1-bo`lim: Metod kengashning tashkil etilishi hamda metod birlashmalarning faoliyati to`g`risida



Download 179.97 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2017
Hajmi179.97 Kb.
  1   2   3
Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o`quv ishlar bo`yicha 2015-2016-o`quv yili davomida

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

HISOBOT

1-bo`lim: Metod kengashning tashkil etilishi hamda metod birlashmalarning faoliyati to`g`risida.

- Maktabning 2015-yil 5-sentyabrdagi 15-AF-sonli buyrug`iga asosan metod kengash tashkil qilindi. Metod kengashga 10 kishidan iborat metod birlashma tuzildi. Metod birlashma rahbarlari etib quyidagilar tayinlandi:



  1. Ona tili va adabiyot metod birlashma rahbari A.Komilova

  2. Rus tili metod birlashma rahbari M.Ismoilova

  3. Ingliz tili metod birlashma rahbari G.Uluknazarova

  4. Tarix-huquq metod birlashma rahbari Z.Ortiqova

  5. Tabiiy fanlar metod birlashma rahbari D.Axmedova

  6. Aniq fanlar metod birlashma rahbari N.Esanova

  7. Estetik fanlar metod birlashma rahbari N.Qurbonova

  8. Boshlang`ich ta’lim metod birlashma rahbari G.Mirzayeva

  9. Jismoniy tarbiya metod birlashma rahbari L.Xodjamov

10. Sinf rahbarlar metod birlashma rahbari S.Xoliqova

Metod kengash va unga berkitilgan metob birlashmalar yil boshidan vazifalar belgilandi, o`quv yiliga mo`ljallangan ish rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.Yangi optimallashtirilgan o`quv dasturlari o`rganib chiqildi va shu asosida ishlar tashkil qilindi. Har bir metod birlashmada hujjatlar yig`ma jildi va bayonnoma daftarlar tashkil qilindi.Metod kengash yiliga 5 marta, metod birlashmalar har oyda bir marta yig`ilish o`tkazib, o`z vaqtida bayonlashtirib bordilar. Metod birlashma rahbarlari yil oxirida hisobot yig`ilishlarini o`tkazib, hisobotlarini metod kengashga topshirdilar.


2-bo`lim. Metod birlashmalarda olib borilgan ishlar va fan oyliklari natijalari to`g`risida.
Ona tili va adabiyot metod birlashmasi rahbari A.Komilovaning hisoboti. 2015-2016-o`quv yilining 1-chi kunidan boshlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O`zbekistonim!” shiori ostida dars va tarbiyaviy soatlar o`tkazildi.Har bir o`qituvchi shu shior asosida bir haftalik reja tuzib oldilar. Reja asosida rasmlar tanlovi, diktant, bayon va insholar tanlovi, eng yaxshi dars ishlanma, eng ijodkor o`qituvchi ko`rik tanlovlarida faol ishtirok etdilar. Oktabr oyida ona tili va adabiyot fan oyligi bo`ldi. Fan oyligiga bag`ishlab buyruq, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Maktab fayesida fan oyligiga bag`ishlab burchak tashkil qilindi.Ochiq darslar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.Fan oyligi davomida A.Komilova 5-“I” sinfida ona tili fanidan “Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusidagi ochiq dars, 8-“I” sinfida “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusidagi tadbir o`tkazib berdi. N.Xolnazarova 5-“F” sinfida “Ega” mavzusida ochiq dars, 6-“B” sinf o`quvchilari bilan “Ustozlar sizlarga ta’zim” mavzusida tarbiyaviy soat, F.Abdumurodova 7-“I” sinfi bilan “Ustozlar – elda aziz” va “Til yashasa millat yashaydi” mavzularidagi tarbiyaviy tadbirlar, S.Xoliqova 5-“B” sinfida “Kim ko`p ertak biladi...?” mavzusida ochiq dars, 8-“B” sinfida “Til millatning ma’naviy ko`zgusi” mavzusidagi badiiy-musiqiy tadbirlar o`tkazildi. Ona tili va adabiyot fan oyligi ochiq dars va turli xil tadbir, tanlovlar asosida ko`taringi ruhda o`tkazildi. Bilimlar bellashuvining shahar bosqichida 5-“I” sinf o`quvchisi Muxitdinova Aziza (83 ball) 2-o`rinni, 6-“B” sinf o`quvchisi Zoirova Shaxina (93 ball) 2-o`rinni, 8-“A” sinf o`quvchisi Kunnazarova Laylo (97 ball) 2-o`rinni egalladi. Barcha metod birlashma a’zolari faol ishtirok etdilar va maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma e’lon qilindi.
Rus tili metod birlashmasida olib borilgan ishlar to`g`risida;

Uslub birlashmada 10 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. 2015-2016- o’quv yilida rus tili va adabiyoti fani o`qituvchilari dars soatlari bilan ta`minlandi. Ular o`zlari dars beradigan sinflar uchun O’quv yili boshida taqvim-mavzu ish rejalarini tuzishdi.Taqvim ish rejalar metodbirlashma rahbari tomonidan muhokama qilindi va tasdiqlashga tavsiya etildi. O’qituvchilarning yangi o`quv yilida qanday me`yoriy hujjatlar yuritish lozimligi ta`kidlandi hamda 2015-2016-o`quy yilidagi rejalar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo’lgan ayniqsa, ta’lim yo’nalishi uchun zarur bo’lgan “Ustoz va shogird” maktabini tashkil etish bo’yicha yillik ish reja tuzib olinib uslub birlashmadagi tajribali o’qituvchi Parvanova Lyudmila ustoz etib biriktirib qo’yildi. Ustoz o’qituvchi yosh o’qituvchilarga YPT asosida darslarni tashkil etish, darslarni DTS asosida BKM larni hosil qilish haqida tushuncha berib bordi.

Rus tili fanlaridan o’qituvchilarning uzviylashtirilgan DTS va dastur hajmi doirasida BKMlarning mavjud mezonlarga mosligini aniqlash maqsadida shogird o’qituvchilarning darslari tahlil qilindi. Tahlil natijalari yuzasidan ustoz o`qituvchilar yosh pedagoglarga dars o`tish jarayonida qo`llaniladigan metodlar,o`quvchilarning psixologik holatini o`rganish ,bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashga oid tavsiyalarini berishdi, kamchiliklarini bartaraf etish choralari haqida mulohazalarini aytishdi.

O`quv yili davomida metodbirlashmada faoliyat ko`rsatadigan barccha o`qituvchilar dars jarayonini YPTlar asosida tashkil etishdi. Har bir dars “Dars- muqaddas” ,“O’rgan- o’rgat” ,”Ustoz- shogird”, “Mahorat maktabi”,”Sog`lom muhit- sog`lom jamoa”,” Yaxshi muallim –sifatli ta`lim” kabi tavsiyalar asosida olib borildi.

Bir necha yillik tajribaga ega bo`lgan mahoratli ustoz o’qituvchi Parmanova Lyudmila 2015-yil 20-oktyabrda 4-“A” sinfida AKT dan foydalangan holda « Мы помогаем» mavzusida ochiq dars o’tkazd Shogird o’qituvchi Rasulova Aynura 2015-yilning 26-noyabrida 4-“B” sinfida darsda AKTdan unumli foydalanib “Члены семьи” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Bundan tashqari 2015-yilning dekabr oyida maktab o`quvchilarining ota-onalari uchun an`anaviy tashkil qilinadigan “Ota-onalar uchun ochiq darslar festivalida” va maktab pedagog xodimlari uchun o`zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan “Ochiq darslar festivali”da M.Ismoilova 7-“A” sinfida Рассказ А.П. Чехова “Мальчики” mavzusida, Po’latova Inobat 6-“A” sinfida “Как сказать о направлении движения” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Noyabr – rus tili va adabiyoti fan oyligi munosabati bilan fani oyligida amalga oshirilashi lozim bo`lgan tadbir va ochiq darslar rejasi maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlanib, burchak tashkil etildi.

Ergasheva Nazira 4 – “I” sinfda “У врача” mavzusida, Ochilova Sadaf 2 – “I” sinfda “В комнате” mavzusida , Ismoilova Maloxat4 – “A” sinfda, “Члены семьи” mavzusida, Shokirova Gulzora5- “B”sinfda “Отсутствие лица”mavzusida, Po’latova Inobat 5 – “A” sinfda “Действие и состояние предмета после момента речи”, Fayzieva Lola ” 8 – “I” sinfda, “Как о характеризовать на признак какого либо предмета”Parmanova Lyudmila 9 – “A” sinfda “Как укaзать на место и направление действие”, Rasulova Aynura 2 –“D” sinfda “Буква Д” mavzularida YPT asosida AKTdan foydalangan holda ochiq darslar o`tkazib ,o`quvchilarda bilim, ko`nikma , malaka hosil qilishdi.

Fevral oyida “Ta’lim va axborot kommunikatsiyasi texnologiyalaridan foydalanish-ta’lim sifat samaradorligini oshirish omili” mavzusidagi shahar amaliy-uslubiy seminarida rus tili fanidan ochiq darslar o’tkazildi. Bu seminarda Ismoilova M. “Дикие животные” mavzusida 4-“A” sinfda, Shokirova G. “Отсутствие лица, предмета” mavzusida 5-“B” sinfda, Azimova X. “Внеклассное чтение” mavzusida 5-“A” sinfda ochiq darslar o’tkazishdi. Ergasheva N. faollar zalida _”Alisher Navoiy ning “Farhod va Shirin”dostonidan rus tilida sahna ko`rinishi namoyish etishdi.

Fan olimpiadasining maktab bosqichida 9 «А» sinf o’quvchisi Murodova Dilsora 82.5 ball bilan 1 o’rinni, 9-«I» sinf o’quvchisi Quvondiqov Abbos 78 ball bilan 1I o’rinni , 9 «А» sinf o’quvchisi Xolmurodova Feruza 76 ball bilan III o’rinni egalladilar.Ushbu o`quvchilardan 9-“I”sinf o`quvchisi Quvondiqov Abbos shahar bosqichida 74 balga egabo`lib , 5-o`rinni egalladi.9-“A”sinf o`quvchisi Murodova Dilsora fan olimpiadasining viloyat bosqichida 82 ball bilan 5-o`rinni egalladi.

Mart oyida“Bilimlar bellashuvi” maktab bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan quyidagi o`quvchilar shahar bosqichida g`olib bo`lib viloyat bosqichida qatnashish uchun yo`llanma olishdi .5-“A”sinf o`quvchisi Salomova Sevinch 91 ball bilan1-o`rinni, 6-sinflar o’rtasida Kurbanova Nigina 94 ball bilan 1-o`rinni, 7-sinf o’rtasida Sheraliyeva Sarvinoz 85 ball bilan 1-o’rinni egalladilar.

2015-2016- o’quv yili davomida o`quvchilarda rus tili va adabiyot fanidan bo`shliqlar aniqlandi.Aniqlangan bo’shliqlarni bartaraf qilish uchun mashg`ulotlar olib borishdi. O`quvchilardan olingan diktantlarda , testlarda aniqlangan bo’shliqlar ustida har bir o’quvchi bilan yakka tartibda ishlandi.

Lug`at ishlari , imloviy xatolar , uslubiy, ishoraviy xatolar , so`zlarda urg`ularni to`g`ri qo`yish ustida ishlandi. O`qituvchilar o`quvchilardan lug`at diktantlari, ijodiy diktantlar, izohli diktantlar , grammatik topshiriqli diktanlar olib borishdi.

Har chorakda o`quvchilardan olingan monitoringlarda aniqlangan bo’shliqlar ustida qo`shimcha mashg`ulotlar olib borildi. Mavzularni o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilar bilan individual ishlab, mukammal ko`nikma hosil qilishga ko`mak berildi.O`quvchilarning rus tilida og`zaki so`zlashuv malakasini, yozma savodxonligini oshirish maqsadida korreksion guruh tashkil qilindi ,metodbuirlashma dagi o`qituvchilar guruhlarga biriktirildi hamda mashg`ulotlar olib borishdi.Matnlar va hikoyalar tuzish o’rgatilib borildi. O’qituvchilar o’quvchilarga ayrim tovushlarni yumshoq va qattiq talaffuz qilishni o’z vaqtida tushuntirib bordilar.

Maktabimizda rus tili faniga ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud. Ularda malakali oliy hamda birinchi toifali o`qituvchilar o`quvchilarga tahsil berib kelmoqdalar. O`qituvchilar o`quvchilarni fanga qiziqtirish uchun fan to`garaklarida, “Клуб весёлых и находчивых”,”Путешествие в мир грамматики”kabi tadbirlar uyushtirib ,o`quvchilarning og`zaki va yozma savodxonligini oshirishga harakat qilishmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz kundan kunga rivojlanib borayotgan bir paytda til bilsh ham muhim ahamiyatga ega . Rus tilini mukammal bilish ham kelajakda o`quvchilarning yurt ravnaqi yo`lida qo`shni mamlakatlar bilan bo`ladigan siyosiy, iqtisodiy munosabatlar o`rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Biz o`qituvchilarning maqsadimiz esa o`quvchilarga fanni chuqur bilishlari uchun zamin yaratishdir. O’quvchi yoshlarni Vatanga , ona-Yurtimizga mehr- muhabbatli, sadoqatli qilib tarbiyalashda rus tili fani o’qituvchilari o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Estetik fanlar metod birlashmasida (N.Qurbonova)

30-martdagi 101-AF-sonli buyrug`iga asosan “Estetik yo`nalishdagi (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, mehnat ta’limi)” fanlar oyligi e’lon qilindi.

Fan oyligiga bag`ishlab maktab fayesida “Fan oyligi burchagi” tashkil qilindi. Fan oyligi burchagida turli xil tanlovlar: ekologiyaga bag`ishlab rasmlar tanlovi, kashtachilik, biser san’atiga oid tanlovlar e’lon qilindi. G`oliblikni qo`lga kiritgan rassolar, eng yaxshi kashtalar, chiqoryli tikilgan biserlar, raqs va qo`shiqlar 6-aprel kuni o`tkazilgan “Amir Temur vorislarimiz” festivaliga taqdim etildi.Musiqa fani o`qituvchisi ushbu festivalning musiqiy dasturini tayyorladi. Musiqiy dasturda ommaviylik ta’minlanib, 80 % o`quvchi chiqishlari bilan ishtirok etdi.Estetik fanlar oyligi ko`taringi ruhda tashkil qilindi. Oy davomida ochiq darslar ham o`tildi.Mehnat fani o`qituvchisi M.Otayeva “Asrlar sadosi” ga bag`ishlab burchak tashkil qildi. Bu burchakda milliy an’analarimizni aks ettiruvchi liboslar, Nurotaning qadimgi kashtalari, o`quvchilar tayyorlagan biserlar bilan bezatildi.

Ochiq darslar;

-Otayeva M 6-“B” sinfida Mavzu: Zardo`zlik san’ati tarixi va uning rivojlanishi

-Xusainova Xumor 6-“A” sinf. Mavzu “Tasviriy san’atda tarixiy yoki mifologik mavzuda portretlarni badiiy idrok etish”

-“Amir Temur vorislarimiz” festivalida rasmlar tanlovi

-Qurbonova Nilufar “Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi ” ochiq dars

2016-yil 12-mart 95-AF “Jismoniy tarbiya va tabiiy fanlar” fan oyligi deb e’lon qilindi. Fizika fan o`qituvchialri ham bu fan oyligi uchun ochiq dars va tadbirlar jadvalini ishlab chiqdi.

-Mamadova Manzura. 7-sinf. “Sirpanosh ishqalanish, Dumalanish ishqalanish” mavzusida, Fatullayeva Gulzoda. 7-“B” sinf “Kuch impulsi” mavzusida, Ro`ziqulova Xurshida 6-sinf. “Quyosh va oy tutilishi.Yorug`likning tezligi. Yorug`likning qaytishi va sinishi” mavzusida ochiq darslar tashkil qildilar.


-Aniq fanlar metod birlashmasida (N.Esanova)

“Aniq fanlar” uslub birlashmasida 18 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. O’quv yili boshida o’qituvchilar tomonidan tuzilgan fanlar bo’yicha taqvim mavzuviy ish rejalari metod birlashma rahbari tomonidan ko’rib chiqildi va tasdiqlashga tavsiya etildi. O’qituvchilar tomonidan fanlar bo’yicha tayyorlangan nazorat ishi materiallari ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

Bugunki kunning muhim masalalaridan biri bo’lgan ayniqsa ta’lim yo’nalishi uchun zarur bo’lgan “Ustoz va shogird” maktabini tashkil etish bo’yicha yillik ish reja tuzib olinib reja asosida ish olib borildi.

Uslub birlashmadagi yosh o’qituvchilar Ibragimova Muhayyo va Xoliqov Oxunlarga Esanova Nozbeka, Hamroyev Komil va Norbekova Yulduzlarga o’qituvchi Shodiyeva Nuriya , yosh o`qituvchi Mansurova Zuhraga Kamolova Dilshoda, fizika o’qituvchisi Nurimova Lobarga ustoz o’qituvchi Mamadova Manzuralar ustoz sifatida biriktirib qo’yildi. Ular yosh o’qituvchilarga Y.P.T asosida darslarni tashkil etish, darslarni DTS asosida o’tish BKMlarni hosil qilish haqida tushuncha berdilar.

Barcha o’qituvchilar dars jarayonini Y.P.T lar asosida tashkil etishlari lozimdir. Shu sababli ushbu o’quv yili maktabimizdagi har bir dars “Dars muqaddas” shiori ostida “O’rgan- o’rgat” tadbiri asosida olib borilyapti. Ana shunday darslarda ustoz o’qituvchi Shodiyeva N. algebradan 4.12.2015 yilda 8-‘’A’’ sinfda AKTdan foydalanilgan holda geometriya fanidan ochiq dars o’tkazdi.

17-dekabr kuni maktabda matematika va informatika fanlarining o’qitilishini takomillashtirishga bag’ishlangan shahar miqyosida amaliy-uslubiy seminar bo’lib o’tdi. Bu seminarda ustoz oqituvchilardan Shodiyeva Nuriya 9-“A’’ sinfda , Kamolova Dilshoda 7-‘’F’’ sinfda ‘’Ko’phadlarni qo’shish va ayirish’’mavzusida, To’ztayev Quvonch 8-‘’I’’sinfda algebradan, Norbekova Yulduz 9-‘’B’’ sinfda algebra fanidan ‘’Funksiyalarga doir masalalar yechish’’ mavzusida ochiq darslar o’tkazdi.Bu seminarda metod birlashma rahbari sifatida Esanova Nozbeka matematika darslarida ‘’Kichik guruhlarda ishlash’’ “Bahs—munozara’’ usullaridan foydalanish mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Habibullayeva Gulandon Matematika fani bo’yicha ochiq to’garak mashg`uloti o’tkazib berdi. Barcha shahar maktablari o’qituvchilari va Navoiy shahar XTMFMTTEB ning “Aniq fanlar’’ metodesti A.Do’smatov tomonidan tashakkurnoma e’lon qilindi.

Dekabr oyida maktabimizda ‘’Bilimlar bellashuvi’’ va fan olimpiadasida 1-maktab bosqichi o’tkazildi. Bunda matematika fanidan 5-‘’I’’ sinf o’quvchisi Qudratov Quvonch, 6-‘’A’’ sinf o’quvchisi Farmonov Farziddin, 7-‘’I’’ sinf o’quvchisi Nurimov Javohir , 8-‘’I’’ sinf o`quvchisi Saydullayeva Xurshida faxrli 1-o’rinni egallashdi. Informatika fanidan 8-‘’I’’ sinf o’quvchisi G`ulomov Javohir , fizika fanidan 8-‘’I’’ sinf o’quvchisi Nurliyev Shexroz , 7-‘’I’ sinf o’quvchisi Ochilova Madina , 7-‘’F’ sinf o’quvchisi Toyirova Ra’no birinchi o’rinni egallashdi

II shahar bosqichida matematika fanidan 8-‘’I’’sinf o’quvchisi Saydullayeva Xurshida 97 ball bilan, faxrli I o’rinni, fizika fanidan Nurliyev Shexroz 85 ball bilan II o’rinni egallashdi. 5-‘’I’’ sinf o’quvchisi Qudratov Quvonch 99,4 ball bilan faxrli I o’rinni, 6-‘’A’’sinf o’quvchisi Farmonov Farziddin 95,8 ball bilan faxrli I o’rin, 7-‘’I’’sinf o’quvchisi Nurimov Javohir 89,7 ball bilan II o’rin 5-“D’’ sinf o’quvchisi Karimov Ilhom 92 ball bilan III o’rinni egalladi.

Fan olimpiadasidan matematika fanidan 9-”I’’ sinf o’quvchisi O’tkirova Madina I maktab bosqichida faxrli I o’rinni egallab , viloyat bosqichida qatnashdi. Fizika fanidan 9-‘’I’’ sinf o’quvchisi Axmadov Abdug’ani III viloyat bosqichida qatnashdi. Fizika , matematika, informatifa fanidan DTS va dastur talablari asosida ishlab chiqarilgan bo`shliqlarni to’ldirishga oid ishlar nazorat qilib turildi. Bu tekshuruvdan aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish uchun qo’shimcha ishlar, to’garaklar tashkil qilinib, yakka tartibda o’quvchilar bilan ishlash imkoni berildi . O’quvchilarning bilim va samadorligini aniqlash uchun ma’muriyat tomonidan nazorat ishlari olindi. Fevral oyi ‘’Matematika –informatika’’ fan oyligini namunali o’tkazish maqsadida oylik ish rejasi ishlab chiqildi va reja asosida fan oyligida o’tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar jadvali tuzib chiqildi. Har bir dars AKTdan foydalanilgan holda Y.P.T asosida tashkil qilindi. Bu fan oyligida o’tkazilgan .

Ustoz o’qituvchi Shodiyeva N. ning 8.02.16 kuni 5-‘’A’’ sinfda matematika fanidan ‘’O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish’’ mavzusidagi darsi , Norbekova Yulduz 7-‘’B’’va 9-‘B’’ sinflarida ochiq darslar tashkil qildi , Kamolova Dilshoda ning 7-‘’I’’ sinfida ‘’Kvadratlar ayirmasi formulasi’’ mavzusida, 7-‘’F’’ sinfida geometriya fanidan tashkil etilgan ‘’Uchburchakning tashqi burchagi’’ mavzusidagi ochiq darsi , To’xtayev Quvonchning 7-‘’I’’ sinfida geometriyadan o’tkazgan ochiq darsi, Jabborov Jasurning EHM dan o’tgazgan ochiq darslari namunali deb topildi. Hasanova Sabohatning 9-‘’B’’ va 9-“D’’ o’rtasidagi matematik bellashuvi, Habibullayeva Gulandonning 5-‘’I’’ sinfida o’tkazgan ‘’O’yla, izla ,top’’matematik bellashivi, Kamolova D. ning ‘’Matematika estafetasi’’ tadbirlari namunali deb topildi. Bundan tashqari uslub birlashmamizda yosh iqtidorli o’qituvchilar ham bor . Informatika fani o’qituvchisi Jabborov Jasur ‘’Eng yaxshi elektron resurslari-2016’’ ko’rik tanlovinig shahar –viloyat bosqichi g’olibi bo’lib, respublika bosqichida muvafaqqiyatli qatnashib keldi.

Uslub birlashmamizdagi barcha o’qituvchilar yuqoridagi yutuqlaridan kelib chiqqan holda yanada ko’proq mehnat qilishib maktabimiz nufuzini yanada ko’tarish uchun tinmay mehnat qilishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yishdi. Shu jumladan “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiadasi”da o’quvchilarimiz faxrli I o’rinni egallashlari uchun birgalikda harakat qilishmoqda.
-Tabiiy fanlar metod birlashmasi va uning olib borgan faoliyati to`g`risida. (D.Axmedova)

Tabiiy fanlar metod birlasjmasida 9 nafar oliy ma`lumotli pedagog xodim faoliyat olib bormoqda: Metod birlashma rahbari etib Axmedova Dilorom tayinlandi.



Metod birlashma a`zolari

Axmedova Dilorom kimyo fani o’qituvchisi. Dars soati 16 soat.

Bozorova Nilufar kimyo fani o’qituvchisi. Dars soati 10 soat.

Samiyeva Nafisa biologiya fani o’qituvchisi. Dars soati 14 soat

G’aybullayeva Dilshoda biologiya fani o’qituvchisi. Dars soati 10 soat.

Axmedova Shohista biologiya fani o’qituvchisi. Dars soati 7 soat

Toshniyozov Alisher biologiya fani o’qituvchisi. Dars soati 10 soat.

Safarova Sadoqat geografiya fani o’qituvchisi. Dars soati 19 soat.

Nurmanova Muharram geografiya fani o’qituvchisi. Dars soati 20 soat.

Qudratova Zebiniso geografiya fani o’qituvchisi. Dars soati 7 soat.

2015-2016 o’quv yili uchun avgust oyida metod birlashmaning ish rejasi tuzib chiqildi. Ish rejaga asoasan har oyning oxirgi haftasining seshanba kuni metod birlashma yig’ilishi o’tkazilishi belgilandi. 28-avgust kuni metod birlashjma yig’ilishi o’tkazilib ustoz-shogird ananasiga binoan Samiyeva Nafisa ustoz Toshniyozov Alisher shogird, G’aybullayeva Dilshoda ustoz Axmedova Shohista shogird etib tayinlandi. 2015-2016 o’quv yili uchun metod birlashma bilan birgalikda tabiiy fanlar to’garagi jadvallari tuzuldi. Kimyo fani o’qituvchilari “Yosh kimyogarlar”, biologiya fani o’qituvchilari “Yosh biologlar”, geografiya fani o’qituvchilari “Yosh geogriflar” tugaragini tashkil etdi. Yil boshidan barcha metod birlashma o’qituvchilari o’zlari dars beradigan sinflari uchun yillik ish reja dars ishlanmasi, testlar banki, ko’rgazma qurollar va tarqatma materyallar tayyorladi.

Sentiyabr oyi “Geografiya va iqtisod” fan oyligi munosabati bilan ish reja tuzib olindi. Ish rejaga asosan barcha sinflarda ochiq darslar, tadbirlar va zakovat o’yinlari tashkil etildi. Bu oylikda Safarova Sadoqat 6-A sinfida “Geografik qobiq va uning xususiyatlari” 8-B sinfda “O’zbekistonning tabiiy boyliklari va tabiiy sharoiti “ mavzularida ochiq darslar o’tkazdi.

9”A”, 9”B” sinflar o’rtasida Safarova Sadoqat “O’yla izla top, “zakovat” o’yinlari o’tkazildi. Geografiya fani o’qituvchisi Nurmanova Muxarram 02.09.15-29.09.15 gacha o’qituvchilarning malakasini oshirish kursini o’qidi. Metod birlashma yig’ilishida Nurmanova Muxarramning malaka oshirish hisoboti tinglandi. Biologiya fani o’qituvchisi Samiyeva Nafisa 01.10.15-29.10.15gacha malaka oshirish kursida bo’ldi. Metod birlashmaning navbatdagi yig’ilishida Samiyeva Nafisaning hisoboti tinglandi. Oktyabr oyida o’tkazilgan yig’ilishida fan to’garaglari va uztoz shogirdlarning o’zaro tahlillari metod birlashmada ko’rib chiqildi.

Biologiya fanidan 29-noyabr kuni “Fan olimpiadasi”ning maktab bosqichi o’tkazdi, unda 1-o’rinni 9-“I” sinf o’quvchisi Tog’ayeva Muqaddas 79 ball bilan egalladi va shahar bosqichiga yo’llanma oldi.

Geografiya fanidan birinchi bosqich fan olimpiadasi o’tkazildi. Unda 9”B” sinf o’quvchisi Toshmurodov Isomiddin 76 ballni qo’lga kiritib shahar bosqichiga yo’llanma oldi.

Kimyo fanidan 9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan olmpiadaning birinchi bosqichida 1-o’rinni 9-“A” sinf o’quvchisi Kenjaboyeva Ezoza 77 ball bilan egalladi va shahar bosqichiga yo’llanma oldi.

Biologiya fanidan 29-dekabr kuni 6-7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida “Bilimlar bellashuvining” maktab bosqichini o’tkazildi. Unda 6-sinflar o’rtasida 6-“I” sinfo’quvchisi Aminjonova Sabina 79 ball bilan, 7-“F” sinf o’quvchisi Akbarova Zebiniso 82 ball bilan, 8-“I” sinf o’quvchisi Xojamov Alisher 97 ball bilan I-o’rinni egalladilar.

Kimyo fanidan 29-dekabr kuni 8 sinf o’quvchilari o’rtasida “Bilimlar bellashuvining” maktab bosqichini o’tkazildi. Unda 8”A”-sinf o’quvchisi Zayniddinov Nomoz 69 ball bilan I-o’rinni egalladilar.

Geografiya fanidan 29-dekabr kuni 6-7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida “Bilimlar bellashuvining” maktab bosqichini o’tkazildi. Geografiya fanidan

6”A” sinf o’quvchisi Nasriddinov Behruz, 7”I” sinf o’quvchisi Achilova Gulshan, 8 “F” sinf o’quvchisi Mirzaqulova Nafosat 1- o’rinni qo’lga kiritdi. Bilimlar bellashuvining shahar bosqichiga qatnashishiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. Barcha metod birlashma o’qituvchilari bilimlar bellashuvi va olimpiada g’oliblari bilan muntazam ravishda shug’allanmoqda. Birinchi yarim yillik yakuni bilan barcha metod birlashma a`zolari yarim yillik hisobotlar topshirdi

II yarim yillik boshida barcha tabiiy fanlar o`qituvchilari o`zlariga berkitilgan vazifalarni belgilab oldilar. Axmedova Dilorom 2015-2016-o‘quv yilining 5-6-yanvar kunlari shahrimizdagi 16-maktabda “Fan olimpiadasi” ning II-tur shahar bosqichida o`z oquvchisi Kenjaboyeva Ezoza bilan ishtirok. Bu sinovda 9-“A” sinf o‘quvchisi Kenjaboyeva E`zoza kimyo fanidan 86 ball bilan IV-o‘rinni egalladi. Mart oyi “Tabiiy fanlar” uslub birlashmaasining fan oyligi munosabati bilan fan oyligi munosabati bilan fan oyligiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida 29-fevral kuni zalda ajratilgan burchak o`qituvchilar tomonidan bezatildi. Fan oyligini ish rejasini tuzib tasdiqlatdim.Oy davomida ish rersjada asosan o`qituvchilar tomonidan ochdarslar, bellashuvlar va ochiq tarbiyaviy tadbirlar o`tkazildi. 18-mart kuni fan oyligi munosabati bilan 7-“I” sinfda 4-soat Asoslarning olinishi va xossalari mavzusida ochiq dars o`tkazildi

G`aybullayeva Dilshoda 18-mart kuni 8”B”-sinf o’quvchilari bilan “Bosh miya” mavzusida ochiq dars o’tkazdi hamda 9”B” va 9”D” –sinf o’quvchilari bilan “O’yla, izla,top” intelektual o’yinini tashkil etdi.

May oyida tashkillashtirigan “Hayot go’zal” aksiyasida o’zimiz tengdosh hamkasblarimiz bilan BAXT FORMULAsi yaratdi. 11-mayda 8-may Xalqaro Qizil Yarimoy Jamiyati kuni munosabati bilan shahar madaniy istirohat bog’ida o'tkazilgan Sanitar post tayyorgarligi tadbiriga 7,8,9-sinflardagi sanitar posti a’zolari bilan ishtirok etib, Qizil Yarimoy Jamiyati Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi

Bazarova Nilufar Mart oyi kimyo biologiya va fizika fan oyligi bo’lganligi uchun 9-,,D’’ sinfiga ,,Aromatik uglevodorod’’lar mavzusi bo’yicha ochiq dars o’tkazdi.

Aprel oyida 1 oy 144 soat malaka oshirish institutida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kursida belgilangan dars jadvali bo’yicha har xil fanlar va mutaxasislik fanlarimizdan bilimlarimizni orttirdik bunda yagi pedagogik texnalogiya fanida yangi metodlarni,fanning nazariyasidan turli xildagi masalalarni yechishni yana bir bola takrorladik keyin AKT dan foydalanishni o’rgandik kirish chiqish testlari topshirdik va tegishlicha ballarga ega bo’ldik.Hamda kurs yakunida faxriy yorliq bilan taqdirlandik.

May oyida oylik umumiy ish yuklamasi 78 soatni tashkil etadi. SHundan ped yuklama 43 soat o’quv tarbiya jarayoni 48 soat Dars soat 34 soatni tashkil etadi.Yuklamada belgilangan umumiy ish yuklamasi to’liq bajarildi may oyining birinchi haftasida 6-may kuni ,,Hayot go’zal hayotdan zavqlanaman’’ aksiyasi bo’lib o’tdi bunda 7-,,A’’ sinf bilan qatnashdik. Har haftada 1 soat tarbiyaviy soat o’tkazildi. Darsgava tarbiyaviy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun 20 soat sarfladim may oyida haftada 1 marotaba yig’ilishlarda ishtirok etdik. Har bir kiradigan sinflarim 7-,,A’’ ,7-,,B’’,7-,,D’’ 9-,,B’’,9-,,D’’sinflarimga choraklik 7-sinflarga yillik baholar reyting ballari chiqardim va sinfga oid bacha vazifalarni to’liq bajardim

Samiyeva Nafisa Mart oyi “Tabiiy fanlar” oyligi munosabati bilan 6-“A”sinf o’quvchilari bilan “Qovoqdoshlar oilasi” mavzusida ochiq dars o’tdi. 6-aprel kuni Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan festival o’tkazildi. Unda ”So’g’lom avlod ”shaharchasiga ma’sul etb tayinlandi. So’g’liqni saqlash tashkiloti bilan Qizil yarim oy tashkilotlari tashkil etgan “Sanitar posti” musoboqasida o’quvchilar ishtirok etib faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Safarova Sadoqat rahbarlik qiladigan sinf jamoasi bilan aprel oyida Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan festivalda “Mustaqillik shaharchasi” bekatida faol qatnashishdi. O’quv maskanimizda an’ana tusiga kirgan “Hayotdan zavqlanaman” aksiyasi 6- may kuni bo`lib o`tdi. Shu aksiya tarkibida Safarova Sadoqat rahbarligimdagi 6-”D” sinfi bilan birgalikda “Onam aytgan alladir vatan” mavzuda Hayot dararxtini bezatib faol qatnashdi.

Nurmanova Muharram 2015-2016-o‘quv yilining 5-6-yanvar kunlari shahrimizdagi 16-maktabda “Fan olimpiadasi” ning II-tur shahar bosqichida o`z oquvchisi bilan ishtirok etdi. Bu sinovda 9-“B” sinf o‘quvchisi Toshmurodov Isomiddin geografiya fanidan 95 ball bilan I-o‘rinni egalladi. 28-29-mart kunlari shahrimiz maktab geografiya o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi fan o‘qiutuvchisi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovning II-tur shahar bosqichida III-o‘rinni egalladi.

Tabiiy fanlar uslubiy metod birlashmasi o`qituvchilarning barchasi 24-may kuniga qadar dars beradigan barcha sinflariga choraklik, yillik va reyting ballarini sinf jurnallariga tushurishdi. 2015-2016 o’quv yilidagi faoliyatlari mobaynida o`quvchilarga bilim, ko`ikma, malaka hosil qilib, ularni vatanga munosib, komil inson qilib shakllanishiga o`z hissalarini qo`shishdi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa