5-TOPSHIRIQ: Referat yozing. Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy yuksalish.
MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MA’NAVIY YUKSALISH
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi-dagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi-iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o'rtasida do'stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o'zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o'tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi-qiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi-laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel-di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil-lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma'naviy ravnaq, san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo'jaligi va sanoat ish-lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o'zbek xalqining beg'araz yordami, og'alarcha ko'magi bilan dunyoga keldi.Qardoshlik va yaqin qo'shnichilik singari yuksak insoniy fa-zilatlar asrlar sinovidan o'tib, og'ir kunlarda eng ishonchli qurol bo'lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma'muriy-buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug' og'a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlib» bu makon xalqlarining muno-sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o'zbek xalqi bir necha o'n yilliklar mobaynida to'planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu-nosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o'z an'analaridan unum-li foydalanish yo'lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur-ganligini ochiq-oydin ko'rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo-siy o'zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do'stlik va.qardoshlik munosabatlari bunga asos bo'ldi.Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, itti-foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoli bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.Qoraqalpog'iston jamoatchiligining O'zbekiston tarkibida dav-lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo'lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suve-reniteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara-tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlit-ligi va mustaqilligi to'la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito-monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko'rsatib berildi. Har ikki respublika o'rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi-yasida (70-75-moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo'ldi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O'zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoli tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo-rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla-ment Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Ra-isi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishdagi rasmiyatchilik va to'rachilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo'qarg'i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o'tmish sarqiti hisoblan-gan sho'rolar davridagi «O1iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko'rsatib o'tildi.Jo'qarg'i Kenges qo'mitalari faoliyati o'z maqomiga va o'z ol-diga qo'ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalarning aksariyati ishlab chiqarishga doir muam-molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug'ullanish, har bir qo'mita o'z sohasi bo'yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.Qonunchilik hokimiyati-Jo'qarg'i Kenges o'z vazifasi, Ijro hokimiyati-Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o'z maqomi doirasida ish olib bormog'i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz barcha sohalarda asrlarga teng taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Shaharu qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, hayotimizda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar butunlay o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida asosan xomashyo yetkazib beruvchi agrar respublika bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror taraqqiy etayotgan, sanoati rivojlangan, eng muhimi, xalqining farovonligi muttasil yuksalib borayotgan qudratli davlatga aylandi. Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ro‘y bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bag‘ridagi mo‘jiza –Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, O‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, o‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari istiqlol sharofati tufayli barpo bo‘ldi. Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i ishga tushirildi. 1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‘ldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya doimiy ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda.
2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir. Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi.
2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi. Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bunyodbek-Xo‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha “Yoqubova Gavhar” fermer xo‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada “Global national-tex” sho‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi “Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. “To‘rtko‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy to‘ylariga kelin to‘ylari ulanib ketayotir.
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda. O‘tgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so‘mlik loyiha asosida bunyod etilgan va barcha qulayliklarga ega “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yuzlab yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi. Nukus shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‘l vokzali, I.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi tanib bo‘lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shaharning Qoraqalpog‘iston, Amir Temur, To‘lepbergen Qaipbergenov ko‘chalarida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan yuzlab oilalar hayotiga o‘zgacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 2,5 kilometr masofada ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish obyektlari ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va o‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ust-yurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In'om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.O‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
O‘tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Do‘stlik kanali qirg‘og‘ida ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal'a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli to‘ylar nishonlandi.Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.
Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.
Qoraqalpog‘iston mustaqillik davrida – 1999 yilda Amudaryo uzra Nukus va Xo‘jayli shaharlarini bog‘lab turgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan temir-beton ko‘prik qurilib, ishga tushirildi.
Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir.Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.
Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unumli foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog‘istondan bo‘lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to‘plandi.
Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan O‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdirlarini abadiy birlikda ko‘rishdi.
Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st amalga oshadigan bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining O‘zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkitomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70–75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning huquqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |