21-BILET.
O‘simliklardagi umumiylik nimalardan iborat?
O ‘simliklaming barcha organlari hujayralardan tashkil topgan. Ular shakl jihatidan farq qilsa-da, ichki tuzilishiga ko‘ra bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi. Hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi. Barcha o’simliklar avtotrof oziqlanadi.Yorug’lik ta’sirida organik modda hosil qiladi. O’simliklarni tanaidagi vegetativ va generativ organlarining tuzilishi va bajaradigan vazifalari o’xshash bo’ladi.
Oddiy qarag‘ayning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushuntirib bering?
Qarag’ay turkumi qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo‘lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o‘sadi. Ular, asosan, Shimoliy Yarimsharda tarqalgan. Yevro Osiyo va Amerikada katta-katta maydonlarda qarag‘ay o‘rmonlari mavjud. 0 ‘zbekistonda qarag‘aylar tabiiy holda o‘smaydi. Ularning 10 ga yaqin turi 0 ‘zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog‘ochbop o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Qarag‘aylardan eng keng tarqalgani oddiy qarag‘ay hisoblanadi (92-rasm). Oddiy qarag‘ay bir uyli yorug‘sevar, doimo yashil daraxt. Ochiq joylarda o‘sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo‘ladi. Barglari novdalarda 2 tadan bo‘lib o‘mashgan, uzunligi 5-7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag‘ay urug‘idan yaxshi o‘sadi. Changchili qubbalar bahor oylarida yosh novdalaming pastki qismida hosil bo‘ladi. Qubbalaming o‘rtasidan o‘tadigan o‘qda spiral shaklida tangachalar, tangachalaming ostki qismida changdonlar o‘mashgan. Changdonlar ichida chang donalari hosil bo‘ladi va shamol yordamida umg‘chi qubbalarga uchib o‘tadi. Urug‘kurtakli qubbalar bittadan yoki ikkitadan uzun novdalaming uchida paydo bo‘ladi. Qubbaning o‘rtasidan o‘tgan o‘qqa umg‘chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalaming ustida 2 tadan umg‘kurtak joylashadi. Oddiy qarag‘ayning qubbalari 2 yilda yetiladi va shamol ta’sirida to‘kila boshlaydi. Qarag‘aylardan oliy nav qog‘ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi
3.Nima sababdan bog‘ va ekinlar ekilgan maydonlarga asalari uyalarini qoyish lozim.
. Mevali daraxtlar va g‘o‘za gullaganda bog‘bonlar va paxtakorlar asalari qutilarini bog‘larga va paxta dalalariga olib chiqishadi. Bundan maqsad, birinchidan, gullami changlatib, mo‘l hosil olish bo‘Isa, ikkinchidan, yaxshi sifatli, xushbo‘y asal yetishtirishdir. Bir gramm asal yig‘ish uchun har bir asalari minglab guldan gulga qo‘nadi. Hasharotlar yordamida changlanuvchi o‘simliklarga olma, o‘rik, nok, beda, oqquray, g‘o‘za kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |