Chuqurligi, sm.
|
Gumus miqdori, %.
|
Hajm massa, g/sm3.
|
Gumus zahirasi, t/ga.
|
0-30
|
1.6
|
1,31
|
62,88
|
30-50
|
1,0
|
1,40
|
28,28
|
50-100
|
0,75
|
1,44
|
32,40
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 100 sm qalinlikda bir gektar maydondagi gumus miqdori 123.6 tonnani tashkil qiladi. Shu tariqa oziqa elementlarini ham hisoblash mumkin.
Gumusni haydov qatlamidagi miqdorini tuproq bonitirovkasiga ta’siri boshqa ko‘rsatkichlar kabi maxsus koeffitsiyentlar orqali o‘rganiladi.
jadval.
Gumusning haydov qatlamidagi miqdori va bonitirovkalash koeffitsiyentlari.
Gumus miqdori %.
|
Koeffitsiyentlar
|
<1,00
|
0,70
|
1,1-2,0
|
0,80
|
2,1-3,0
|
0,90
|
>3,0
|
1.00
|
jadval.
Haydov osti qatlami zichligi va bonitirovkalash koeffitsiyentlari.
Zichlik darajasi
|
Koeffitsiyentlar
|
Avtomorf tuproqlar
|
Gidromorf va yarim
gidromorf tuproqlar
|
Zichlanmagan
|
1,0
|
1,0
|
Kuchsiz
|
0,90
|
0,85
|
O‘rta
|
0,80
|
0,70
|
Kuchli
|
0,70
|
0,50
|
Juda zich
|
0,60
|
0,40
|
HARAKATCHAN FOSFOR, KALIY VA TUPROQ BONITIROVKASI
Fosfor "hayot kaliti" nomi bilan ataladi, bunga sabab u ko‘pchilik jarayonlarda bevosita qatnashadi.
Fosfor tuproqda organik, mineral va organo-mineral shakllarda uchraydi. Tabiatda barcha fosfatlarning 95 % kaltsiy fosfatidan iborat. Organik birikmalar tarkibidagi fosfor miqdori uning butun zahirasini 10-20 % dan tortib 70-80 % gachasini tashkil qiladi. Tuproqda gumus miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, organik fosfor shuncha ko‘p bo‘ladi.
Tuproq unumdorligini oshirishda harakatchan fosforning roli katta ekanligi e’tirof etiladi. Tuproqni harakatchan fosfor bilan ta’minlanganligi agrokimyoviy xaritanomalarda quyidagi tarzda beriladi.
jadval.
Fosfor bilan ta’minlanganlik darajasi.
Ta’minlanganlik darajasi
|
Harakatchan P2O5, mg/kg.
|
Juda past
|
0-15
|
Past
|
16-30
|
O‘rtacha
|
31-45
|
Yuqori
|
46-60
|
Juda yuqori
|
>60
|
Kaliy ham o‘simlik hayotida eng zaruray bioelementlar qatoridan joy oladi. Tuproqdagi harakatchan miqdori o‘zgaruvchan bo‘lib, tuproq unumdorligini belgilashda katta rol o‘ynaydi.
Agrokimyoviy xaritanomalarda bu element bilan ta’minlanganlik quyidagicha tasvirlanadi.
jadval.
Kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi.
Ta’minlanganlik darajasi
|
Harakatchan K2O, mg/kg.
|
Juda past
|
>100
|
Past
|
101-200
|
O‘rtacha
|
201-300
|
Yuqori
|
301-400
|
Juda yuqori
|
>401
|
Hozirgi tuproqlarni bonitirovkalash uslubiyatlarida tuproqdagi harakatchan fosfor va kaliy miqdorlaridan foydalanish koeffitsiyentlari mukammal tarzda ishlanmagan. Lekin tuproq ekologik indeksini hisoblashda bevosita bu kattaliklardan, ya’ni oziqa elementlarining miqdorlaridan foydalaniladi.
TUPROQNI BONITIROVKALASH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH
Yer egalarining tuproqlarini baholashda tuproq xaritalari asos bo‘lib xizmat qiladi. Tuproq xaritalarida ajratilgan ayirmalar baholash ob’ekti hisoblanadi. Tuproqni tabiiy xususiyatlariga ko‘ra baholash quyidagicha bajariladi.
Eng avvalo tuproq xaritasi eksplikatsiyasidan shu xo‘jalikka tegishli hamma tuproq ayirmalari tartib bilan yozib olinadi.
Negizli shkaladan tuproqni genetik guruhi va mexanik tarkibiga ko‘ra birlamchi, ya’ni eng yuqori bali aniqlanadi. Bu ish barcha tuproq ayirmalari uchun bajariladi.
Tuproqni boshqa xossalari esa bonitirovkalash koeffitsiyentlari tariqasida jadvallarda keltirilgan. Demak jadvallar bonitirovkalanayotgan mutaxasis qo‘lida bo‘ladi. Tuproqni oxirgi bali esa har bir ayirma uchun asosiy shkaladan aniqlangan, ya’ni olingan ball bonitetiga ketma-ketlik bilan bonitirovkalash koeffitsiyentlarini ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi va maxsus jadvalga yoziladi.
Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Paxtaobod tumani Yakubov nomli jamoa xo‘jaligini tuproqlarini baholanishini ko‘raylik.
Xo‘jalik yerlari och tusli bo‘z tuproqlar, ya’ni bo‘z tuproqlar kamarida joylashgan.
Xo‘jalikning dehqonchilik bilan band yerlari sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlardan iborat.
Mutaxassislar tomonidan 7 ta tuproq ayirmasi ajratilgan va noqulay yerlar hamda suv yuzasi keltirilgan.
Tuproq ayirmalari uslubiyatda ko‘rsatilganidek tartib bilan ro‘ynoma jadvaliga yoziladi, ya’ni ro‘yxatga olinadi.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |