6.О‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishi. Respublika iqti Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatishga va samarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalarning majmuasidir. Bozor infratuzilmasini bozor strukturasi bilan almashtirish yaramaydi. Bozor strukturasi bozorning tarkibida amal qiluvchi boginlar (istemol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, moliya bozori, valyuta bozori, mehnat bozori, intelektual tovar bozori, shou-biznes bozori va boshqalar)ni va bozor haroratini belgilovchi boshqa birliklarni oz ichiga oladi.
I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Toqqizinchi sessiyasida qilgan maruzasida respublikada demokratik ozgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va ozaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bolgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat,1 muhim ustuvor yonalishini belgilab berdi.
Ushbu ustuvor yonalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim boladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora koproq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma obektlarini oz ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noorin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablaglari bilan taminlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. Shuningdek, shirkat xojaliklarini fermer xojaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati korsatuvchi va qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega boladi.
Ozbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yonalishlar amalga oshirilishni jadallashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonining mazmun va mohiyati. Ozbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bolib, mazkur farmon bevosita shunga bagishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan.sodiyotidagi tarkibiy о‘zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |