1-Modul: «Animatorlik xizmatini tashkil etish» fanining
maqsad va vazifalari.
Reja:
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida.
2. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat",
"madaniy dam olish faoliyati" tushunchalari.
3. Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi.
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida
Sivilizatsiyaning rivojlanishi dam olishning uzayishi va uning davomli
tarkibiy o‘zgarib turishi bilan chambarchas bog‘liq. Ayni damda ish suratining
oshishi, hayot ritmining tezlashishi, ekologik holatning o‘zgarishi insonni tang
holatga solmoqda, jismonan hamda ruhan toliqtirmoqda. Shu sababli animatsiyaga
ehtiyoj sezilmoqda, ya’ni uning yordamida kishining ichki va jismoniy kuchini
qaytadan tiklash mumkin. Shu sababdan u keyingi yillarda barqirab rivojlanib
bormoqda.
Kishining ma’naviy, ruhiy, jismoniy tiklanishida ko‘ngil ochar dasturlar
yuqori saviyada, mohirlik bilan ijro etilishi talab etiladi. Xordiq chiqarish
professional va oilaviy masalalarni hal etishda, o‘ziga ishonch hosil qilishda,
hayotga ijobiy qarashda, shu bilan birga inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni
mustahkamlashda yaqindan yordam beradi.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi
animatorlik xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga talab
turistik firmalar tomonidan ortib bormoqda. Bunda teatr va folklor guruhlari
tomonidan tashkil etilayotgan turli xildagi dasturlar fikrimizning isbotidir. Hozirgi
zamonda turizm nafaqat tinchlik elchisi, balki xalqlar o‘rtasida madaniyat va san’at
namunalarini targ‘ib qiluvchi kuch hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgach boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizm sohasida ham
malakali kadrlarni yetishtirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat
bilan respublika oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassis kadrlarni
tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu fan dasturi animatorlik xizmatini tashkil etishning asosiy
tushunchalarini yoritishga qaratilgan.
«Animatorlik xizmatini tashkil etish» fanini o’qitishdan maqsad – animatorlik
xizmati mohiyatini ochib berish, uning rivojlanishi, hozirgi kundagi ko‘rinishlarini
aniqlab olish, animatorlik xizmatining iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini
yoritib berish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda animatorlik biznesining yo‘lga
qo‘yilganini o`rgatish hamda egallangan bilimlar bo`yicha ko`nikma va malakalarni
shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga
fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish,
fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida, animatsiyaning tipologiyasi, tarixi,
ijtimoiy-madaniy servis va turizmdagi o‘rnini belgilab berish. Animatsiya turlari va
animatsiya dasturi tarkibiy qismlarini izoxlashdan iborat. Shu bilan birga
animatsiyaning texnologiyasini ishlab chiqish bilan birga animatsion dasturini ishlab
chiqishdan iborat. Jumladan, yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar hamda nuroniylarga
qaratilgan animatsion dasturlarni o‘rgatish vazifa sifatida aks ettirilgan. Bundan
tashqari animatsiya dasturini mehmonxona, restoran, bar, muzey, park va
xiyobonlarda tashkil etish haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.
«
Do'stlaringiz bilan baham: |