Disneylend
- multfilmlar asosida qurilgan madaniy dam olish maskani, u
bog’da siz sevimli qahramonlarning karikaturalarini, mashhur voqealarni
ko’rishingiz, umda o’zingiz ham ishtirok etishingiz mumkin.
Akvaparklardagi
basseynlar, suvli attraksionlar yordamida siz sun'iy
to'lqinlarda suzishingiz, energiya olishingiz, tezlikni va hayajonni his qilishingiz
hamda yaxshi kayfiyatga erishishingiz tayin.
Miniatura bog’larda
siz dunyoning eng buyuk mo'jizalarini 25 barobar
maydalashtirilgan kichik nusxalarini ko'rishingiz va bahra olishingiz mumkin.
Lego Parklar
esa sizga o'z qo'llaringiz bilan siz hohlagan ob’ektlarni yaratish
imkonini beradi va bu sizga quvonch keltiradi. Buyuk Ustyugda siz haqiqiy “Santa
Klaus”ni, uzoq Laplandiyada esa unbing “rasmiy uy”ini ko’rish mumkin.
Etnik bog’larda
turistlar xalqlarning milliy madaniyati hamda madaniyati
tarixi bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.
Safari bog’larda
esa yovvoyi tabiatni kuzatish mumkin.
Mavzuli bog’lar tarixi umumiy dam olish joylari bilan boshlandi va ular bilan
bevosita bog’liq.
Bakken-Park - Skandinaviyada eng qadimgi madaniy dam olish va o’yinli
park. U 1583 yilda Kopengagendan 10 km. uzoqda joylashgan Klampenborg
(Daniya)da ochilgan.
Hikoya qilishlaricha, 1583 yilda bir qiz shimoliy Kopengagendagi bog’da
Qirol kiyikni ko'rib qoladi. Ushbu yerdan shifobaxsh suv topiladi. Suv atrofida asta-
sekin restoranlar, attraksionlar va dam olish ob’yektlari qurilgan.
O'rta asrlarda Yevropa shaharlarida dam olish bog'lari mavjud bo’lgan. Bu
bog'lar, odatda, shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, ularda mushakbozliklar, raqs
va o'yinlar bo’yicha tadbirlar tashkil etilgan.
Bugungi kunda Bakken-parkida 150 dan ziyod attraksionlar, 35 ta restoran va
kafelar mavjud bo’lib, yiliga 2,5 million tashrifchilarni qabul qiladi.
Mashhur qo’g’irchoq qahramonlari bilan bolalar uchun ishlaydigan P’yero
parki o’z xususiyatlari bilan ajtralib turadi.
2005 yilda ushbu Parkda Xalqaro Santa-Klaus Kongresining 38 festivali
bo’lib o’tdi hamda unda turli mamlakatlardan 150 dan ortiq san'at vakillari ishtirok
etdi. Kongressning ochilish marosimida 300 nafar bolalar archa atrofida raqsga
tushishdi. Santa-Klauslar Rojdestvo bayramini o’tkazishni muhokama qilishdi.
Tivoli
- dunyodagi birinchi istirohat bog'lari biri. U 1843 yilda Kopengagen
(Daniya)da ochilgan.
Park Kopengagen shahri markazida barpo etilgan. Bugungi kunda “Tivoli”
parki 8 gektar maydonni o'z ichiga oladi. Parkda yoshlar, o'smirlar va kattalar uchun
alohida attraksionlar tashkil etilgan.
Park o’z ichiga Vikinglar kemasini, amerika tepaliklarini, turli attraksionlarni
va karusellarni, pantomima teatrlarini o’z ichiga oladi. Uning repertuaridan Pierrot,
Kolumbine, Arlekino va boshqalar joy olgan. Kontsert zalida Jazz festivallari bo'lib
o'tadi. Bog'da rang-barang paradlar, mushakbozliklar bo’lib o’tadi. Bu Parkda
mehmonlarga turli xil narx siyosatini taqdim etuvchi yigirma to'rtta restoranlar
faoliyat ko’rsatadi. Tivolidagi eng jozibador joy sifatida qirg’oqda suzub yuruvchi
Sankt Jorj kemasi restorani e’tirof etiladi.
Park aprel oyining o'rtalarida sentyabr oyining oxirigacha va noyabrь oyining
oxiridan 23 dekabr (ba'zan 30 dekabr)fa qadar faoliyat ko’rsatadi.
1952-yilda “Efteling” (Sehrli o’rmon) parki ochildi. Ushbu mashhur bog’
Gollandiya janubidagi Kaatsheuvel shahrida 50 gektar maydonda joylashgan.
Park bir necha qismga tematik qismlardan iborat. O’yinlar uchun qayiq bilan
birga suvli bog'lar, o'yin maydonlari mavjud. Niderlandiyadagi "Efteling" bog’i
asrlar davomida o’zining ertaknamoligi bilan Evropadagi eng sirli mehmondo'st va
jozibador istiroxat bog’i sifatida nom qozonib kelgan.
Madaniyat va istirohat bog'ilari orasida mashhur bo’lgan bug’li karusel XIX
asrda ochilgan. U yerda mashhur ovchilar qal'asi va amerika tepaliklari bor edi. Bu
bog’da har biri 5 santimetrdan 60 santimetrgacha bo’lgan Gnom-laafa
qo'g'irchoqlarini estalik sifatida sotib olishingiz mumkin. Estalik uchun har bir
Gnom-laaf aning nomi va hususiyatlari ko’rsatilgan pasporti hamda muhri bor.
Mavjud bog'lar faoliyatlarini kengaytirishda davom etishmoqda hamda
yangilari jadal qurilmoqda.
Xalqaro turizm rivojlanishida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida ayniqsa
ko‘ngilochar parklarga e’tibor kuchayib bordi. Dunyodagi eng yirik Disneyland-
Koliforniya (AQSH)da joylashgan ajoyib tematik bolalar parkidir. U qiziqarli
multfilmlar asosichisi Uolt Disney -Walt Disney multfilmlarining motivi asosida
ishlangan attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki Disneylend 1954 yil Kaliforniya
shtatining Akaxayma shahri (AQSH)da yirik o‘yinchoq shahar, ko‘ngilochar
tomosha va attraksionga to‘la qilib qurilgan va butun dunyoga mashhur bo‘lgan.
Noyob ko‘rinishi, shakli ega bo‘lgan, hajmiga ko‘ra ishonib bo‘lmaydigan darajada
katta shou-sanoatni tashkil etuvchi va 40 yildan uzoqroq ekspluatatsiya qiluvchi
maxsus kompaniya Walt Disney Company tashkil etilgan.
1960 yildan beri Disneylend aksiyalarining 100% Walt Disney Production
kompaniyasiga tegishli, keyinchalik uning nomi Walt Disney So. ga o‘zgartirilgan.
Park hududida ko‘llar va anhorlar, temir yo‘llar, modellashtirilgan shahar va
djunglilar, g‘orlar va tog‘lar mavjud. Haqiqiy mavjud bo‘lgan va fantastik
hayvonlarning harakatlanuvchi modellari o‘rnatilgan, muntazam ravishda minglab
aktyorlar ertak va tarixiy qahramonlar kostyumi va rolida tomosha ko‘rsatadilar.
Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi butun industriya yaratilgan va 26 oteldan iborat
tizim qurilgan (faqat Kaliforniyada), ko‘pgina restoranlar, transport tarmoqlari, sport
inshootlari, suzish basseynlari, tennis kortlari, golf va kreket maydonlari,
otchoparlar, velosipedlarda uchish uchun yo‘laklar hamda qishda konkida uchish
yo‘laklari qurilgan.
1971 yilga kelib, bu Disneylend 100 million tashrif buyuruvchilarga xizmat
qilgan. Dunyo bo‘yicha turistlarga disneylendga kirish va har xil shoularda
qatnashish uchun turistik yo‘llanma beruvchi va o‘nlab ixtisoslashgan turlarni
amalga oshiruvchi maxsus turistik agentlik tashkil topa boshladi.
1971 yil Florida shtatining Orlando shahri (AQSH)da unga o‘xshash tomosha
markazi
-
Walt Disney Word (75 kv.km) qurildi. Keyingi analogik park Tokioda
qurilgan (1983 y). Bular nihoyatda katta mablag‘lar evaziga qurilib, katta miqtorda
daromadlar keltira boshladi. Lekin, inqiroz sharoitida xalqaro turistlar harakati ham
ma’lum miqtorda chegaralanib qolmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z fikrini bildirib, «2009 yil
xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot
darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish-ustuvor
vazifa bo‘lib qoladi
1
»-deb ta’kidladi.
1
Каримов. И. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон 2009 -46 б.
Haqiqatan ham inqiroz sharoitida mavjud turistik resurslardan maksimal
darajada foydalanish va aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash xizmat ko‘rsatish
sohasida dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun bu sohada
bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolardan biri respublikamizda turistik
resurslardan oqilona foydalanish va turizmni xalqaro darajada rivojlantirishdan
iboratdir. Bu sohada Yevropa tajribasini ham olishimiz mumkin.
Yevropada tematik va turistik parklarni yaratish asosan 1980 yillardan keyin
boshlandi. Parijda 1992 yil dunyodagi eng yirik YevroDisney ishga tushirildi. U
2000 gektar hududni o‘z (40 ta katta attraksion, 6 ta yirik otel kottejlardan iborat
posyolka) ichiga oladi. An’anaga ko‘ra attraksionlar tematik yo‘nalishga ega
bo‘lgan “fantasyland” - bolalar multfilmlari motiviga ko‘ra, “Arontierland”
“Yovvoyi G‘arb” kovboy burchagi, “adventureland” zamonaviy Gollivud filmi
motiviga ko‘ra sarguzashtlar, “space mountains” galaktik sarguzashtlar —
fantastikasi, “star war” yulduzlar urushi (jang) va h.k.
Parkda ko‘pgina attraksionlar qurilgan, jumladan, Amerika tog‘lari, raketada
oyga uchish, kapitan Nemo yer osti kemasi, vahima xonalari va boshqalar. Park
atrofida 5 ta stansiyali temir yo‘l o‘tadi. Yasama ko‘llarda qadimiy g‘ildirakli
kemada, hamda qayiqlarda suzish mumkin. Ko‘pgina qal’alar, qasrlar, ko‘priklar,
sharsharalar, tonellar, g‘orlar qurilgan. Park ishga tushirilgan yili 11 mln. turist
tashrif buyurgan.
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning
turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch
keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan
boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada
park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH
dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir
vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar
oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln.
AQSH dollarini tashkil etdi.
Yevropada tashkil etilgan parklar hududi juda katta bo‘lib, uni bosib o‘tish,
har bir attraksionda ishtirok etish uchun kamida bir hafta vaqt ham yetmaydi.
Parklardagi bayram-shoular kun bo‘yi uzluksiz davom etadi. An’anaga ko‘ra, har
kuni barcha ertak qahramonlari ishtirokida bir nechta shou o‘ynalari namoyish
etiladi. Mashhur filmlardan original tryuklarni bajaruvchi kaskadyorlar guruhi
tamoshalar ko‘rsatishadi. Parklarda misli ko‘rilmagan katta miqdorda suvenir va
o‘yinchoqlar sotiladi, ular mashhur disney qahramonlari Mikki Maus sichqoni va
h.k. Odatda dunyoning turli tomonidan kelgan turistlar parkda 2-3 kunini o‘tkazadi
(standart tur ikki kun tunash), lekin 7 kun davomiylikka ega bo‘lgan turlar ham bor.
Parkda o‘yin va attraksionlardan tashqari tizimlashtirilgan maktablar mavjud,
ta’lim dasturlari o‘tkaziladi Youth Programm (10-15 yoshli bolalar uchun 6 soatdan
3ta dastur) va Adult Yarniy Advetures Programm (katta yoshdagi bolalar va kattalar
uchun 2ta dastur), Management Seminare (shou-biznesning nazariya va amaliyoti)
va Educator Seminar kattalar uchun maxsus seminarlar o‘tkaziladi.
Biznes nuqtai nazaridan Disneylend o‘zlarini shou-biznesga bag‘ishlamoqchi
bo‘lgan mutaxassis va kishilar uchun ajoyib maktab hisoblanadi. Bugungi kunda
Disneylendga tegishli turistik agentliklar tomonida turistlar uchun bir nechta maxsus
dusturlar ishlab chiqilgan va faol sotilmoqda. Ularning eng mashhurlari All inclusive
PacKades, Classic Pakades - Classic plan, Food'n Fin Card, Specialired-lardir.
Dunyoning turizmi rivojlangan mamlakatlari Disneylendlar orqasidan katta
miqtorda daromad olishmoqda. Bu kabi tajribani respublikamiz turizmiga ham joriy
etish ishlari o‘tgan asrning oxirlarida amalga oshirila boshladi. O‘zbekistonda
birinchi bo‘lib, Toshkentda 1996 yilda Disneylend ishga tushirildi. Bu Disneylendni
yanada rivojlantirish va maxsus dasturlar ishlab chiqish lozim, chunki mamlakatimiz
turistik imkoniyatlari jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi.
Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan har bir turistda bu Disneylend katta taassurot
qoldirishi lozimdir.
Ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy eksponatlarini ko'rish uchun Luvr muzeyini
hohlasa, ko'pchiligi Evro Disney — Uold Disneyning kashfiyotlarini tomosha
qilishni yoqtiradi. Juda ko'p markazlar, xiyobonlar attraksionlar bilan to'la. Bular —
arg'imchoqlar, qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun,
Disney bog'ining tematik davomi bo'lgan kosmik uchishlami boshqarish pulti
shaklida jihozlangan bolalaming elektron o'yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan
«Disney Magik», Amerikada esa otlarda yurish, har xil fantastik, mexaniq va
elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir. Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan “
Disney Magik” kruiz laynerini keltirish mumkin. Attraksionlar tizimida bolalarning
avtomat o‘yinlari katta o'rin tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin
sanoatining yangi kategoriyasiga oid ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’quldir. Ular
billiard, karta, ruletka va boshqalardir.
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning
turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch
keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan
boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada
park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH
dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir
vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar
oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln.
AQSH dollarini tashkil etdi.
Ispaniyaning bir bo‘lagi bo‘lmish Tenerife orolida Logo bog’i joylashgan.
Tenerifeni bejizga abadiy bahor oroli, deb atashmaydi. Iqlimi ham shunga
yarasha. Havosi na soviydi va na isib ketadi.
Allaqachonlar so‘nib bo‘lgan Teyde vulqoni esa orolga ajib bir go‘zallikni
hadya etgan. Qulay ob-havo sharoiti tufayli bu yerda 1200 turdagi nabotot va 109
xildan ziyod hayvonot olami yashab keladi. Shunday bo‘lsa-da, Tenerifeda zaharli
ilon va hashoratlar deyarli uchramaydi. Bu esa sayyohlarga orol bo‘ylab
bamaylixotir sayr qilish, tabit manzaralaridan istagancha bahra olish imkonini
beradi. Orolni dunyoga mashhur qilgan yana bir narsa: uning bag‘rida joylashgan
Loro parkdir. Yashillikka burkangan ushbu oazis bir yo‘la uchta — ajabtovur
hayvonot bog‘i, delfinariy va ulkan akvariumni o‘zida birlashtirgan.
Loro parkka 1972-yili Volfgang Kissling tomonidan asos solingan bo‘lib,
majmua har yili 1.500.000 tomoshabinga xizmat ko‘rsatadi. Parkka olib boruvchi
asosiy yo‘l tailandcha uslubda qurilgan qishloqdan o‘tgan. Oltita uyning har biri
yog‘ochdan, tomi esa haqiqiy tillodan ishlangan. Aytishlaricha, ushbu uylar
yaqindagina orolga tashrif buyurgan Tailand qirolichasini ham hayratga solibdi.
"Loro” degan nomga park o‘zining antiqa to‘tiqushlar kolleksiyasi tufayli sazovor
bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ispan tilidan tarjima qilganda "loro” –
"to‘tiqush” degan ma’noni bildiradi. 3500 dan ziyod to‘tiqushning hammasi ham
qafasga mahkum etilmagan. Ularning anchagina qismi ochiq havoda, ayrimlari
aktyor sifatida turli ko‘ngilochar tomoshalarda qatnashib turadi. Ana shunday
tomoshalardan biri "Baby station” bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda
to‘tiqushlar qoshiq yordamida mitti qushlarni bol bilan siylaydi.
Bundan tashqari, park hududidan dunyodagi eng katta pingvinariy joy olgan.
"Pingvinlar sayyorasi”da 180 ta shu turdagi qush yashaydi. Har kuni ular
yashaydigan maydonga maxsus zambarakdan 12 tonna sun’iy qor otiladi. Bu
pingvinlarga oz bo‘lsa-da Antarktida havosini tuyish, ularning yashashi va
ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pingvinlar yashaydigan hudud oyna bilan
o‘ralgan bo‘lib, tomoshabinlar harakatlanuvchi yo‘lak orqali qushlarning epchil va
quvnoq xatti-harakatini kuzatishlari mumkin.
Parkning ulkan akvariumida esa butun dunyodan keltirilgan 15 000 dan ziyod
suv jonivorlari yashaydi. Shuningdek, oynavand suv olamida 40 turdagi tirik korall
va tropik baliqlarni uchratasiz. Akvariumdagi ajabtovur tunnel esa sayyohlarni
ohanrabo misol o‘ziga tortadi. Aynan shu yerdan turib yirtqich akulalarni yaqindan
ko‘rish imkoniyati mavjud. Jonivorlar shundoqqina boshingiz ustidan suzib
o‘tayotgan bir paytda ularning ko‘z ilg‘amas mikroskopik tishlarini ham ko‘rsa
bo‘ladi. Dengiz sherlari hamda delfinlar shousi parkning eng ommabop ko‘ngilochar
dasturi bo‘lib, tomosha 1 200 000 litr suv sig‘imiga ega basseynda o‘tkaziladi.
Bir necha yil avval Loro parkning hayvonot bog‘iga dunyoning turli
burchaklaridan 6 ta gorilla olib kelindi. Shu bahona bog‘ hududi kengayib,
shimpanze, yo‘lbars, yaguar, turna, flamingo, timsoh va ulkan toshbaqalar ham
uning bag‘ridan joy oldi. Dunyoda tengi yo‘q botanika bog‘i Loro parkning 135 000
kvadrat metr maydonni egallagan. Bog‘da turli xil ekzotik o‘simliklar, kaktus va
7000 dan ziyod palma daraxti parvarishlanmoqda. Bundan tashqari, bog‘dagi
orxideya gullaridan iborat noyob kolleksiya, ajdarho daraxti xiyoboni va parkning
eski qismidagi changalzor hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tenerifeda sarguzasht ishqibozlarining zerikib qolmasligi aniq. Chunki orolda
ular uchun yetarli shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Masalan, dunyoga mashhur
Guanchi piramidalarini olaylik. Ushbu piramidalar haligacha insoniyatni hayratga
solishda davom etmoqda. Inshootni qurishda faqat toshlardan foydalanilgan. Sababi,
o‘sha paytda mehnat qurollari asosan toshdan yasalardi. Guanchilar o‘shanda temir
nimaligini bilishmagan. Shunga qaramay, ular qurgan inshootlar o‘zining pishiqligi
va mustahkamligi bilan ajralib turgan.
Abadiy bahor orolida bir-biriga ulanib ketgan tor ko‘cha, gavjum maydon va
bozorlar, yog‘ochdan qurilgan an’anaviy uy va cherkovlar, diqqatga sazovor joylar
ko‘p. Aytishlaricha, birgina Loro parkni aylanish uchun bir kun kamlik qilarkan.
Buni bilgan sarguzasht ishqibozlarining orolga bir emas, bir necha bor tashrif
buyurishlarining asl sababi ham shu.
Mamalakatimizda ham hozirgi kunda bir qator mavzuli bog’lar, Disneylend
va akva-parklar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Poytaxtdagi akvaparklardan birortasiga
jo‘nashdan avval ularning hududlarida amal qiladigan asosiy qoidalarni yodga olish
zarur:
- kiyim bilan cho‘milish mumkin emas;
- uzun sochlar yig‘ilgan bo‘lishi kerak;
- mast holda kelish, shuningdek, akvapark hududida alkogol ichimliklar ichish
mumkin emas;
- bolalar akvaparkda doim kattalar nazorati ostida bo‘lishi kerak;
- vaqt rejimini buzganlik va shaxsiy saqlash qutichasining kalitini yo‘qotib
qo‘yganlik uchun jarima solinadi;
- o‘zi bilan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar olib kelish ko‘pchilik
akvaparklarda taqiqlanadi (chaqaloqlar uchun ozuqalardan tashqari).
Bundan tashqari akvaparklarga kirish narxlarini ko’rib chiqishimiz mumkin.
9.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |