4. Баданга оғир шикаст етказишнинг ҳар бир белгиларини санаб ўтинг. Мазкур қилмишнинг оғирлаштирувчи ҳолатлари қайсилар ҳисобланади? Shikast yetkazilayotgan lahzada hayot uchun xavfli; koʻrish, nutq, eshitish qobiliyatini yoki a’zosini yoʻqotish yoki bajaradigan vazifasini butunlay bajara olmay qolishi; ruhiy kasallikka chalinish; 33% dan ziyod umumiy mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotish; badanni tuzatib boʻlmaydigan darajada xunuklashtirish. 1) shikastning hayot uchun xavfliligi; 2) sogʻliqqa yetkaziladigan haqiqiy ziyon; 3) mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasi; 4) estetik mezonlar kiradi.
JK 104-moddasi 2-qismida quyidagi ogʻirlashtiruvchi holatlar: a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; b) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning qarindoshlariga nisbatan; v) oʻta shafqatsizlik bilan; g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; d) tamagirlik niyatida; e) bezorilik niyatida; j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; z) diniy taassublar zamirida; i) kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) maqsadida; k) bir guruh shaxslar tomonidan qasddan sodir etilgan badanga ogʻir shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 3-qismida: 1) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; 2) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari Jinoyat kodeksining 97moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan; 3) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; 4) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan; 5) jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
5. Баданга ўртача оғир шикаст етказишнинг белгиларини баён қилинг.Aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qilmish va jabrlanuvchi sogʻligiga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash lozim. Bunda jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi jabrlanuvchiga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishi hisoblanadi. oʻrtacha ogʻir shikast ogʻir shikastdan shunisi bilan farqlanadiki, uning yetkazilishi odatda shaxs oʻlimiga olib kelmaydi. Bu mazkur tan jarohatining birinchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ikkinchidan, oʻrtacha ogʻir tan jarohati shaxs sogʻligiga yetarli zarar yetkazishi mumkin, lekin ular ogʻir tan jarohatlari singari biron-bir a’zodan ajralish yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. oʻrtacha ogʻir tan jarohatining asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: 1) yetkazilayotgan paytda shaxs hayotiga xavfning mavjud emasligi; 2) jabrlanuvchi sogʻligining uzoq muddatga yomonlashuvi; 3) umumiy mehnat qobiliyatining uchdan biridan kam boʻlgan qismining yoʻqotilishi. Sogʻliqning uzoq muddatga yomonlashuvi deb, bevosita yetkazilgan ziyon natijasida yuzaga kelgan va yigirma bir kundan ko’p, ammo toʻrt oydan kam boʻlgan muddat davom etgan oqibatlar (kasalliklar, a’zolar faoliyatining buzilishi)ga aytiladi. Umumiy mehnat qobiliyatining uchdan bir qismidan kam qismining yoʻqotilishi deganda, 10 % dan 33 % gacha yoʻqotilishi tushuniladi.