Parrakli aralashtirgich bir yoki bir necha parrakdan iborat bo’ladi. Ular qovushqoqligi kichik bo’lgan suyuqlliklarni aralashtirish uchun muljallangan.
Balandligi diametriga nisbatan katta bo’lgan qurilmalarda (H/D1.5) aralashtirilayotgan suyuqlliklarning to’rbo’lentligini oshirish uchun vertikal valga ikki parrakli aralashtirgichlar bir-biriga nisbatan 900 ga burilgan holatda, bir necha qatorda o’rnatiladi. Parraklar qatorining oraligi t(0.30.6)D chegaralarda belgilanadi.
Qovushqoqligi 10 MPa.c va kizdiruvchi yuzali qurilmalardagi suyuqlliklarni aralashtirish uchun yako’rli va ramali aralashtirgichlar qo’llaniladi. Bunday aralashtirgichlarni shakli va o’lchamlari idishning ichki yuzasi va o’lchamiga monand bo’ladi. Oralik tirqish kengligi 310 mm dan ortmaydi.
Yaproksimon aralashtirgich parraklarining eni ancha keng bo’lib, ularning o’lchamlari quyidagi nisbatlardan aniqlanadi: d(0.30.5)D, b(0.51.0)D, h(0.20.5)D. Muhit qovushqoqligining ortishi va parrak enini kyengayishi bilan aralashtirgich tezligi kamayadi.
Propellerli aralashtirgichlarni asosiy ishchi qismi propeller - bir necha vintsimon suyri andozada bajarilgan parrakdan iborat bo’ladi. Sanoat ko’rxonalarida uch parrakli propellerlar keng tarkalgan. Propellerli aralashtir-gichlar qovushqoqligi 2Pa.s bo’lgan suyuqlliklarni aralashtirish, eritmalar va emulsiyalar tayyorlash, katta hajmdagi suyuqlliklarni gomogenizasiya qilish uchun qo’llaniladi.
Propellerli aralashtirgichlarning o’lchamlari o’rtasida nisbatlar 3.5.1-jadvalda ifodalangan.
Turbinali aralashtirgichning asosiy ishchi organi vertikal o’qga o’rnatilgan yassi, qiya va egri chizik bo’yicha tayyorlangan kurakli (parrakli) turbina. Turbinali aralashtirgich ochik yoki yopik tipda bo’lib, asosan radial oqimilarni yuzaga keltiradi.
Turbinali aralashtirgichlarni samaradorligi juda yuqori bo’lib, katta hajmdagi suyuqlliklarni aralashtirish (500 MPa.s), tarkibida katta o’lchamli (d25 mm) zarrachalar tutgan suspenziyalarni aralashtirish, eritish jarayonlarini amalga oshirish va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi.
Suyuqllik sathini idish diametriga nisbati HD2 bo’lgan xollar uchun to’rbinali aralashtirgichlarni diametri d(0.150.65)D, aylanishlari soni n25 c-1 va ularning chizikli tezligi 38 msek bo’ladi.
Mexanik aralashtirgichni aylanishi uchun zarur bo’lgan energiya miqdori ishqalanish kuchlarini yengish, uyurmalarni hosil bo’lishi va ularni buzilishi uchun sarflanadi. Zaruriy quvvat N suyuqllikni zichligi (kgm?), qovushqoqligi (Pa s), aralashtirgichni aylanish chastotasi n (c-1) va uning diametriga d (m) boglik bo’ladi.
Aralashtirgich quvvatini ifodalovchi tenglama umumiy holda quyidagicha yoziladi
N Cnd5 [ (nd)] x (3-84)
yoki
N(n3d5) S (nd)-x , (3-85)
bu yerda S- koeffisiyent; x- daraja ko’rsatkichi.
O’lchamsiz kompleks N(n3d5)EumKN - Eyler mezoni yoki quvvat
mezoni deb yuritiladi. (3-85) tenglamaning o’ng tomondagi qavs ichidagi ifoda esa nd?Rem- Reynoldsning modifikasiyalangan kriteriysining ifodasidir.
Shunday qilib, mexanik aralashtirish jarayonida energiya sarfining umumiy tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi
Eum S Remk , (3-86)
bu yerda k- daraja ko’rsatkichi.
Koeffisiyentlar k va S aralashtirgich to’ri, qurilmani tuzilishi va jarayon rejimiga boglik holda tajribalardan aniqlanadi.
Aralashtirish uchun zaruriy quvvat sarfi analitik yul bilan quyidagicha aniqlanadi.
Jarayon rejimi va aralashtirgichni shaklidan kat’iy nazar, muhitni qarshilik kuchi R Nyuton qonuniga binoan quyidagicha ifodalanadi
R Fv22, (3-87)
bu yerda - muhitni qarshilik koeffisiyenti; F- parrak aylanganda hosil bo’luvchi (sidiriluvchi) yuza, Fd24,m2; v- parrak uchidagi nuqtaning chizikli tezligi, vdn, msek.
(3-87) tenglama tarkibiga kiruvchi F va v parametrlarning ifodalarini xisobga olib, ushbu tenglamani quyidagicha yozish mumkin
R (0.25d2)(2d2n22) (38)d4n2 . (3-88)
Parrakni aylantiruvchi kuch R qiymati muhitni qarshiligiga teng deb kabo’l qilinadi (RP). U holda, aralashtirgich parragini aylanishi uchun zarur bo’lgan quvvat
N Rv (38)d4n2(dn) (48)d5n3. (3-89)
48KN deb belgilasak, (3-89) tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi
N KNd5n3, (3-90)
bu yerda KN- quvvat koefffisiyenti, uning qiymati aralashtirish rejimi Rem va aralashtirgich to’rlari bo’yicha KN f(Rem) shaklidagi grafiklar (3.5 - rasm) asosida aniqlanadi. Bunday boglikliklar aralashtirgichlarning keng tarkalgan to’rlari uchun maxsus adabiyotlarda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |