1 Arxitektura qachon va qanday shakllandi?


Toshkent Teleminorasi arxitekturasi haqida batafsil ma'lumot bering. Sxematik chizmalar bilan ma'lumotlarni to'ldiring



Download 70,06 Kb.
bet72/73
Sana30.12.2021
Hajmi70,06 Kb.
#93972
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
тарих15

91. Toshkent Teleminorasi arxitekturasi haqida batafsil ma'lumot bering. Sxematik chizmalar bilan ma'lumotlarni to'ldiring

Javob: Toshkent teleminorasi takrorlanmas noyob arxitektura inshooti bo‘lib hisoblanadi.Toshkent teleminorasi Ismail tomonidan qurilgan Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan. Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. Toshkent teleminorasi 1991-yilda Dunyoning buyuk minoralari Federatsiyasi safiga kiritilib, dunyoning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyoning shu xildagi yagona va eng baland binosi hisoblanadi. MDH davlatlari teleminoralari ichida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari televideniye va radiodasturlarini uzatishdan iboratdir. Shuningdek, teleminora noyob me’moriy bino sifatida mahalliy va chet el mehmonlari uchun tomosha qilish majmuasi hisoblanadi. Moskvadagi Aloqa ob’ektlarini loyihalash instituti (GSPI) ga arab davlatlaridan biri baland minorali telemarkaz loyihasiga buyurtma bergan bo‘lib, lekin mamlakatda siyosiy jarayonlar yuz berib, teleminoraning tashqi ko‘rinishi tayyor bo‘lganda, buyurtmani bekor qilgan. Ushbu buyurtma iqlimi issiq mamlakatga moslab ishlab chiqilganligi sababli, GSPI boshlig‘i uni O‘zbekistonga taklif qilgan. Respublikaning o‘sha davrdagi rahbari Sharof Rashidovga minora ko‘rinishi ma’qul kelib, ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirilishini ma’qullagan va minora qurilishini tasdiqlagan. Teleminora loyihasi bir necha yilda tayyor bo‘ldi, loyiha o‘ta sinchkovlik bilan sinovlardan o‘tkazildi. Uning qurilishi uchun Toshkent shahridagi Bo‘z suv kanalining o‘ng qirg‘ogidan 6,2 gektar yer maydoni ajratildi. Qurilishni boshlashdan avval, qurilish maydoni betartib, rejasiz qurilgan uylar va bir nechta mayda g‘isht zavodlardan bo‘shatilishi hamda hududda yashab turgan aholini ko‘chirish va uy-joy bilan ta’minlanishi zarur edi. Bu ishlar 1978-79 yillarda Toshkent shahar Ijroiya qo‘mitasi va Aloqa vazirligi ko‘magida amalga oshirildi. 1979 yil ikkinchi yarmidan bevosita qurilish ishlariga kirishildi. Qurilish direksiyasiga bosh pudratchi etib Toshkent qurilish bosh boshqarmasiga qarashli «Visotstroy-11» tresti yollandi va trest boshlig‘i P.G. Sarkisov ko‘plab o‘ziga va Ittifoqning ko‘p respublikalarining eng nufuzli qurilish tashkilotlari bilan shartnoma imzoladi. Direksiya 17 ta ilmiy-tekshiruv institutlari bilan hamkorlikda ishladi, Rossiyani Chelyabinsk zavodi bilan shartnoma tuzilib, teleminora qurilishiga 6000 tonna po‘lat uskunalar bilan ta’minlandi. Shveysariyaning “Shindler” kompaniyasiga balandlikka tez ko‘tariladigan liftlar qurilishiga buyurtma berildi. Qisqasini aytganda, ushbu teleminora qurilishi Butunittifoq qurilishiga aylandi. Minora eng asl po‘lat qotishmalaridan yasalgan kovak konstrukciyalardan tashkil topgan va dastlab uning balandligi 358 metrni tashkil etishi kerak edi. Kovak konstruksiyalar teleminora vaznini kamaytirish maqsadida qo‘llangan. Fundamentlar tayyor bo‘lgandan so‘ng, qurilishning eng qiyin va murakkab ishlari, ya’ni po‘lat qurilmalarni ko‘tarib, montaj ishlari bajarilgan.Nihoyat, 1983-yilda teleminora po‘lat konstrukciyalari qurib bitkazildi va o‘sha yilning 23-fevral kuni minoraning eng baland nuqtasiga O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i o‘rnatildi. Endi minora quyida va tayanchlari ostida uchburchak shaklida (sovutgichlar, restoran oshxonasi, ma’muriyat xonalari, teleuzatkichlar zali, laboratoriyalar joylashishi kerak bo‘lgan ikki qavatli bino), 100-120 metr balandlikda tomosha maydonchasi, “Koinot” restoranining “moviy” va “qizil” zallari binolari, 200-220 metrda texnika binolari qurilishi va antenna qurilmalari montaji bajarildi.


Download 70,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish