqish.
Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.
Bozor muhitidagi doimiy ozgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.
Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat kop» tamoyiliga rioya qilinadigan bolsa berilayotgan tavsiya etiroz uygotmasligi mumkin. Biroq malumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bolsada, biroq muvaffaqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yonaltirilgan real biznes-reja koproq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |