Misol tariqasida «Tile Ullenshpigel afsonasi» go‘zal shousiga batafsil
to‘xtalamiz. U birinchi marta animatorlar tomonidan 1997 yilda «Phaselis
Rose»mehmonxonasida sahnaga qo‘yilgan. Uning ssenariyasi vikinglar xalq eposi
va Vagnerning shu nomdagi operasiga asoslangan.
Spektakldagi voqealar chor
atrofiga mash’alalar qo‘yilgan basseyn maydonida ro‘y beradi. Shu yerda
ro‘paradagi maydonda tomoshabinlar joylashishadi. Spektaklda 8-10 faol band
animatorlar ishtirok etadi va 12-15 tasi qo‘shimcha jalb qilinadi, shu jumladan,
zaldagi tomoshabinlardan ham. Spektakl repetitsiyasi bir necha kun davom etdi.
Asosiy rekvizitlar -jihozlar: 2 shatra, olovli shar.
Bir chelakda benzin,
qo‘ymichga bog‘langan lattalar artistlar libosi o‘rnini bosadi. So‘lim oqshom, osmon
to‘la yulduz, dengiz to‘lqinlari shovqini eshitilib turadi, lovullagan ma’shalalarning
baseyn suvidagi aksi oldindan sirli va jumboq muhit hosil qiladi. Vagnerning mayin
musiqa sadosi ohista taraladi, bu manzaralar allaqanday kulfat, fojea yaqinlashib
kelayotgan hissiyotini uyg‘otadi. Syujet vikinglar davriga ko‘chadi. Dushman davlat
darvozasi oldida turibdi, barcha erkak jangchilar himoyaga otlanishadi.
Shu payt
yovuz jodugar paydo bo‘ladi va yosh qirolichadan boshqa hammani sehralb qo‘yadi.
Ularni olib borib qoyaga kishanlab tashlaydi, kishan kalitlarini esa ko‘lga uloqtiradi.
Har bir harakatlar tugadi, jangchilar urushda g‘olib chiqib qaytadilar va
uyquga cho‘mgan aholini ko‘rishadi. Ularning har biriga qo‘l urishib sehr-jodudan
xolos qilishadi, ammo shaharliklar orasida qirolning rafiqasini ko‘rishmaydi.
Qidiruv natijasida oxir - oqibat uni topishadi, ammo ozod qilisholmaydi.
Chunki
uning kishani kalitini topaolishmaydi.
Shu yerda kishanlangan qirolicha ariyasi yangraydi, u qanday vaziyatda o‘zi
bilan fojea ro‘y berganini hikoya qiladi. U hammaga kalit ko‘l tubida yotganini
aytadi. G‘amga botgan qirol iztirobdan o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi. Kalitni
qidirib ko‘lga ketgan odamlar quruq qo‘l bilan qaytishadi. (Animatorlar basseyn
o‘rtasida vindeerfinglar ustida suzishib suvda bir qator sinxron harakatlarni
bajarishadi). Saroy xodimlari qirol ko‘nglini yozish uchun uning oldida raqsaga
tushadilar. (Vagner musiqasi zamonaviy kunlar bilan uyg‘unlashib avj pardalarda
yangraydi). Olovli shou (akter-faqirlarning ikkitasi
yonayotgan shar bilan nomer
ko‘rsatishadi. (Uzun zanjirning ikki uchiga kerosin shimdirilgan katta uvada sharlar
mahkamlangan. Kerosinni yoqishadi va aktyorlar zanjirdagi sharlarni bir maromda
silkitib har tomonga aylantirishadi). Tomosha haddan tashqari, g‘ayritabiiy va biroz
sirli va qo‘rqinchli. Ammo bu urinishlar ham qirolning ko‘nglini yozolmaydi. U
ariya kuylab, barchani kalitini qidirishga chaqiradi. Qirol talabiga ko‘ra, har bir kishi
biron-bir kalitni unga keltirishi kerak. Biroq kaliti kishan qulfiga to‘g‘ri kelmagan
kimsa jazoga mahkum etiladi. Qirolga kalitlar keltirishadi, ammo birortasi to‘g‘ri
kelmaydi, ularni olib kelganlar turmaga tashlanadi. Qizlardan biri ham o‘zi topgan
kalitni berishga qaror qiladi. Biroq uning qallig‘i Tilli uni bunday qilmaslikka
undaydi, lekin qiz baribir qirolga boradi. Uning kaliti ham to‘g‘ri kelmaydi, qiz
qa’laga qamaladi. Tillini esa shahardan quvib yuborishadi (qiz ariyasi yangraydi: u
sevikli hijronini kuylaydi).
Tunda Till yashirincha qishloqqa kirib keladi va o‘zi sevgan qizni o‘g‘irlashga
urinadi. Ammo qo‘riqchilar ularni ushlab olishadi. Qizni yana qamab qo‘yishadi,
yosh yigiti esa qirolni duelga chaqiradi. Till va qirol olishadi va Till qilichini tushirib
yuboradi. Qirol Tillni o‘ldirish uchun endigina egilganida, farishta paydo bo‘lib,
Tillga kalit qayerdaligini aytadi. U ko‘lga shung‘ib kalitni olib chiqadi va qirolga
beradi, u esa qirolichani ozod qiladi va Tillning qallig‘ini qo‘yib yuboradi. Qirol
baxtiyor. Xalq olqishlaydi. Sevgi g‘olib chiqdi, adolat tantana qildi.
Tomosha tafsilotlarining ertak va romantik syujeti g‘oyat jozibali va go‘zal.
Unchalik professional bo‘lmagan aktyorlar o‘ynaganligiga qaramay tomosha dam
oluvchilarni hayajonga solib, olqishlariga sazovar bo‘ldi. Ularda hech narsa bilan
tenglashtirib bo‘lmaydigan hissiyot uyg‘otdi. Dastur
zamonaviy musiqada klub
raqslariga tushish bilan yakunlanadi. Tomoshada ishtirok etgan animatorlar nomlari
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: