1-bo`lim: Metod kengashning tashkil etilishi hamda metod birlashmalarning faoliyati to`g`risida


Jismoniy tarbiya metod birlashmasida: (L.Xodjamov)



Download 378 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2017
Hajmi378 Kb.
#4833
1   2   3

Jismoniy tarbiya metod birlashmasida: (L.Xodjamov)

Maktabimizda jami 1405 o’quvchi bor shulardan 767 tasi o’g’il hamda 638 tasi qiz bolalarni tashkil etadi. Maktabda 120 ta o’qituvchilar bo’lib, shulardan 7 nafari jismoniy tarbiya o’qituvchisi. Hammasi oliy ma’lumotli.

Maktabimizda Voleybol, Basketbol, Stol tennisi, Shaxmat, Badminton, Futbol, Yengil atletika, Gimnastika to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda. To’garaklarda 213 ta o’quvchi, shulardan 94 tasi qiz bolalar muntazam shug’ulanib kelmoqda.

Maktabda “Sport sog’lomlashtirish” haftaligi reja asosida ishga tushurilgan. Haftaning shanba kunlarini o’qituvchilar tomonidan sport musobaqalari o’tkazilmoqda.

Umid nihollari musobaqasi shahar bosqichida Futbol, Voleybol, Shaxmat, Sport gimnastukasi, Badminton, Tekvando turlaridan faxrli 1-2-3 o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llamani qo’lga kiritdilar. Sport gimnastika bo`yicha Nuridinova Malika respublika bosqichiga yo’lanma oldi. Bundan tashqari maktablar o’rtasida o’tkazilagan musobaqalarida qatnashib faxrli o’rinlarni egalab kaigan.

Joriy yilning 6-aprel kuni “ Ochiq eshiklar kuni ” bo’lib o’tdi. Unda barcha jismoniy tarbiya o’qituvchilari faol qatnashib ochiq darslar hamda musobaqalar o’tkazib berdilar. “Ochiq eshiklar kuni” ga tashrif buyurgan o’qituvchilar bilan o’zaro tajriba almashinildi.

Maktabimiz o’quvchilari sportning boshqa turlari bo’yicha xalqaro musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. 2-“D” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Zumrad “Baddiy gimnastika” Qozog’iston 1- o’rin Toshkent 1- o’rin, 2-“F” sinf o’quvchisi G’ulomjonov Muhammadali “Futbol” bo’yicha Shahar bosqichi 3- o’rin, 2-“B” sinf o’quvchisi Jo’rayeva Sabina “Baddiy gimnastika” Shahar bosqichi 2- o’rin, 3-“R” sinf o’quvchisi Hasanova Shahina

Baddiy gimnastika” Toshkent 1- o’rin Shahar bosqichi 3- o’rin, 3-“I” sinf o’quvchisi Razakova Shahrizoda “Baddiy gimnastika” Toshkent 4- o’rin Buxoro 3- o’rin, 4-“B” sinf o’quvchisi Ashurov Elyor “Karate” Samarqand 1-o’rin, 4-“I” sinf o’quvchisi Ergasheva Gulshoda “Baddiy gimnastika” Shahar bosqichi 1-o’rin, 5-“A” sinf o’quvchisi Nurimova Matluba “Spotr gimnastika” Shahar bosqichi 1-o’rin, 5-“A” sinf o’quvchisi Iskandarova Rayhona “Suzish” Shahar bosqichi 2- o’rin, 6-“A” sinf o’quvchisi Nabiyev Nasim “Qo’l jangi” Shahar bosqichi 1- o’rin, 6-“I” sinf o’quvchisi Aminov Ulug’bek “Futbol” Shahar bosqichi jamoa hisobidan 1- o’rin, 6-“D” sinf o’quvchisi Nurmuhamadov Adurahmon “Boks” Shahar bosqichi 2- o’rin, 7-“A” sinf o’quvchisi Abduarahmonav Begzod “Qilichbozlik” Shahar bosqichi 2- o’rin, 7-“B” sinf o’quvchisi Rahmatulalayev Bobur “Milliy kurash” Shahar bosqichi 3- o’rin, 7-“B” sinf o’quvchisi Nuridinova Malika “Sport gimnastika” Shahar bosqichi 2- o’rin, 8-“B” sinf o’quvchisi Nematov Jonibek “Erkin Kurash” Shahar bosqichi 1- o’rin, 8-“B” sinf o’quvchisi Yo’ldoshev Hasan “Futbol” Shahar bosqichi jamoa hisobidan 2- o’rin, 9-“B” sinf o’quvchisi Irisqulova Marjona “Tennis” Shahar bosqichi 2- o’rin, 8-“I” sinf o’quvchisi Nuridinova Malika “Sport gimnastika” Shahar bosqichi 1- o’rin, 9-“A” sinf o’quvchisi Ro’ziqulova Ozada “Shaxmat” Kamolat taxtasi. Shahar bosqichi 1-o’rinlarni egallab kelmoqdalar.

Oila kuniga bag’ishlab o’tkazilgan “Biz sog`lom oila farzadimiz” shiori ostida o’tkazilgan musobaqada faol ishtirok etdik.


Boshlang`ichsinflarda yil davomida quyidagi ishlar olib borildi:

-Uslub birlashmaning 2015-2016 o`quv yiliga mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirildi va tasdiqlandi.

-O`qituvchilarga darslar taqsimlanib, ish rejalari tasdiqlandi.

-2015-2016 o`quv yilida barcha boshlang`ich sinf o`quvchilarga ijara darsliklari olib berildi.

-Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilar bilimini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to`g`risida tushunchalar berildi.

-O`quv yili boshida o`qituvchilarning pedagogik yuklamalari tuzildi, avgust yig`ilishida tasdiqlandi. Har oyda qilingan ishlar nazorat qilib borildi.

- Diyorimizda farzandlarimizni mehr-oqibatli, vatanparvar insonlar bo`lib ulg`ayishlariga hissa qo`shuvchi yana bir qadriyat bor. U ham bo`lsa, har yili 1-sinf o`quvchilariga beriladigan Prezident sovg`alaridir.

Oktabr oyida ona tili fan oyligi o`tkazildi. Haftalik ish rejasi tuzilib reja asosida ochiq darslar, tadbirlar, tanlovlar o`tkazildi. 4-I sinf o`quvchilari bilan “Til – millat k`ozgusi” mavzusida tarbiyaviy soat o`tkazildi. 1-3 sinflarda ochiq darslar bo`lib o`tdi. Ona tilidan “Kimning xati chiroyli” ko`rik tanlovi o`tkazildi va o`quvchilar rag`batlantirildi. Ona tili aylanma daftarlari nazorat qilinib, tavsiyalar beildi.

Har chorakning yakuni 1-4 sinflardan nazorat ishlar olindi, tahlil qilindi. Metod birlashma yig`ilishida Nurova Dilfuzaning “Didaktik o`yinlarning ahamiyati” mavzusida ma’ruza o`qidi va tavsiyalar berdi.

-Noyabr oyida 1-sinflarda alifboning o`qitilishi nazorat qilinib, ulardan yozma ish va diktantlar olindi. Boshlang`ich sinflarda rus tili fanining o`qitilishi nazorat qilindi.

Yanvar oyida matematika fanining o`qitilishi nazorat qilindi.Maktabda ijodkor o`qituvchilar guruhi shakllantirildi. MMIBDO` Yarasheva tomonidan barcha sinf rahbarlik hujjatlarining yuritilish ahvoli tekshirildi.

-Aprel oyida rasm, mehnat fan oyligida fan o`qituvchilari ochiq darslar tadbirlar tashkil qildilar. “Onajonim tabiat” mavzusida rasmlar ko`riktanlovi o`tkazildi.Ushbuko`riktanlovda 1-“A”sinfdan Qurbonova Maftuna. 2-“A”sinfdan Murodullayeva Shaxlo,3-“B”sinfdan Baxtiyorova Kumush, 4-“I”sinfdan Maxammatov Mehriddin Faxrlio`rinlarni egalladilar. .

Yil davomida yosho`qituvchilarga uslubiy yordam ko`rsatilib kelindi. NPK hamda NDPI o`quv yurtlari, NVPKQTMOI bilan hamkorlikda ish olib borildi.

Ingliz tili metod birlashmasida; (G.Uluknazarova)

Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” 2012 yil 10 dekabrdagi PQ – 1875 qarori qabul qilingan edi. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirish doirasida chet tillarga o`qitishning kompleks tizimi, ya`ni uyg`un kamol topgan o`qimishli , zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo`naltirilgan tizim yaratildi.

Ushbu hisobot, maktabimizda 2015-2016 o`quv yilida qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning atroflicha muhokamasiga bag`ishlandi. Bevosita shu o`quv yilida 15 nafar ingliz tili o`qituvchisi o`z faoliyatini yuritdi. Ularning barchasida yillik ish reja va konspektlari mavjud. Pedagogik yuklamada ko`rsatilgan bandlarni o`z vaqtida bajarib kelishdi.

Shu bilan birgalikda bu o`quv yilida, maktabimiz ingliz tili yo`nalishida ko`plab yutuqlarga erishdi.Noyabr oyida bo`lib o`tgan fan olimpiadasining maktab bosqichida Tillayeva Marjona va Qo`shimova Feruza faxrli I-II o`rinlarni egallab shahar bosqichida ishtirok etishdi va bunda Tillayeva Marjona faxrli I o`rinni, Qo`shimova Feruza IV o`rinni egalladi. Mart oyida esa Tillayeva Marjona viloyat bosqichida ishtirok etdi va II o`rinni egallab maktab sha`nini himoya qildi. Fevral oyida bo`lib o`tgan “Yosh tarjimonlar” ko`rik tanloviga sinflar kesimida 3 nafar o`quvchilarimiz, 2-“A”-sinfdan Ulug`bekov Muhammadjon, 3-“D”-sinfdan Qudratova Dilnigor , 4-sinfdan Shodiqulova Moxinabonu ishtirok etib jamoa hisobidan shahar miqyosida faxrli II-o`rinni egalashdi va Ulug`bekov Muhammadjon shahardagi 2 sinflar orasida I o`rinni egallaganligi sababli viloyat bosqichida ishtirok etdi hamda II- o`rin g`olibi bo`ldi. Aprel oyida Maktabimizda “Bilimlar bellashuvi”ning shahar bosqichi bo`ldi bunda o`quvchilarimiz faol qatnashdilar lekin viloyat bosqichiga yo`llanma olisholmadi. “Ingliz tili bilimdonlari” ko`rik tanlovida maktabimiz jamoasi shahar miqyosida faxrli I-o`rinni egallashdi, 8 sinflar orasida Shodiqulova Mushtariybonu I-o`rin g`olibi bo`lib, viloyat miqyosiga yo`llanma oldi va saralab olingan jamoa tarkibiga qo`shildi. Shahar bosqichida sinflar kesimida I o`rinni egallagan o`uvchilar bitta jamoa bo`lib, Shahrimiz sha`nini viloyatda himoya qilib Respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi. Shuni aytish joizki bu yutuqlarning zamirida o`qituvchilarimizning mashaqqatli va samarali mehnatlari yotibdi.

2015 – 2016 “Ustoz - shogird” an`anasini davom ettirgan xolda ustoz qilib berkitilgan o`qituvchilar o`z shogirddariga yil davomida metodik yordam ko`rsatib, hamda shogird o`qituvchilar ustozlarining darslarini tahlil qilib, o`z kasbiy mahoratlarini oshirib borishdi.

Bu o`quv yilida, maktabimizda tashkil etilgan ilmiy amliy seminar hamda turli ko`rik tanlovlarda ingliz tili o`qituvchilari faol ishtirok etishdi.

May oyi Ingliz tili fan oyligi bo`lganligi sababli, kuchaytirilgan tartibda har bir o`qituvchi turli mavzularda ochiq darslar, ko`rik tanlovlar o`tkazilishi rejalashtirildi va reja asosida bajarildi.

12 may sanasida ta’lim dargohimizda o`tkazilgan “Ingliz tilini o`rganishda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida o`tkazilgan viloyat ilmiy-amaliy seminari o`zaro tajriba almashish, ingliz tilini o`rganishdagi yutuqlar tahliliga bag`ishlandi. Seminar doirasida ilg`or, tajribali, o`z kasbining ustasi bo`lgan ingliz tili o`qituvchilari ochiq dars, to`garak mashg`uloti, tajriba-sinov hamda “Welcome to upon Avon” mavzusida tadbir tashkil etishdi.

Hozirgi zamon talabiga mos holda chet tillarni mukammal o`rganish har bir o`sib kelayotgan yosh uchun juda ham muhim. Chet tillarni bilish orqali yoshlarimiz xorijlik tengdoshlari bilan bemalol ilm-fanda raqobatlasha oladi, jahon sahniga chiqa oladi.

Tarix-huquq metod birlashmasida.

Uslub birlashmada 10 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. O’quv yili boshida o’qituvchilar tomonidan tuzilgan fanlar bo’yicha taqvim-mavzuviy ish rejalari metod birlashma rahbari tomonidan ko’rib chiqildi va tasdiqlashga tavsiya etildi. O’qituvchilar tomonidan fanlar bo’yicha tayyorlangan nazorat ishi materiаllari ko’rib chiqildi.

Bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo’lgan ayniqsa, ta’lim yo’nalishi uchun zarur bo’lgan “Ustoz va shogird” maktabini tashkil etish bo’yicha yillik ish reja tuzib olinib uslub birlashmadagi yosh o’qituvchi Xolboyeva Tursunoyga, To’xtamishova Hilola ustoz etib biriktirib qo’yildi. Ustoz o’qituvchi yosh o’qituvchilarga YPT asosida darslarni tashkil etish, darslarni DTS asosida BKM larni hosil qilish haqida tushuncha berib bordi.

Tarix, huquq, milliy istiqlol g’oyasi va na’naviyat asoslari fanlaridan o’qituvchilarning uzviylashtirilgan DTS va dastur hajmi doirasida BKM larning mavjud mezonlarga mosligini aniqlash maqsadida shogird o’qituvchilarning darslariga tahlilga kirildi. Tahlil natijalari va kamchiliklari aytildi.

Barcha o’qituvchilar dars jarayonini YPT lar asosida tashkil etishi lozimdir. Shu sababli ushbu o’quv yili maktabimizdagi har bir dars “Dars muqaddas” shiori ostida “O’rgan o’rgat” tadbiri asosida olib borildi. Ana shunday darslardan ustoz o’qituvchi To’xtamishova Hilola 2015-yil 15-oktyabrda 6-“D” sinfida AKT dan foydalangan holda “Piramidalar va maqbaralar” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Shogird o’qituvchi Xolboyeva Tursunoy 2015-yil 11-noyabrda 5-“B” sinfida AKT dan foydalangan holda “O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Bundan tashqari dekabrda maktabning “ota-onalar uchun” va “maktab pedagog xodimlari uchun” o’tkazilgan “Ochiq darslar” festivalida Ortiqova Zarina 7-“A” sinfida “Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr” mavzusida, To’xtamishova Hilola 8-“B” sinfida “XVI asrda Xitoy” mavzusida, |Hasanova Ra’no 9-“B” sinfida “Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi” mavzusida, Ergasheva Xayotxon 7-“F” sinfida “Milliy o’zlik va an’analar” mavzisida ochiq dars o’tkazdi. Dekabr – Milliy istiqlol g’oyasi turkumiga kiruvchi fanlar oyligi munosabati bilan bir oylik tadbirlar va ochiq darslar rejasi maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanib, burchak tashkil etildi. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani o’qituvchisi Abloyarov Anvar 8-9-sinflar ishtirokida “Yuksak vatanparvarlik xissinini prezident ma’ruzalarining ahamyati mavzusida president ma’ruzalarining ahamyati” mavzusida davra suhbati hamda “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari yuzasidan bahs munozara o’tkazdi. 9-dekabrda odobnoma fani o’qituvchisi M.Muhammadiyeva 4-“A” sinfida “Konstitutsiya asosiy qonun” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Odobnoma fani o’qituvchisi F. Kamolova esa 3-“D” sinfida “Mehnat inson hayotini bezaydi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Xuddi shu kuni MIG’ fani o’qituvchisi H.Ergasheva 9-“A” sinfida “Milliy va umubashariy qadriyatlar uyg’unligi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. MIG’ fani o’qituvchisi O.O’rinovaning 5-“B” sinfi bilan “Vatanimiz kelajagi sog’lom qo’lida” mavzusidagi tadbirida sinf o’quvchilari tomonidan vatanimizni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar tinglandi. Bundan tashqari O.Ozoda 22-dekabr kuni 6-“A” sinfida “Qadimiy registon” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. 25-dekabr kuni 7-sinflarga e’lon qilingan “Eng –bilimdon sinf” bellashuvining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi, unda 7- “F” sinf jamoasi g’olib deb topildi va fahriy yorlig’ bilan taqdirlandi. Barcha ochiq darslar AKT dan foydalanib, Y.P.T asosida o’tkazildi. O’tkazilgan ochiq darslar va tadbirlarda maktab ma’muryati va fan o’qituvchilari qatnashib o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. 30-dekabr kuni metod birlashma rahbari Z. Ortiqova barcha hujjatlarning yig’ma jildini tayyorladi.

Maktabimizda “Zakovat” klubi rahbari bo’lgan Djunayev Farxod 8-9-sinf o’quvchilar o’rtasida har haftada “Zakovat” o’yinlarini tashkil etdi. G’olib o’quvchilar maktab rahbari tomonidan taqdirlandi.

Maktabimizda o’tkazilgan “Fan olimpiadasi”da 9-“I” sinf o’quvchisi SHodiyev Fayzullo 87.5 ball bilan 1- o’rinni egalladi. “Bilimlar bellashuvi” maktab bosqichida 6-sinflar o’rtasida Akbarov To’xtamurod 75 ball bilan, 7-sinf o’rtasida Salimov Mirjalol 75 ball bilan, 8-sinflar o’rtasida Abduxoliqov Farxod 75 ball bilan 1-o’rinni egalladi.
3-bo`lim; Maktab fan metod birlashmasida har bir fan o`qituvchisining namunaviy va ochiq darslarni

tahlil qilinganligi va ularning natijasi:
Aniq fanlar birlashmasida:


  • Shodiyeva N. ning 8.02.16 kuni 5-‘’A’’ sinfda matematika fanidan ‘’O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish’’ mavzusidagi darsi ,

  • Kamolova Dilshodaning 7-‘’I’’ sinfida ‘’Kvadratlar ayirmasi formulasi’’ mavzusida, 7-‘’F’’ sinfida geometriya fanidan tashkil etilgan ‘’Uchburchakning tashqi burchagi’’ mavzusidagi ochiq darslari,

  • To’xtayev Quvonchning 7-‘’I’’ sinfida geometriyadan o’tkazgan ochiq darslari metod birlashma rahbari tomonidan tahlil qilingan va metod birlashma yig`ilishlarida muhokama etib borilgan.


Rus tili metod birlashmasida:

  • Ergasheva Nazira 4 – “I” sinfda “У врача” mavzusidagi ochiq darsi,

  • Ochilova Sadaf 2 – “I” sinfda “В комнате” mavzusidagi ochiq darsi,

  • Shokirova Gulzora 5- “B”sinfda “Отсутствие лица”mavzusidagi ochiq darsi,

  • Po’latova Inobat 5 – “A” sinfda “Действие и состояние предмета после момента речи” mavzusigi ochiq darsi,

  • Fayzieva Lola ” 8 – “I” sinfda, “Как о характеризовать на признак какого либо предмета” mavzusidagi ochiq darsi

  • Rasulova Aynura 2 –“D” sinfda “Буква Д” mavzularidagi namunaviy darslari metod birlashma rahbarlari tomonidan tahlil qilingan va metodik tavsiyalar berilgan.


Ona tili va adabiyot metod birlashmasida;

- A.Komilova 5-“I” sinfida ona tili fanidan “Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusidagi ochiq darsi,

- N.Xolnazarova 5-“F” sinfida “Ega” mavzusida ochiq darsi,

S.Xoliqova 5-“B” sinfida “Kim ko`p ertak biladi...?” mavzusida ochiq darslar tashkil etilgan va metod birlashma a’zolari tomonidan tahlil etib borilgan. Bundan tashqari A.Komilova 8-“I” sinfida “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusidagi tadbir, N.Xolnazarova 6-“B” sinf o`quvchilari bilan “Ustozlar sizlarga ta’zim” mavzusida tarbiyaviy soat, F.Abdumurodova 7-“I” sinfi bilan “Ustozlar – elda aziz” va “Til yashasa millat yashaydi” mavzularidagi tarbiyaviy tadbirlar, S.Xoliqova 8-“B” sinfida “Til millatning ma’naviy ko`zgusi” mavzusidagi badiiy-musiqiy tadbirlar o`tkazdilar.


4-bo`lim; metod kengash a’zolarining maktabda o`tkazilgan tadbirlarda ishtiroki to`g`risida.

2015-yilning 17-dekabr kuni maktabda matematika va informatika fanlarining o’qitilishini takomillashtirishga bag’ishlangan shahar miqyosida amaliy-uslubiy seminar bo’lib o’tdi. Bu seminarda ustoz oqituvchilardan Shodiyeva Nuriya 9-“A’’ sinfda , Kamolova Dilshoda 7-‘’F’’ sinfda ‘’Ko’phadlarni qo’shish va ayirish’’mavzusida, To’ztayev Quvonch 8-‘’I’’sinfda algebradan, Norbekova Yulduz 9-‘’B’’ sinfda algebra fanidan ‘’Funksiyalarga doir masalalar yechish’’ mavzusida ochiq darslar o’tkazdi.Bu seminarda metod birlashma rahbari sifatida Esanova Nozbeka matematika darslarida ‘’Kichik guruhlarda ishlash’’ “Bahs—munozara’’ usullaridan foydalanish mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Habibullayeva Gulandon Matematika fani bo’yicha ochiq to’garak mashg`uloti o’tkazib berdi. Barcha shahar maktablari o’qituvchilari va Navoiy shahar XTMFMTTEB ning “Aniq fanlar’’ metodesti A.Do’smatov tomonidan tashakkurnoma e’lon qilindi.

Hasanova Sabohatning 9-‘’B’’ va 9-“D’’ o’rtasidagi matematik bellashuvi, Habibullayeva Gulandonning 5-‘’I’’ sinfida o’tkazgan ‘’O’yla, izla ,top’’matematik bellashivi, Kamolova D. ning ‘’Matematika estafetasi’’ tadbirlari namunali deb topildi.

Fevral oyida “Ta’lim va axborot kommunikatsiyasi texnologiyalaridan foydalanish-ta’lim sifat samaradorligini oshirish omili” mavzusidagi shahar amaliy-uslubiy seminarida rus tili fanidan ochiq darslar o’tkazildi. Bu seminarda Ismoilova M. “Дикие животные” mavzusida 4-“A” sinfda, Shokirova G. “Отсутствие лица, предмета” mavzusida 5-“B” sinfda, Azimova X. “Внеклассное чтение” mavzusida 5-“A” sinfda ochiq darslar o’tkazishdi. Ergasheva N. faollar zalida _”Alisher Navoiy ning “Farhod va Shirin”dostonidan rus tilida sahna ko`rinishi namoyish etishdi.



5-bo`lim:Olimpiada natijalari to`g`risida

I-bosqich fan olimpiadalari to`g`risida ma’lumot (2015-2016)

Maktabning birinchi bosqich fan olimpiadasini o`tkazish uchun 2015-yil 6-noyabrdagi 50-AF sonli buyrug`i ishlab chiqildi. Mazkur buyruqqa asosan olimpiada o`tkazuvchi tashkiliy qo`mita tuzildi. Olimpiadani o`tkazish jadvali ishlab chiqildi.Olipiadaga oid materiallar tayyorlandi va tasadiqlandi, hamda maxfiyligi saqlangan holda olimpiada o`tkaziladigan xonalarga yetkazildi. 1-11-dekabr kunlari maktab olimpiadasi tashkil qilindi. Olimpiadada jami 113 nafar 9-sinf o`quvchilaridan 72 nafari ishtirok etdi. Birinchi bosqich fan olimpiadasini fanlar kesimida tahlil qiladigan bo`lsak:



1-bosqich fan olimpiadasida g`olib bo`lgan o`quvchilar ro`yxati



Sinfi

O`quvchining ismi sharifi

To`plagan bali

O`rni

O`qituvchining ismi sharifi otasining ismi

Ona tili va adabiyot

1

9-“I”

G`aniyeva Shaxina

79

I

Ergasheva Dilshoda Halimovna

2

9-“I”

Fayzanova Navbahor

78

II

Ergasheva Dilshoda Halimovna

3

9-“I”

Allanova Sabina

77

III

Ergasheva Dilshoda Halimovna

Matematika

4

9-“I”

O`tkirova Madina

82

I

To`xtayev Quvonch Hamroqulovich

Iqtisod

5

9-“B”

Nurmonov Suxrob

85

I

Nurmanova Muharram Qurbonovna

Kimyo

6

9-“A”

Kenjaboyeva E’zoza

77

I

Ahmedova Dilorom Yusupovna

Ingliz tili

7

9-“I”

Tillayeva Marjona

81

I

Kazakova Sohiba Abdurayimovna

8

9-“A”

Qo`shimova Feruza

78

II

Muhammadiyeva Shohista Narzullayevna

Biologiya

9

9-“I”

Tog`ayeva Muqaddas

79

I

Samiyeva Nafisa Azamatovna

Huquq

10

9-“D”

Yusupov Anvar

97

I

Qobilov Bobur Dilmurodovich

11

9-“B”

Ergashev Suxrob

82

II

Qobilov Bobur Dilmurodovich

Tarix

12

9-“I”

Shodiyev Fayzullo

87.5

I

Ortiqova Zarina O`ktamovna

Fizika

13

9-“I”

Ahmadov Abdug`ani

79

I

Isoqova Nargiza Abduraufovna

14

9-“A”

Xolmurodova Kamola

76

II

Nurimova Lobar Ilhomovna

Informatika

15

9-“A”

Ro`ziqulova Ozoda

76

I

Jabborov Jasur Sa’dulla o`g`li

Chizmachilik

16

9-“A”

Sobirov Ravshan

78

I

Yarasheva Dilora Muhammadiyevna

Geografiya

17

9-“B”

Toshmurodov Isomiddin

77

I

Nurmanova Muharram Qurbonovna

Rus tili

18

9-“A”

Murodova Dilsora

82.5

I

Ismoilova Malohat Xalilovna

19

9-“I”

Kuvondikov Abbos

78

II

Ergasheva Nazira Raimovna

20

9-“I”

Xomurodova Feruza

76

III

Parmonova Lyudmila Amonovna

Jami: Bilim samaradorligi 80.2 %

Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish