Animatsiya
» so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, (
anima
-shamol, havo,
jon;
animatus
– jonlantirish) ya’ni
jonlantirish
,
ruhlantirish
,
hayotiy kuchga
rag‘batlantirish
,
faollikka undash
degan ma’noni anglatadi.
«Animatsiya» atamasi birinchi marta XX asrda Fransiyada turli
assotsiatsiyalar tuzish haqidagi qonun joriy etilishi munosabati bilan badiiy
ijodiyotga, madaniyatga jonli qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan faoliyat sifatida
talqin etildi.
Animatsiya – bu o‘ziga xos xizmat turi bo‘lib, u xizmat ko‘rsatish sifatini
oshirish maqsadini nazarda tutadi va shu bilan birga u mehmonlarni ularning tanish
bilishlarini qayta jalb etib, turistik biznesning foydali va daromadligini oshirish
uchun turizm bozorida turistik mahsulotlarning sotilishini tezlashtirish maqsadini
ko‘zlagan o‘ziga xos reklamaning biror shakli bo‘lib hisoblanadi.
Turizm sohasida animatsiya o‘zida animatorlarning turistlar bilan birga
bo‘ladigan bo‘sh vaqtida rasmiy va norasmiy rahbarlikning qo‘shilishi asosida
o‘zaro hamkorlikni amalga oshiruvchi mutaxassislar yo‘l boshchiligini anglatadi.
Bunday o‘zaro hamkorlik natijasida ushbu jarayon ishtirokchilarining
sog‘lomlashtirish, madaniy-ijodiy, ta’limiy ehtiyojlari va qiziqishlari qondiriladi.
Shaxsning atrof-muhit voqeyligini o‘zida his etish unga munosabatini
shaklalntirishda ijtimoiy faolligi uchun sharoit yaratadi.
Animatsiya – bu turistik faoliyatning xilma-xilligi bo‘lib, u turistik korxonalar
(turkomplekslar, mehmonxonalar, sayohat kemalari, poyezdlar va h.k.)da amalga
oshiriladi. Qaysikim, u bo‘sh vaqt uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturda ishtirok
etish orqali turistlarni turli xil tadbirlarga jalb qiladi.
Animatsiya turli xil harakterli qirralarga ega bo‘lib, u quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi;
erkin anglanishi, ko‘ngilligi, ham bir kishi, ham turli ijtimioy guruhlar
tashabbusi, faolligi bilan farq qiladi;
milliy, diniy, hududiy xususiyatlari va an’analar bilan bog‘langan;
kattalar, yoshlar, bolalar turli qiziqishlari asosida xilma-xil turlari bilan
harakterlanadi;
o‘ta shaxsiyligi, rivojlanuvchanligi, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy
harakterdaligi bilan ajralib turadi.
Animatsion faoliyatning to‘liq mohiyatini tushunish uchun uning mazmuni,
maqsadi va vazifasini qarab chiqish zarur. Chunki animatsion xizmat o‘zida alohida
jarayonni mujassam etib, qaysikim u mohiyati aniq qonuniyatlar bilan shartlanadi
(mavzuyeligi, hissiyotliligi, faolligi, maqsad sari intiluvchanligi va h.k.).
Animatsion jarayonlar, ular oldida turgan maqsad va vazifalar quyidagi tarzda
ifodalanishi mumkin (1-rasm).
Animator
Turist
Samara, manfaat (tanishish,
madaniy-oqartuv, sog‘lomlashish,
takomillashish
Ta’sir vositasi
Hayotiy kuch, faollik, ruhlantirish,
ma’naviy oziqqa rag‘batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |