1 Arxitektura qachon va qanday shakllandi?


Xalqlar Do'stligi san'at saroyi arxitekturasi haqida batafsil ma'lumot bering. Sxematik chizmalar bilan ma'lumotlarni to'ldiring



Download 70,06 Kb.
bet73/73
Sana30.12.2021
Hajmi70,06 Kb.
#93972
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
тарих15

92. Xalqlar Do'stligi san'at saroyi arxitekturasi haqida batafsil ma'lumot bering. Sxematik chizmalar bilan ma'lumotlarni to'ldiring

Javob: "Xalqlar do'stligi" saroyi 1980 yilda arxitektor Evgeniy Rozanov tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida barpo etilgan. 1977 yilda Chilonzor yo’lida tashkil etilgan metro bekati ham “Xalqlar do’stligi” nomi bilan atalgan bo’lib, unda maydonga chiqish yo’lagi ham mavjuddir. Saroy oldidagi maydonda haykaltorosh D. B. Ryabicheva, hamda, L. T. Adamova va S. R. Adilova arxitektorlari asari bo’lmish Shamaxmudovlar oilasiga qo’yilgan haykal, Xalqlar do’stligi haykali sifatida e’tirof etiladi.O'zbekiston Respublikasi hududida toponomik obyektlarning nomlarini tartibga solish Respublika komissiyasining 2008-yil, 7-apreldagi 07-5-16-sonli bayonnomasiga muvofiq tarzda, saroy «Istiqlol saroyi» nomiga o'zgartirildi. 2018-yilning 26-aprel kuni bo'lib o'tgan video-selektr majlisida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq nomni qaytarishni taklif qildi. Qayta qurishdan so'ng saroy zali o’ziga 3,968 kishi sig’dira oladigan bo’ldi. Kompleksning umumiy maydoni 12,000 kvadrat metrni tashkil etadi va 2,208 kvadrat metrdan iborat bo’lmish konsert zalini, 1,152 kvadrat metrlik sahnani, 700 kvadrat metrlik banket zalini, besh qavatli ma'muriy bino, kiyim-kechak xonasi va ovqatlanish birligini o’z ichiga oladi. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi bal. peshtoqlar koʻrk baxsh etgan. Bino tepasiga sirti marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilibtushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini sahnada siljitishga imkon beradigan transportyor, dekoratsiyalarni koʻtaribtushiradigan shtanketlar, keng formatli ekran) bilan jihozlangan. Zalda kinotovush texnikasi hamda matnni bir yoʻla 8 tilga tarjima qilish apparatlari, maxsus texnologik aloqa tizimi bor. Vestibyul tabiiy toshlardan ishlangan "Xalqlar doʻstligi", "Bayram", "Gullagan oʻlka" mozaikalari (rassom A.Buxorboyev) bilan bezatilgan. Prezidium zali gobelen (rassom B. Jalolov), tomosha zali "Sanʼat" mozaikasi (rassom V.Burmakin, R.Nemirovskiy), yogʻoch oʻymakorligi (usta Q.Haydarov, O.Fayzullayev), banket zali bezaklari (rassom J. Hakimov, A.Ilhomov), yon devorlari sopol laganlar (rassom A.Kedrin) bilan ziynatlangan. Feruza rangli ulkan koshinkori (Toshkent chinni zavodida tayyorlangan) devor saroy interyeriga alohida joziba baxsh etgan.
Download 70,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish