Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning gururi, shan-u sharafini dunyoga tarannum qilgan olmas soz sanatkoridir. Tabir joiz bolsa, olamda turkiy va forsiy tilda sozlovchi biron bir inson yoqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va etiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur organilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq korina boradi. Adabiy aloqalarning organilishi esa dohiy sanatkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , tasir doirasini aniqlash uchun tolaroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini organish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini organish yolgiz ozbek olimlarining vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshligi sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli tasir korsatganligidan uning ijodini organish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini ozbek xalqining adabiyotini organish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bagishlagan bu ulug sanatkorning hayoti va ijodini oz madaniyatlarini oz adabiyotlari tarixini chuqur organish, ozaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida organishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bolsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa ozining kuchli tasirini korsatgan1.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak choqqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik kop va xop (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u ozini Xito(y)dan to Xuroson gacha yoyilgan turkiy qavmlarning oz shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrogi ostida birlashtirdi, yakqalam qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, manaviy ravnaqiga buyuk tasir korsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy goyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, dostlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, marifatlilik kabi gozal tuygularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali ozbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bolsa ham, ozining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy ozining umuminsoniy tarbiya togrisidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yoli bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-marifat, talim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik goyalari bosh orinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy oz davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bolgan umuminsoniy axloq qoidalarini organdi, asar qahramonlari obrazida oz qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bolishga davat etadi hamda axloqni bunday tariflaydi: Ahloq shaxsning ogir baqolig libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, soz bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yoq xalq gamidin gami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora kongil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb tariflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fel ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan dost-inoq va hamjihat bolib yashamas ekanlar, oz orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolgizlik bilan hech qanday ish qilib bolmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni dost bolib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy dostlikni uluglaydi, shu bilan birga soxta, garaz bilan dost boluvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-marifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning manaviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bola olganligida deb biladi. Ilm ozidan ozi bolmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bola oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam mano mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-marifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy orinni egallaydi.
Birovkim qilsa olimlarga tazim,
Qilur goyoki paygambarga tazim.
Shoir olim ahlini qadrlaydi, uluglaydi.Olimlarga tazim qilish- paygambarga tazim qilsh bilan barobar ekanligini takidlaydi. Jumladan:
Oz-oz organib dono bolur,
Qatra-qatra yigilib daryo bolur.
Navoiy kishi bilimga ega bolishi uchun oz-ozdan organib borishi lozimligini, bilimlari yigilib malum konikmaga ega bolishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yigilib daryoga aylanishiga oxshatadi.
Haq yolinda kim senga bir harf oqitmish ranj ila,
Aylamak bolmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida komaklashadi, bu bilan uning hayot yolini- togri yolni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham tolay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uygoq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham togri sozni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab ozgaraverish, oz shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qorqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bolib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.
Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo oz hayotiy kuzatishlariga asoslanadi. Pok etiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga kora mulohaza yuritadi. Ulug inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning Yaxshiga yondosh, yomondan qoch, yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga, Yaxshi odam yoldoshidan bilinar, Dosting kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.
Uygoq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining manosi nihoyatda keng bolib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan gozal fazilatlar jamuljam bolgan. Odamiylikning mezoni bu faqat ozi uchun emas, balki, ozgalar manfaati , xalq gam- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik xususida:
Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bolgay, tong va qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bolgay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, uluglar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo kormadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, ormadi.
Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi:
Yaxshiliq tuxmin sochgilkim budur dehqonga soz,
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning koz.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.
Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida tariflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bolishi taqozo etiladi.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi.
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U oz asarlarida har bir sozdan unumli va orinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna boladi. Ulug shoir ozining talim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qoshdi, umuminsoniy fazilatlar togrisidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
Karimov I.A.YUksak manaviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat,2008.
Karimov I.A.Adabiyotga etibor manaviyatga, kelajakka etibor. .-T.: Ozbekiston, 2009.
Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-jild.- T.:Ozbekiston , 2006
4.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toplami. 11-tom. Xamsa. Saddi
Iskandariy. T.:Fan, 2002
5.Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning Farhod va SHirin
dostoni haqida// Til va adabiyot talimi. 2011, 8-son.
6.Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991.
7.Navoiyning ijod olami. T., 2001.
8.Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va
adabiyot talimi. 2005 yil 2-son, 84-bet
9.Navoiy, Alisher. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va
Majnun, Sabai sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G.Gulom nomidagi
adabiyot va sanat nashriyoti, 1986.-423 b.
10.Navoiy,Alisher. Hikmatlar: Bolalar uchun.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti,1999
Internet saytlari:
1.www.ziyonet.uz
2. www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |