71.Biznes-reja qanday ma’lumotlardan iborat bo‘ladi?
Javob
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona (firma) rahbariyatining ishtirok etish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani tayyorlashda rahbarning shaxsan ishtirok etishi shunchalik muhimki, xorijiy amaliyotda koplab banklar, investitsiya jamgarmalari va boshqa shu kabi muassasalar biznes-reja korxonadan tashqarida maslahatchilar tomonidan tayyorlanib, rahbariyat tomonidan faqat imzolangan holatlar malum bolib qolganda, umuman bu korxonalarning taqdimnomalarini korib chiqishga ham qabul qilmaydilar.
Biroq bu biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar xizmatlaridan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, ekspertlarni bu ishga jalb qilish qollab-quvvatlanadi. Gap bu erda boshqa narsa haqida bormoqda biznes-rejani ishlab chiqish korxona rahbarining yoki oz ishini ochmoqchi bolayotgan shaxsning shaxsan ishtirok etishini talab qiladi. Ishga kirishar ekan, u birinchi navbatda kelgusi faoliyatni modellashtiradi va uning maqsadga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchidan, moljallanayotgan ishlab chiqarishning (biznesning) barcha ijobiy va salbiy natijalari uchun javob beradi, uchinchidan esa, bajarilgan hisob-kitoblar va har bir korsatkichlarning ahamiyatini yaxshi va aniq biladi.
72.Biznes-rejani tuzish uchun ma’lumotlarni qaysi ketma-ketlikda tayyorlash kerak?
Javob
Shunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va o‘z vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O‘z vaqtida xorij amaliyotida 195 ta sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil qilingan va chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning 33 tarmog‘ida tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). Ularning 102 tasida firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, 93 tasida buning aksi kuzatilgan. Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan:
tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste’molchilar tomonidan qabul qilinishi;
firmaning marketing «nou-xau»lari, ya’ni bozorni, xaridorlar xulq-atvori, yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish sur’ati, tovarning hayotiylik davri va boshqalarni eng yaxshi tushunishi;
firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya’ni ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqaning yuqoriligi.
Biroq ortiqcha chaqiriqlar, xorij tajribalarini targ‘ib qilishning o‘zi bilan biznes-rejaning mazmunini, uni ishlab chiqish jarayonini boshqarishni yaxshilash mumkin emas. Imkoniyat real voqelikka aylanishi hamda biznes-rejalar korxonalar hayotida eng hayotiy vosita bo‘lishi uchun avvalo fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas qadam tashlovchi, yuqori malakali va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan ishbilarmon kishilar kerak. Byurokratiya va rasmiyatchilikdan yiroq, ishlab chiqarishni rivojlantirish manfaatlarini milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bilan, jamoa mafaatlarini har bir mehnatkash manfaatlari bilan bog‘lay oluvchi mutaxassis va rahbarlar kerak bo‘ladi. Aynan shunday kishilar biznes-rejalar tayyorlashning asoslanganligi, ishonchliligi va o‘z vaqtidaligini ta’minlashga erishadilar va o‘z navbatida biznesni rejalashtirish faoliyati uchun keng imkoniyatlar ochadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |