1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

 
Tarixchi-rekonstruktorlar
– 
tarixiy 
davrlardagi 
voqea-xodisalar, 
davlatlardagi hayot, an'ana va urf-odatlarni qayta tiklash ishlari bilan 
shug’ullanuvchi odamlardir. Ular tarixiy manbalarni o'rganish asosida eski 
texnologiyalardagi qurol, kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlarini saqlab qolish 
uchun harakat qilishadi. Shuningdek ular urf-odatlar va axloq qadriyatlarini 
o'rganishadi. Tarixchilarni harbiy tarix, qurol-aslahalar qiziqtirishadi.
Rekonstruksiyaning maqsadi – o’tmishdagi tarixiy voqea-hodisalar: 
marosimlar, urushlar, turnirlar asosida massaviy ravishda teatrlashtirilgan 
tomoshalarni yaratishdir.
Turistik hodisalar kategoriyasiga ko’ra rekonstruksiya tadbirlari tafovutlanadi. 
O’tkazilish joylari farq qilib, ular qal'a, saroylar va majmualar, park, muzeylar va 
ochiq joylar bo’lishi mumkin. Misol uchun, Borodino jangi maydoni.
“Hodisalar” professional rejissyorlar, yozuvchilar, aktyorlar va teatr maktabi, 
shuningdek, oliy o'quv yurtlari talabalari, harbiy-tarixiy klublar a’zolari hamda 
havaskorlar tomonidan tayyorlanishi mumkin. Tarixiy voqea senaryis tayyorlanadi 
va tarixiy voqea yaratiladi. Bunda texnik ta’minot, tovush, yorug'lik, maxsus 
effektlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.


Bunday tadbirlar unda faol ishtirok etishni talab qiladi. Tur tashkilotchilari 
turistlar xavfsizligini ta'minlashga mas’uldirlar. 
Turistik firmalari ham “O’rmonda sayr qilayotganda birdan qaroqchilar 
to’dasi hujum qilishi” singari sirli turlarni yaratadilar. Turistik firmalar tomonidan
bir necha dasturlar tayyorlangan: “Eh, qaroqchilar”, “Hujum”, “O’g’rilar” singari. 
Bunda voqealar turistlar ishtirokida xuddi real xolatdagidek bo’lib o’tadi. Siz 
Rossiya va Ukraina hududlarida ko’chib borib o’rnashgan dehqonlarning 
harbiylashgan jamoasi (kazaklar) da teatrlashtirilgan Suvarakning “dafn” 
marosimini ko’rishingiz mumkin.
Muzeyli rekonstruksiya ham muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Muzeylarda animatsiya
 
Muzey xodimlari o’tmish davrning shart-sharoitlarini, uning muhitini 
yaratishadi va namoyish etish orqali tashrifchilarning bilimlarini oshishiga sharoit 
yaratishadi. Muzeylardagi barcha faoliyati individual ehtiyojlarni qondirish, ayniqsa 
bolalarning ehtiyojlariga asoslangan. 
Misol uchun, ekologik ekskursiyalarda hayvonlar, o’simliklarni, ularning 
alohida hususiyatlari, ularning odatlari va o'ziga xos jihatlarini o'rganish 
mumkin. Ushbu faoliyat o’smirlarda ota-bobolari an'analarini tasavvur qilish, 
hurmat qilish, ijodkorlik, estetik jihatlarni shakllantirish kabilarga xizmat qiladi. 
Muzeyda bolalar uchun animatsiya xizmatlari biror bir ertak asosida 
shakllantirilishi mumkin. Misol uchun, Irkutiskiy viloyatidagi mehmonxonalarga 
tashrif buyuruvchi turistlar o’lkashunoslik muzeyida mashhur shoir A.S.Pushkin 
tavalludining 200 yilligiga bag’ishlab shoirning “To’polonchi orol”, “Yetti 
qahramonlar o’rmoni”, “Oltin baliq bilan dengizga sayohat” singari ertaklari asosida 
tashkil qilingan sahnalarni va bezaklarni ko’rishlari va ularda ishtirok etishlari 
mumkin.
Kattalar uchun, muzeyli animatsiyaning eng yorqin na’munalarida biri 2001 
yilda Parijda bo'lib o'tgan xalqaro “Muzeylar kechasi” aksiyasi edi. 2005 yilda unga 
Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlari qo'shildi. 2010 yilda kelib 
mazkur harakatga a’zo davlatlar soni 42 taga yetdi. “Muzeyi Tungi” tadbiri har yili 
may oyida o'tkaziladi. Tadbir muzeylar kuniga bag’ishlangan. Tadbir ishtirokchilari 
teatrlashgan holatda qayta tiklangan voqealar, haykaltaroshlik, ijodiy asarlarning 
guvohi bo’lishadi. 
Turizmda animatsiya sohalaridan biri real odamlar bilan o’tkaziladigan
shou-muzeydir. Misol uchun, Plimut shahrida (AQSH)gi birinchi ko'chib yuruvchi 
ingliz muzeyida milliy shou o’tkazilgan. Ko'rgazmada eksponatlar: uy, oshxona, bog 
‘ va hokazolar real insonlar tomonidan gavdalantirildi.
“Skansen” - Stokgolmdagi kichik shved qishlog’ida joylashgan ochiq 
osmon ostidagi muzeylardan biridir. Bu yerda Shvetsiyaning turli hududlaridan 
ko'chib kelganlarning qadimiy shahar va qishloq uylari, eski shved milliy libosi, 
san'at va hunarmandchilik namunalari mavjud.
2014 yil 15 aprelda Germaniyaning Shpayer shahridagi Pfalts tarixiy 
muzeyida “Asl buyumlar, chin hikoyalar” nomli muzey ochildi, unda 100 yil avval 


cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” paroxodiga tegishli 250 ta topilma namoyish 
etilmoqda. Eksponatlar orasidan ko‘zoynaklar, seyf eshiklari, umivalnik, halokatni 
aks ettiruvchi fotosuratlar joy oldi. Shuningdek tashrifchilar turli klassdagi kayutalar 
interyerlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: birinchi klass kayutalari shoyi 
oboylar bilan qoplangan, ularning eng qimmati bugungi kunda 80 ming yevroga 
baholanadi. Uchinchi klass kabinalari esa oddiy oq bo‘yoq bilan bo‘yalib, ikki 
qavatli karavotlar bilan jihozlangan. “Titanik” layneri 1912-yil 15-aprelga o‘tar 
kechasi aysberg bilan to‘qnashib ketib halokatga uchragan, natijada 2,2 ming 
yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining 1,5 ming nafari nobud bo‘lgan.
Ko’plab turistlarni o’ziga jalb qilib kelayotagn muzeylardan biri - Madam 
Tyusso muzeyi Londonning Merilbon tumanida joylashgan, u 130 yildan buyon 
faoliyat ko’rsatib kelayapti.
Mashhurlarning mumdan yasalga figuralari saqlanadigan bu muzey Buyuk 
Britaniyadagi eng gavjum muassasalaridan biri sanaladi.
Madam Tyusso muzeyining filiallarini dunyoning turli burchakklarida 
uchratish mumkin. Londondagi mum haykalchalari kolleksiyasi yer yuzida eng eski 
deb tan olingan. Mariya Tyusso Londonga ingliz-fransuz urushidan so’ng 1802 yilda 
ko’chib kelgan va shu erda ishlab qolib ketgan. Birinchi doimiy ko’rgazma 1835 
yilda tashkil etilgan. 1884 yilda ko’rgazmani Bekyker-stritga, 1884 yilda esa
Merilbond-roudga ko’chirib o’tkazishgan. Muzey ayni paytga qadar ushbu binoda 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
Muzeyning markaziy bo’limlaridan biri “Dahshatlar hujrasi” sanaladi. Uning 
bir qismi fransuz inqiloblari va mashhur jinoyatchilar qurbonlarini o’z ichiga oladi. 
Vaqti kelib, kolleksiya tarkibiga admiral Nelson va Valter Skottning timsollari 
qo’shilgan. Keyin bu ko’rgazmaga mashhur kinoaktyorlar, siyosatchilar, 
olimlarning haykallari ham qo’shilgan. Bu yerda siz Benjamin Franklin va Jan-Jak 
Russo, «Bitlz» to’rtligi va Eynshteynni, Freyd va Bred Pittni, Juliya Roberts va 
Madonnani ham ko’rishingiz mumkin. 
Shunday qilib, tarixiy voqealar animatsiya faol dam olish uchun eng 
hayajonli animatsion turlar biri hisoblanadi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish