Yevropada ichki hududiy turizm harakteri jahoning boshqa hududlariga
qaraganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Maydoni hududiga nisbatan kichik qo‘shni
bo‘lib zich joylashgan juda ko‘p davlatlar o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, madaniy,
etnik aloqalar, ajoyib yer usti transport kommunikatsiyalari, turistik bordi-keldilarda
ortiqcha rasmiyatchiliklarning yo‘qligi, turistik infratuzilmaning rivojlanganligi,
diqqatga sazovar joylarning ko‘pligi ichki Yevropa turistik almashinuvlarga katta
imkoniyatlar yaratadi. Yevropaga barcha kelishlarning 4/5 uning hissasiga to‘g‘ri
keladi.
Dunyo miqyosi bo‘yicha hududlararo turistik almashinuv zaif rivojlangan.
Unda Amerika qit’asi, ayniqsa AQSH muhim rol o‘ynaydi va Yevropaga kelishlar
soni bo‘yicha o‘nlikka kiruvchi yevropalik bo‘lmagan yagona mamlakat
hisoboblanadi. Yevropa va dunyoda eng ko‘p turistlar tashrif buyuruvchi mamlakat-
Fransiya hisoblanadi. U asosan YEI mamlakatlaridan va ko‘hna dunyoda dam
oluvchi har beshinchi turistni qabul qiladi. Nisbatan jadal turistik almashinuv
Germaniya, Buyuk Britaniya va Benilyuks mamlakatlarida mavdud.
Keyingi vaqtda chiqish turizmining fransuz bozorida yangi tendensiyasi
paydo bo‘ldi. Shengen bitimi qabul qilingandan va birlashgan Yevropa mamlakatlari
o‘rtasida viza rejimi bekor qilingandan so‘ng Fransiyada
qisqa muddatli safarlar
ulushi o‘smoqda. Uzoq muddatli safarlar salmog‘i esa kamayapti. Fransiya hamon
dunyoda eng ommaviy turistik yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ammo uzoq muddatli
dam olish joyi sifatida jozibasini yo‘qotmoqda va turistlar asosiy ta’tillarini boshqa
mamlakatlarda o‘tkazishmoqda.
Fransiyadan tashqari Ispaniya xorijlik turistlarni qabul qiluvchi bosh
Yevropa mamlakatlari bo‘lib hisoblanmoqda. Bu ikki mamlakatda har yili 80 mln.
dan ziyod cho‘milish – plyaj va dam olishiga keluvchilarni qayd etilmoqda. Asosiy
turistlar oqimi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ispaniyada har
beshinchi dam oluvchi Germaniya yoki Buyukbritaniya fuqarosidir. Italiyada sobiq
Yugoslaviya respublikasi, Fransiya, Germaniya,
Shveysariya, Avstriya fuqarolari
ta’tillarini o‘tkazishadi.
Bugun Fransiya, Ispaniya va Italiyada ichki turistik almashinuv kuchli
kechayapti. BTT prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga borib ularning turistik birinchiligi
o‘rniga yevropaliklarning O‘rta yer dengizi Yevropa qismi turisttik markazlariga
sayohat qilishi egallaydi. Asta-sekin turizmning olis bozorlari, xususan Yaponiya,
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika
birinchi o‘ringa intila boshlaydilar. Turistlarni jalb qilish uchun ular turistik
mahsulotlarni
yangilashga
intilishadi.
O‘zlarining
savdo
markazlarini
almashtiradilar, istiqbolli kambag‘al bozorlarni izlashni faollashtiradilar. Ularning
ayrimlari hozirdanoq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Uchinchi ming yillik
arafasida Ispaniya turizm sohasida o‘z davlat siyosatini ko‘rib chiqdi. Bu unga jahon
turizm bozorida mavqeini ancha mustahkamlashga imkon yaratdi. Yevropada
chiqish turizmi geografiyasida Amerika ulushi kamayadi va tashqaridagi hududlar –
Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi.
Chiqish turizmining eng yirik bozori Germaniyada shakllandi. So‘nggi
yillarda nemislar 80 mln.ga yaqin xorijiy safarni amalga oshirishdi. Ularning soni
yiliga o‘rtacha 5 % ga ko‘payayapti. BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib
Germaniyada chiqish turizmi 2 martadan ko‘proqqa ortadi va 163,5 mln. safarni
tashkil qiladi. Jahonda har o‘n safardan biri nemis fuqarolari ulushiga to‘g‘ri keladi
va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya o‘zining yetakchiligini saqlab qoladi.
Chiqish turizmining nemis bozorida avj olishi harakterlidir. 90 % dan ortiq
safarlar Yevropa hududi doirasida amalga oshiriladi. BTT ma’lumotlarga ko‘ra, eng
yirik o‘nta turistik oqimlarning beshtasi Germaniyada tashkil qilinadi.
Nemislar o‘z ta’tillarini G‘arbiy va Janubiy Yevropada:
Ispaniya, Italiya,
Avstriya, Fransiya, Gresiya, Niderlandiya, Shveysariyada o‘tkazishni ma’qul
ko‘rishadi. Keyingi vaqtlarda turistlar uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa –
Polsha, Chexiya, Vengriya ommaviy turizmda mashhur bo‘lib bormoqda. Turstik
yo‘nalish sifatida bu mamlakatlar bosh ustunliklaridan biri ularning nisbatan
arzonligidir. Misol uchun, chegara rayonlarida yashovchi ko‘pchilik nemislar
tushlik paytida ovqatlanish uchun Chexiyaga borishadi.
Demokratlashtirish jarayonlari turistik talablar geografiyasiga sezilarli
o‘zgartirishlar kiritdi. Ular bir tomondan G‘arbiy Yevropa,
ikkinchi tomondan
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlar o‘rtasida ichki hududiy almashinuv
ulushining ortishiga imkon yaratdi. Totalitor rejimning qulashi va «Temir
pardalar»ning olib tashlanishi sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolariga g‘arb
qadriyatlari bilan yaqinroq tanishishga sharoit yaratdi. Shuningdek shopping
maqsadlar bilan sayohat qilishga imkon berdi. Chexiya aholisining turistik faolligi
keskin oshdi, chiqish turizmi hajmi bo‘yicha Fransiya, Italiya, Ispaniya,
Niderlandiya va boshqa Yevropa mamlakatlarini quvib o‘tdi. Chexiya Respublikasi
statistik xizmat mahkamasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yili chex fuqarolari
xorijga 40 mln. ga yaqin turistik safar uyushtirishgan. Turistik bozor Polsha,
Vengriya, Ruminiya, Slovaniya va boshqa davlatlarda taraqqiy etmoqda.
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadida
turizm Amerikada ham keng
rivojlanib bormoqda. Kelishlar bo‘yicha Yevropadan keyin ikkinchi o‘rinni
egallagan Amerika hududi butun jahondan turistlarni jalb etadi. Kirish turistik oqimi
to‘rt subregion o‘rtasida taqsimlanadi: Shimoliy Amerikaning Karib hududi, orol
davlatlari, Janubiy Amerika va Markaziy Amerika. Har o‘n turistik kelishlarning
yettitasi g‘arbiy yarim sharda Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi asta-
sekin kamayib borayotganiga qaramay, hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ayni
vaqtda Karib havzasi mamlakatlari, Markaziy va ayniqsa Janubiy Amerika salmog‘i
ko‘payapti.
Do'stlaringiz bilan baham: