8.Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoilining mazmuni va mohiyati.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom manoda demokratik qadriyatlarni royobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim orin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganidek, mahalla nufuzini kotarish nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan manaviy masaladir. Mahalla ajdodlarimizdan bizga meros jamoaviy turmush shakli sifatida asrlar osha yashab kelayotgan bolsa-da, ana shunday ezgu maqsaddan kelib chiqqan holda istiqlol yillarida bu noyob institut fuqarolik jamiyati poydevori sifatida sayqal topdi.Malumki, saylovlar demokratiyaning bosh mezoni, huquqiy demokratik davlat va tadrijiy rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismi, xalq irodasini ifoda etishning, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirokining asosiy shaklidir. Shu manoda, oqsoqollar va ularning maslahatchisi etib eng munosib nomzodlar saylanishini taminlaydigan fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilarini saylash tizimi muhim demokratik jarayondir.Mustaqillik yillarida fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari tadrijiy rivojlanmoqda. Mahalla instituti jamiyat siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotining muhim qismiga aylanmoqda. Shuni alohida etirof etish lozimki, mahallalarning bunyodkorlik salohiyatiga ega bolgan ozini ozi boshqarishning goyat muhim birlamchi bogini sifatida fuqarolarning eng dolzarb muammolarini oz vaqtida va muvaffaqiyatli hal etishdagi tasiri va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlash arafasida fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga eng muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.Mahalla instituti mamlakatimizga xos milliy qadriyat va xalq manaviyatining sarchashmasidir. Boshqacha aytganda, ozaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, toy-tomosha, hashar va marakalarni kopchilik bilan bamaslahat otkazish kabi yumushlar mahalla hayotida yorqin namoyon boladi. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi jarayonida ham mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan milliy qadriyatlarimizning noyobligi, betakrorligi va afzalliklari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni paytda mahalla yuksak ma’naviyat beshigidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |