7-Amaliy Mashg’ulot Mavzu: Tormoz Tizimi Sxemalarini Taxlil Qilish. Gidravlik yuritmadagi asosiy elementlarning tuzilishini. Asosiy tormoz silindri (11.6-rasm) kuzov kronshteyniga o‘rnatilgan tormoz pedalidan ishga tushiriladi. Asosiy silindr korpusi 1 tormoz suyuqligi to‘ldiriladigan rezervuar bilan birgalikda tayyorlangan. Silindr ichida rezinali zichlovchi halqa kiydirilgan aluminiy porshen 3 joylashgan. Porshen pedal bilan sharnirli biriktirilgan turtkich ta’sirida harakatlana oladi. Porshen tubi poiat shayba orqali, prujina 8 bilan siqib turilgan zichlovchi manjetaga 5 tiralib turadi. Shu prujina 8 ichida haydash klapani joylashgan kiritish klapanini uyaga siqib turadi.
11.6-rasm. Asosiy tormoz silindri: 1-korpus; 2-zichlovchi xalqa; 3-porshen; 4-yo‘naltiruvchi xalqa; 5- zichlovchi xalqa; 6-qaytaruvchi shayba; 7-shayba; 8-prujina; 9-zichlovchi shaybasi; 10-stopor bolti tiqin; 11-porshen; 12- rezervuar zichlovchisi; 13- rezervuar; 14-suyuqlik satxi datchigi. Orqa g‘ildirak tormoz mexanizmining tormoz silindri cho‘yan kor-pusdan iborat bo‘lib, uning ichiga zichlovchi rezinali manjetasi bo‘lgan ikkita aluminiy porshen joylashtirilgan. Porshenning sirtiga eyilishini kamaytirish uchun po‘lat suxariklar qo‘yilgan. Silindr ikki tomonidan himoyalovchi rezina g‘ilof bilan berkitilgan. Silindr bo‘shlig‘iga suyuqlik, biriktiruvchi shtutser burab kirgazilgan teshik orqali kirib keladi. Silindr bo‘shlig‘idan havoni chiqarib yuborish uchun tashqi tomondan rezina qalpoq kiydirib qo‘yilgan haydab chiqarish klapanidan foydalaniladi. Silindrda kolodkalar bilan baraban orasidagi tirqishni rostlab turuvchi qurilma mavjud. Bu qurilma silindr korpusiga tig‘izlik hisobiga joylashtirilgan prujina sifat tirgak halqadir (11.7-rasm).
11.7-rasm. Orqa g‘ildirak barabanli tormoz mexanizmi. Zamonaviylashtirilgan pnevmatik yuritmaning chizmasi– (11.10-rasm) quyidagi mustaqil konturlardan iborat: oldingi g‘ildiraklar tormoz mexanizmlarining yuritmasi; orqa g‘ildiraklar tormoz mexanizmlarining yuritmasi; to‘xtab turish va ehtiyot tormoz tizimlarining (orqa g‘ildiraklarga ta’sir etuvchi) yuritmasi hamda tirkama g‘ildiraklari tormoz mexanizmlarining yuritmasi; to‘xtab turish tormoz tizimini avariyali (halokatli) bo‘shatish yuritmasi; avtomobildagi boshqa pnevmatik asboblarning yuritmasi. Barcha konturlarda siqilgan havo bosimini avariyali pasayishini yorugiik bilan daraklovchi, pnevmoelektrik datchiklar o‘rnatilgan.
11.10-rasm. Pnevmatik yuritmali tormoz tizimi sxemasi: 1-tormoz kamerasi; 2-ikki strelkali manometr; 3-to‘xtab turish tormoz tizimini tormozdan chiqarish krani; 4- to‘xtab turish tormoz tizimini boshqaruv krani; 5-kompressor; 6-bosim regulyatori; 7-muzlashdan saqlovchi; 8-ikki karra saqlash klapani; 9- uch karra saqlash klapani; 10-2-kontur resiveri; 11-4-kontur resiveri; 12-3-kontur resiveri; 13-energoakkumulyatorli tormoz kamerasi; 14-tezlashtiruvchi klapan; 15- to‘xtab turish tormoz tizimini signal lampasini ishga tushiruvchi datchik; 16-ikki magistralli klapan; 17-ajratuvchi kran; 18-A va Palm turli ulash kallaklari; 19-yakka saqlash klapani; 20-3-kontur resiveri; 21-tormoz kuchlarini avtomatik sozlovchi; 22-1-kontur resiveri; 23-yordamchi tormoz tizimi zaslonka yuritmasi pnevmotsilindri; 24-ikki sektsiyali tormoz krani; 25-bosimni cheklovchi klapan.