o'yinlari, guruhli raqslar, tanlovlar tashkil etiladi, shuningdek fitness xonasi, sauna,
maxsus hovuzlar taklif etiladi.
Ayrim xorijiy mehmonxonalarda bir qator animatsiya xizmatlari tashkil qilib
kelinadi. Tunis hududidagi kurortli komplekslarda folklorlarning namoyishini
kuzatish mumkin. Shri Lankada har yakshanba kuni “Sharq raqslari” festivali tashkil
etiladi. Har bir sharqona raqs san'atiga qiziquvchilar unda qatnashishi
mumkin. Amerika Qo'shma Shtatlarida animatsiya dasturlari asosan turli
attraksionlar va ko’ngilochar majmualarda o’tkaziladi. Italiyadagi animatorlar
guruhi: Rimdagi gladiatorlar jangi va Kolizey,
mashhur Salb yurishlari, Pantonda
xudolar sharafiga o’tkaziladigan ritsarlar musobaqalari, Uyg'onish davri
qahramonlari singari teatr tomoshalarini namoyish etishadi. Chexiya va
Vengriyadagi animatorlar turistlar bevosita aktyor sifatida ishtirok etishi mumkin
bo’lgan “Ruh bilan tanishish” nomli teatrlashgan tomoshalarni namoyish etishadi.
Ushbu dastur ajoyib sarguzashtlar hamda shou-tomoshalar bilan bezatilgan.
Tashkilotchilar animatsiya dasturini shakllantirish davomida quyidagilarni
aniqlash kerak:
• Maqsadli dasturning auditoriyasini (animatsiya dasturi kimga mo’ljallangan)
kimlar tashkil etadi?
• Animatsiya dasturi mazmunida (asosiy g'oyasi, maqsadi, vazifalari) nima
yotadi?
• Animatsion dasturni qanday qilib (maqsadga erishish uchun qo’yilgan
vazifalar va ularning yechimlari) amalga oshirish lozim?
Animatsiya faoliyati - asosan G'arb davlatlariga mansub hodisadir.
Mamlakatimizda u hali unchalik yaxshi rivojlanmagan. Bugungi kunda, ayrim
mehmonxonalarda yangi yilni jonli o'yin-kulgi bilan o'tkazish yo’lga qo’yilmoqda.
Misol uchun Moskvadagi mashhur “Heliopark”
mehmonxonasi animatsiya
jamoasi borligi bilan xarakterlanadi. Mehmonxonada turizm va dam olish yutuqlari
to'plangan. Bu yerda kelayotgan turistlar Sentyabr oyida yangi yilni nishonlash,
“Tekila-bum”, “Gavaya kechasi” singari qiziqarli shoularda ishtirokchi sifatida
qatnashish, pivo bayramini nishonlash hamda qo’rqinchi “Helloveen” bayramida
ishtirok etishni maqsad qilishadi. Turistlarning buyurtmalari asosida xuddi shu kabi
korporativ tadbirlar, ko’ngilochar mazmundagi dasturlarni o'tkazish an'anaga
aylanib bormoqda. Tijorat tashkilotlari o'rtasida mashhur bo’lgan dasturlardan yana
biri – timbildingdir (
Teambuilding
– yaratilgan qulay muhitda jamoaviy dam
olishning faol shakli).
Mehmonxona ehtiyojlari va ichki sayyohlar mentalitetimizga moslashtirilgan
animatsiya uchun Rossiyaning yondashuv, topdi.
XX asrda Rossiyadagi animatsiyaning an'anaviy shakllaridan biri –
buy oz
faslida nishonlanadigan “
Neptun kuni
” bayramidir. Bayramda Rossiyalik milliy
hunarmandlar milliy uslubdagi binolarni, haykalchalarni, mehnat namunalarini
namoyish etishadilar, milliy xalq qo'shiqlari va raqslar ijro etiladi,
tomoshabinlar
ushbu marosimlarga faol jalb etiladi, shuningdek, bayramda milliy taomlar iste’mol
qilinadi hamda mehmonlarga “Milliy rus taomlari retsepti” kitobi sovg’a sifatida
taqdim etiladi.
Pahlavonlar turnirlarida ishtirok etish, ko’chmanchi aholilarning hayoti bilan
yaqindan tanishish, “Lo’lilar makoni”dagi chodirlar, ularning otlari, ayiqlari bilan
tanishish eng qiziq hodisalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Turli mamlakatlarda an’anaviydan tortib zamonaviy shakllargacha har xil
madaniy va ko'ngilochar dasturlar mavjud. Ularning ko’pchiligi yaxshi dam olish
faoliyatini ta’minlashi mumkin.
Mehmonxona komplekslarida animatsion dasturlar, o'yin-kulgi xizmatlarini
tashkil qilish uchun korxona tarkibida restoranlarning
faoliyat yuritishi muhim
ahamiyatga ega. Restoranlarda xalqaro va milliy turistlar uchun bir qator mashhur
bo’lgan o'yin-kulgi dasturlari, musiqa kechalari, konsertlar, namoyishlar, mavzuli
kechalar, san’atkorlar bilan uchrashuvlar, moda namoyishlari va boshqalar
o’tkazilishi mumkin.
Varete
– repertuarida bir qator komedik ko’rinishlarni jamlagan yengil
ko’rinishdagi teatr janridir. Varete dasturi bir mavzu yuzasidagi mavzular yoki
alohida-alohida mavzuga oid nomerlardan tashkil topishi mumkin. Varete barcha
uchun umumiy bo’lgan raqslari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Raqslarda yuqori
temperament, ritm, sur'at, vaqt tezligi namoyish etiladi.
Musiqa kechalari
Ingliz tavernalarida vujudga kelgan. U asta-sekinlik bilan
katta balet guruhlari ishtirok etuvchi musiqa tadbiriga aylangan.
Konsert
turli janrlardagi mustaqil nomerlardan iborat. Undagi ketma-
ketlikning to’g’ri tashkil etilganligi tomoshabinning qiziqishini oshiradi. Bu
ijrochining qobiliyatiga va tashkil etilganlik darajasiga bog’liq.
Ko’rgazmada
, namoyish etiladigan ob’yektlar mavzusiga ko’ra alohida-
alohida nomerlarda tashkil qilinadi. Ko’rgazmadagi buyumlar va voqealar umumiy
g'oyalarni ifoda etadi.
Mavzuli kechalar
bir mavzu doirasida turistlarning maroqli dam olishlari va
ma’lumotlarga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Unda qo'shiqchilarning,
balet
raqqoslari guruhlarining, vokal-cholg’u ansambllarining chiqishlari alohida joziba
kasb etadi. Unda dizayn, yoritkichlar, loyiha tizimlari, TV ekranlar va boshqalar
alohida o’rin tutadi.
Musiqiy dastur
- orkestrlar, ansambllar va
individual musiqachilarning
musiqali chiqishlari.
Shou-taqdimot
– takrorlanmas yorqin namoyishlar.
zamonaviy restoranda Hodisalar quyidagi mezonlar asosida tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: