Bonitirovkalash maqsadida qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.
Namoyon bo‘lishi
|
Sho‘rlanganlik
|
Eroziyalanganlik
|
Haydov qatlamini skeletliligi
|
Toshlar
|
Shag‘allar
|
Chag‘ir toshlar
|
Sezilmaydi
|
1.0
|
1.0
|
1.0
|
1.0
|
1.0
|
Kuchsiz
|
0.85
|
0.95
|
0.90
|
0.90
|
0.95
|
O‘rtacha
|
0.60
|
0.80
|
0.75
|
0.80
|
0.85
|
Kuchli
|
0.40
|
0.70
|
0.60
|
0.65
|
0.70
|
Juda kuchli
|
0.30
|
0.50
|
0.40
|
0.45
|
0.50
|
Yuvilma
|
-
|
0,90
|
-
|
-
|
-
|
HAYDOV QATLAMIDAGI GUMUS MIQDORI, HAYDOV OSTI QATLAMI ZICHLIGI UCHUN ISHLANGAN KOEFFITSIYENTLAR TO‘G‘RISIDA
Sug‘oriladigan tuproqlar va lalmikor yerlarda gumus miqdori oz bo‘lishiga qaramasdan gumusni tuproq hosil bo‘lishi jarayoniga va uning unumdorligiga bo‘ladigan ta’siri katta.
Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning borishi va shakllanishida gumus roli benihoyat katta sanaladi. Tuproq organik moddalari nisbatan yuqori singdirish sig‘imiga ega hamda ko‘p miqdorda oziqa elementlarni saqlab turadi.
O‘zbekistondagi kam gumusli tuproqlarda organik va mineral o‘g‘itlar yordamida yuqori darajada hosil olish yo‘llari ishlab chiqilgan. Kezi kelganda shuni alohida qayd qilish kerakki, ko‘pchilik adabiyotlarda tuproq gumusi va organik moddasi bir xilda talqin qilinadi. Bunday o‘ylash, ayniqsa talqin etish noto‘g‘ri.
D.S.Orlov ta’rifiga ko‘ra o‘zining to‘qima holini yo‘qotgan organiq moddalarga gumus deyiladi.
Gumus "organik modda" tushunchasini ichiga kiradi, ya’ni organik modda desak gumusni ham qamrab oladi, lekin gumus deganimiz bu hali tuproqdagi organik modda emas. Tuproq organik moddasi gumusga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, gumussimon moddalar va bevosita gumusni qamrab olinadi.
Gumus deganda esa, murakkab tarkibli gumin va fulvokislotalari, qora gumin, gimatomelan kislotalari ko‘z o‘ngimizda gavdalanmog‘i kerak.
Yuqorida qayd qilinganidek dehqonchilik ilmi ta’sirida gumusi kam bo‘lgan tuproqlarda ham nisbatan yuqori hosil etishtirish texnologiyasi yaratilgan. Bu hodisa ayrim mutaxassislarni gumusga bo‘lgan e’tiborini asossiz ravishda kamaytirib yubordi. Shu bois tuproqni organik moddaga boyitishga qaratilgan chora tadbirga e’tibor susayib ketmoqda.
Oxirgi yillarda g‘o‘za majmuasidagi qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan olinayotgan hosil miqdori o‘sish o‘rniga deyarli to‘xtab qoldi. Buning sabablari asta sekinlik bilan gumusni yakka hokimlik natijasida kamayib ketishi bilan bog‘lanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra bir gektar g‘o‘za maydonidan yiliga 300-400 kg miqdorda gumus olib chiqib ketiladi. Bu xulosani ma’qullash qiyin, sabab o‘simliklar bevosita gumus bilan oziqlanmaydi. Demak g‘o‘za maydonlaridagi gumus yiliga 300-400 kg miqdorda parchalanadi, ya’ni tuproq degumifikatsiya jarayoniga yuz tutadi. Gumusni mineralizatsiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalar va elementlar bilan o‘simliklar oziqlanishi mumkin.
Gumus miqdorini monokultura va mineral o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishini O‘zPITI ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.
Gumusni tuproq unumdorligini oshirishdagi roliga, "tuproqshunoslik" fanining asoschisi V.V.Dokuchayev alohida e’tibor bergan. V.V.Dokuchayev dasht mintaqasi tuproqlari uchun gumus zahirasiga maxsus shkala tuzgan.
Gumusni tuproq unumdorligini oshirishdagi benihoya katta ahamiyat kasb etishi G.M.Tumin, F.Ya.Gavrilyuk, N.F. Tyumentsev va boshqalar e’tirof etganlar.
Bu fikrlar tuproqni bonitirovkalashda gumus va gumus qatlami qalinligiga alohida e’tibor berilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |