O’rganish va o’quv faoliyati nazariyasi. Ta’lim olish qobiliyati.
O’quv faoliyati subektlarining xarakteristikasi sifatida. PSIXOLOGIYADA DARS O'TISH METODLARI
Pedagogik jarayon bevosita pedagog tomonidan tashkil etiladi. Pedagogik jarayon qaerda va qanday pedagog tomonidan tashkil etilmasin, u bari-bir bitta tuzilishga ega bo'ladi: ya'ni maqsad-tamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli.
Maqsad — pedagog va o'quvchi intilayotgan birgalikdagi pedagogik harakatlarning yakuniy natijalarini aks ettiradi.
Tamoyillar-maqsadga erishishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash uchun mo'ljallangan.
Mazmuni — bu tanlangan yo'nalish bo'yicha qo'yilgan maqsadlariga erishishi uchun o'quvchilarga beriladigan ajdodlar tajribasining bir qismidir.
Ta'lim mazmuni — maxsus tanlab olingan va jamiyat tomonidan (davlat tomonidan) tan olingan ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun o'zlashtirilishi zarur bo'lgan insoniyatning obyektiv tajribasi elementlarining tizimidir.
Ta'lim mazmuni — o'quv muassasasi erishishga intiladigan yakuniy natijadir, bilimlar, mahorati, ko'nikmalari, shaxsiy sifatlari kategoriyalarida ifoda etiladigan o'sha darajasi va o'sha yutuqlaridir.
Metodika — bu mazmuni yetkaziladigan va qabul qilinadigan pedagog va o'quvchining harakat vositalari, mazmuni bilan moddiylashtirilgan predmetli «ish» usuli sifatida metod bilan birgalikda foydalaniladi.
Pedagogik jarayonni tashkil etish shakli unga mantiqiy yakunlanganlik, tugallanganlikni beradi. Pedagogik jarayonning dinamikligiga uning uch tarkibi o'zaro bog'liqligi natijasida erishiladi: pedagogik, metodik va psixologik.
Psixologik tuzilish esa quyidagi komponentlarni qamrab oladi:
- idrok etish, fikrlash, anglash, eslash, ma'lumotlarni o'zlashtirish jarayonlarini;
- o'quvchilarning qiziqishlari, ishtiyoqlari, o'qish sabablari, hissiy kayfiyatlari dinamikasini;
- jismoniy va nerv—psixik keskinlikni kuchaytirish va pasaytirish, faollik dinamikasi, ishchanlik qobiliyati va toliqishini.
Shunday qilib, darsning psixologik tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat:
- idrok etish jarayonlari;
- bilim olish sabablari;
- keskinlik.
O'qitish metodlari pedagogik jarayon tuzilishida o'zining alohida o'rniga ega. Ularni o'quv materiallarini ishlab chiqish yordamida ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilaming o'zaro aloqalari usullarini navbatma — navbat almashinishi tushuniladi. «Metod» so'zi (grekcha — biror narsaga yo'l) — maqsadga erishish usuli, bilim olish usulidir.
O'qitish shakli — bu o'qituvchi va o'quvchilaming bilim olish davomidagi uyushtirilgan o'zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi o'qitish shakllari ko'rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda — dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). Metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko'rsatkichi bilim olish usuli ko'rsatilganligi va o'quvchining o'zi ishtirok etishga bogiiqligidir.
Didaktika tarixida o'qitish metodlarini turlicha guruhlarga ajratish yuzaga kelgan — so'z bilan, amaliy, ko'rgazmali - bu usullar eng ko'p tarqalgan hisoblanadi.
Har qanday usullar va metodik uslublar pedagogika amaliyotida uslublar bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |