Tavsiyalar. Har xil darajada sho‘rlangan va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan, tuz yuvilib ketish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda sho‘r yuvish me’yorlari va necha marta yuvish zarurligi haqida tavsiyalar (11-jadval). Xo‘jalik yerning meliorativ holati bo‘yicha umumiy fikrlar.
Tuproqning sho‘rlanganlik xaritasi va unga yozilgan tushuntirish xati 3 nusxada tayyorlanib, 2 nusxasi xo‘jalikka topshiriladi, bir nusxasi hujjatlarni tayyorlagan tashkilotda qoladi. Xaritanoma asosida sho‘rlangan yer maydonining nisbati paletka yoki har xil darajada sho‘rlangan yerlar maydoni planimetrlar yordamida hisoblab chiqiladi.
Sho‘r yuvish me’yorlari Nerozin formulasi bo‘yicha aniqlanadi:
Bu yerda: M – sho‘r yuvish uchun sarflangan suv me’yori, m3/ga.
P – tuzlardan tozalanishi kerak bo‘lgan tuproq qavati uchun dala nam sig‘imi, (tuzlarni eritish uchun ketadigan suv miqdori), m3/ga;
m – tuproqning shu qavatidagi namlik miqdori, m3/ga. Sho‘r yuvishdan oldin chigit ekiladigan dalalarda 50% dala nam sig‘imidan, beda ekilgan yerlarda 30% dala nam sig‘imidan.
S/K – tuzlarni siqib chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori, m3/ga;
S – aniq tuproq katlamidan yuvib chiqarilishi zarur bo‘lgan, hisoblangan xlor miqdori, kg/ga;
K - suvning sho‘r yuvishdagi (xlorid bo‘yicha) ta’siri koeffitsiyenti, kg/ga (1 m3 suv uchun);
A - tuproqning sho‘rini yuvish boshlanishidan ekin ekishgacha bo‘lgan davrda tushgan yog‘ingarchilik miqdori, m3/ga;
p - shu davrda bug‘lanishga sarf bo‘lgan suv miqdori, m3/ga.
Tuproqdagi yuvib chiqariladigan tuz (xlor) miqdori quyidagicha hisoblanadi:
S 100
h ( ) 100
1
bu yerda: S - yuvib chiqarilishi zarur bo‘lgan tuzning (xlor) miqdori, kg/ga; h – xlor ioni yuvib chiqarilishi zarur bo‘lgan qatlam;
- tuproqning hajmiy massasi, g/sm3, t/m3;
Z-Z1- dastlabki (yuvishga qadar) va yuvilgandan so‘ng qoladigan tuzning miqdori, massaga nisbatan, % hisobida;
100 – kg -ni tonnaga aylantirish ko‘paytmasi.
Ko‘p yillik tekshirishlar natijasiga asoslanib, sho‘r yuvishning muddatlari va sho‘r yuvish uchun beriladigan suvlarning miqdorlari, sho‘rlanish darajasiga qarab tuproqning mexanik tarkibiga va tuproq aeratsiyasi qavatining gruntlariga bog‘liq holda quyidagi tavsiyalar belgilanadi (11-jadval).
Shuningdek, sho‘r yuvish uchun beriladigan suv miqdorini V.R.Volobuyev formulasi yordamida ham hisoblab chiqarish mumkin:
N 10000
lg S n
S 0
bu yerda: N - sho‘r yuvish me’yori, m 3/ga;
Sn – sho‘rlanishni aniqlash ma’lumotlari bo‘yicha sho‘ri yuviladigan qatlamdagi dastlabki tuz miqdori;
So – tuproqda qoldirilish mumkin bo‘lgan tuzlar miqdori;
- tuproqning tuz berish qobiliyati koeffitsiyenti.
Tuzlarning yuvilib chiqib ketishi ko‘pchilik hollarda ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |