Tuproqni bonitirovkalash ro‘ynomasi.
Tuproq ayirmasining tartib raqami
|
Tuproqning nomlanishi
|
Negizli shkala bo‘yicha balli
|
Bonitirovkalash koeffitsiyenti
|
Maydoni, ga.
|
Yakuniy bonitet balli
|
Sifat bahosi
|
Gumus qatlami qalinligi
|
Gumus miqdori
|
Skeletliligi
|
Bo‘z tuproqlar kamari. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar
|
1
|
Sug‘oriladigan
o‘tloqi, og‘ir
|
80
|
0,85
|
0,80
|
-
|
366
|
54,4
|
O‘rtacha
|
2
|
Sug‘oriladigan
o‘tloqi, o‘rta qumoq
|
100
|
0,85
|
0,70
|
-
|
710
|
59,5
|
O‘rtacha
|
Yerlarni baholash to‘g‘risidagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har bir aniq sharoitda tuproqni bonitirovkalash uchun 2 - 3 ta koeffitsiyentlardan foydalanish yetarli.
Ko‘p miqdordagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlardan, ayniqsa o‘zaro bog‘liq koeffitsiyentlar va bilvositalaridan foydalanish asossiz ravishda tuproqni bonitet balini pasaytirib yuboradi.
Koeffitsiyentlar tanlash eng nozik, muhim ish hisoblanadi. Bu ishda eng avvalo ekilgan qishloq xo‘jalik o‘simligi hosili bilan tuproqni aniq xususiyatini tanlash kerak. Toki bu xususiyat bilan hosil o‘rtasida o‘zaro yaxshi korrelyatsiya bo‘lsin.
Ko‘p yillik tajribalar va korrelyatsion hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra sug‘oriladigan mintaqada tuproqni bonitirovkalash maqsadida o‘tkazilgan ishlarda uning, ya’ni tuproqni quyidagi xossalari tanlanmog‘i maqsadga muvofiq deb topilgan.
Bo‘z tuproqlar mintaqasida, ya’ni tog‘oldi va adirlarda tarqalgan tuproqlarda eroziyalanganlik darajasi, ya’ni yuvilganlik darajasi va yuvilma uchun belgilangan koeffitsiyentlar tanlanadi.
Och tusli bo‘z tuproqlarda bularga yana sho‘rlanganlikni ifodalaydigan koeffitsiyentlar qo‘shiladi.
Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi o‘tloqi tuproqlar uchun esa gumus miqdori, gumus qatlami qalinligi, toshli qatlamni joylashgan o‘rnini e’tiborga oluvchi koeffitsiyentlar tanlanadi.
Agar toshli qatlami 70 sm dan yuzada joylashgan bo‘lsa, faqat shu ko‘rsatkich uchun ishlangan koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Agar mayda zarrachali qatlam qalinligi 70 sm dan oshsa, u holda gumus qatlami qalinligi e’tiborga olinadi.
Cho‘l mintaqasining avtomorf tuproqlarini bonitirovkalashda gumus miqdori va gumus qatlami qalinligi e’tiborga olinadi.
Cho‘l mintaqasining gidromorf tuproqlarini baholashda gumus miqdori, sho‘rlanganlik darajasi, gleyli qatlam o‘rni va gumus qatlami qalinliklari uchun koeffitsiyentlar qabul qilinadi.
Keltirilgan koeffitsiyentlar va ularni tanlash eng zaruriy shart bo‘lib, bizning regionlarni xarakterlaydigan guruhlar hisoblanadi.
Shular bilan bir qatorda aniq tuproq-iqlimiy sharoitda har bir tuproq mintaqasida, provintsiyasida, okrugida tuproqning xossa va xususiyatlariga qarab qo‘shimcha tariqasida skeletlik, gipslik, zichlik darajalari va boshqalar ham e’tiborga olinadi.
Tuproq bonitirovkasini asosiy tamoyili qo‘yilgan bonitet ballari shu tuproqni asosiy agronomik xossalarini qamrab olib, hosilni 80 % dan ko‘p miqdorini ifodalay olishi e’tiborga olinadi.
Sug‘oriladigan tuproqlarni bonitirovkalashda yuqorida qayd etilganidek, yer bilan tuproq bir ma’nosi tez-tez almashtirilib turiladi, ya’ni farq qilinmaydi.
Rossiyaning Yevropa qismi uchun Dokuchayev birinchi bo‘lib qora tuproqlarni maxsus guruhlarga: tog‘li, yon-bag‘ir, daryo sohillari, tekislik va boshqa qora tuproqlarga ajratdi.
Keyinchalik yer tushunchasiga iqlimiy sharoit qo‘shildi. Timiryazev fikriga ko‘ra aniq bir yerni unumdorlik darajasini, chegaralarini biz berayotgan o‘g‘it yoki suv emas balki quyoshdan kelayotgan energiya belgilaydi.
Shu fikrlarning ta’siri bo‘lsa kerak Moskva viloyatini qishloq xo‘jalik yerlarini tasniflashda Zvorikin chimli-podzol tuproqlarini qiya tekislikni qaysi tomonida yotganini e’tiborga oladi. Janubiy, ya’ni ko‘proq quyosh nuri oladigan yerlarni, "quyoshda pishadigan" va shimoliy guruhlarga ajratdi. Albatta janubiy yon-bag‘irlar nisbatan ko‘proq qiziydi, demak issiklik energiyasini ko‘proq oladi, etarli suv va oziqa sharoitida ko‘proq hosil beradi.
O‘zbekistonda nisbatan issiq Surxondaryoda shimolda joylashgan Qoraqalpog‘istonga nisbatan 40% atrofida paxta hosili ko‘p olinadi, bu isbot qilingan. Shuning uchun unumdor tuproq deganda eng avvalo tekis maydonda joylashgan, gumus va oziqa elementlariga boy, etarli suv, havo va haroratga ega bo‘lgan tuproqni tushunmoq darkor.
Tuproq bilan Yer tushunchasini farqlash uchun Dokuchayev Yerga nisbatan ishlab chiqarish qobilyati tushunchasini, tuproqqa esa unumdorlikni ishlatdi.
Joyning relyefi, samarali harorat yig‘indisi hamma vaqt ham bonitirovka yillarida e’tiborga olinavermaydi. Lekin zarur bo‘lsa undan quyidagi tartibda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |