Bonitirovkalash shkalasi.
Tuproqlarni genetik guruhlari (tuproq tipi, tipchalari,
nomlanish katori)
|
Mexanik tarkibi
|
Qumli
|
Qumloq
|
Engil qumoq
|
O‘rta qumoq
|
Og‘ir qumoq
|
Gleyli
|
Bo‘z tuproqlar mintaqasi
|
I.1.Irrigatsion avtomorf:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan to‘q tusli bo‘z tuproq;
|
-
|
-
|
90
|
100
|
90
|
80
|
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq;
|
-
|
-
|
90
|
100
|
90
|
80
|
Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproq;
|
-
|
70
|
85
|
100
|
90
|
75
|
I.2.O‘tuvchi:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z va bo‘z-
o‘tloqi tuproqlar.
|
-
|
70
|
90
|
100
|
80
|
70
|
I.3.Irrigatsion gidromorf:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi;
|
-
|
80
|
95
|
100
|
80
|
70
|
Botqoq va botqoq-o‘tloqi;
|
-
|
90
|
100
|
95
|
75
|
65
|
Sug‘oriladigan botqoq;
|
-
|
75
|
80
|
75
|
65
|
60
|
Cho‘l mintaqasi
|
II.1.Irrigatsion avtomorf:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan bo‘z-ko‘ngir;
|
-
|
70
|
95
|
100
|
90
|
75
|
Sug‘oriladigan taqirli;
|
-
|
75
|
95
|
100
|
90
|
70
|
Sug‘oriladigan taqir;
|
-
|
80
|
100
|
90
|
80
|
65
|
Sug‘oriladigan qumli-cho‘l;
|
60
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
II.2.O‘tuvchi:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z qo‘ng‘ir;
|
60
|
70
|
85
|
100
|
90
|
70
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir;
|
-
|
-
|
80
|
100
|
85
|
65
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi-cho‘l va cho‘l- o‘tloqi;
|
60
|
60
|
80
|
100
|
85
|
75
|
II.3.Irrigatsion gidromorf:
|
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi;
|
70
|
85
|
100
|
90
|
80
|
60
|
Sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq va botqoq-o‘tloqi;
|
70
|
85
|
100
|
85
|
70
|
55
|
Sug‘oriladigan botqoq;
|
60
|
75
|
80
|
75
|
60
|
50
|
BONITIROVKA KOEFFITSIYENTLARI
Bizning sharoitimizda tuproq xossalarini yomonlashtiradigan va unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarga toshli qatlamning joylashgan chuqurligi, qumli, gipsli, gleyli, shox va arzikli qatlamlarning kesmadagi o‘rni va boshqalar kiradi.
Sug‘oriladigan mintaqalarda toshli va shag‘alli tuproqlar asosan tog‘oldi prolyuvial tekisliklarda va allyuvial vodiylarda uchraydi. Toshli va shag‘alli tuproqlar o‘zining kam gumusligi, strukturasizligi, oziqa elementlariga kambag‘alligi, kam suv saqlash kobiliyati, nam sig‘imining kichikligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Toshli va shag‘alli, ya’ni skeletli tuproqlarni unumdorligi past, shu sababli ishlab chiqarish qobiliyati kichik bo‘ladi.
Gidromorf tuproqlarni unumdorlik darajasi ularning boshqa xossalari bilan bir qatorda gleyli qatlamining joylashgan o‘rniga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘rinda ularni baholashda gleylashganlik darajasini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Lekin hozirgacha bu xususiyatlarga etarli e’tibor berilmaydi.
O‘zbekistonda gidromorf tuproqlar maydoni sug‘oriladigan yerlar miqdorini 50% ni tashkil qiladi.
Gleyli va gleylashgan qatlamlar odatda strukturasiz, zichlashgan bo‘lishi bilan birga mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir bo‘ladi.
Bu xodisa gidromorf tuproqlarni suv-fizik va kimyoviy xossalarini yomonlashtiradi. Cho‘l va chalacho‘l mintaqalarining sug‘oriladigan maydonlarida gleyli qatlamlar temir, alyuminiy, fosfor, marganets va boshqalarning oqsidlarini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu birikmalar, ya’ni gleyli qatlam ildiz tarqalgan maydonlarga yaqin joylashgan taqdirda o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga salbiy, ya’ni zaharli ta’sir qiladi.
Gleyli qatlamlarda har xil sharoitlarda, muhitga bog‘liq ravishda vodorod sulfidi, metan, karbonat angidridi va boshqa gazlar ham hosil bo‘lib turadi. Bu gazlar ma’lum sharoitlarda o‘simliklar va tuproq biotasi uchun ijobiy va salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ayrim hollarda qatlamdagi boshqa mineral birikmalardan ham bu gazlarni calbiy ta’siri kuchli bo‘ladi.
Misol uchun tuproq havosi tarkibida vodorod sulfidning miqdori 10 % dan oshsa, ko‘pchilik o‘simliklar halok bo‘ladi. Buning aksicha karbonat angidridining tuproq havosi tarkibidagi miqdori oshsa, madaniy o‘simliklarga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qiladi.
Ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga, hosiliga tuproq tarkibidagi, uning har xil qatlamlaridagi gips va uning miqdorlari ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gipsli, gipslashgan tuproqlar Farg‘ona vodiysida, Jizzax va Mirzacho‘lda, Sherobodda, Malikcho‘lda, Ustyurt platosida keng tarqalgan. Gipsli tuproqlarda dehqonchilik qilinadi. Ularda oziqa elementlari, gumus kam bo‘ladi. Gipsli tuproqlar yomon suv-fizik xossalarga ega, aksariyat hollarda sho‘rlashgan.
Gipsli tuproqlarni unumdorlik darajasiga gips miqdori va uning joylashgan o‘rni, shakli katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproq tarkibidagi gipsga hamma vaqt ham salbiy oqibat deb qarash to‘g‘ri emas. Gips ma’lum miqdorlarda tuproqni suv va havo o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, ayni vaqtda kaltsiyni asosiy manbai rolini o‘ynaydi.
Albatta karbonatli tuproqlarda kaltsiy manbai rolini gips bilan bir qatorda kaltsiy karbonat ham bajaradi.
Gips tuproqlarni sho‘rtoblanishdan himoya qiladi, sho‘rtob tuproqlarni davolashda asosiy ximmeliorantlar qatorida turadi. Kuchli gipslashgan qatlamlar yomon suv-fizik xossalarga, kapillyarlikka ega bo‘ladi. Bunday qatlamlarda kapillyar ko‘tarilish balandligi 20-80 sm dan oshmaydi.
Ko‘pchilik tuproq-iqlimiy tumanlardagi sizot suvlari murakkab kimyoviy tarkibga ega bo‘ladi. Sizot suvlarini sathi, mineralizatsiyasi, kimyoviy tarkibi bevosita tuproq unumdorligiga ta’sir etibgina qolmasdan, har xil chuqurlikda xilma- xil tuzli qatlamlarni ham hosil qiladi. Ana shunday qatlamlardan biri arzik-shoxli qatlam bo‘lib, gidrokarbonatli, sulfatli, magniy va kaltsiyli sizot suvlari bilan bog‘liq. Arzik-shoxli qatlamlar ko‘pincha 0,5-1,5 m chuqurlikda uchraydi.
Bu qatlamlar suv va havo hatto ildizlar o‘tmaydigan qattiq, zich bo‘lib, tuproq unumdorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Gips va tosh-shag‘alli, qumli, gleyli, shox-arzikli qatlamlarni joylashgan chuqurligi, gumus qatlami qalinligi kabi kattaliklarni tuproqni bonitirovkalashda foydalanadigan maxsus koeffitsiyentlari ishlab chiqilgan.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |