1-Amaliy Mashg’ulot Mavzu: Trаnsmissiyaning klаssifikаsiyasi vа kоmpоnоvkа sxеmаlаri.
Energiyani uzatish usuliga ko‘ra transmissiyalar mexanik, gidromexanik, elektromexanik va gidrohajmiy turlarga, uzatish sonini o‘zgartirish xarakteriga ko‘ra – pog‘onali va pog‘onasiz, uzatish sonlarini boshqarish usuliga ko‘ra – avtomatik va mexanik, kuch oqimlari soniga ko‘ra – bir va ikki oqimli bo‘ladi. Pog‘onali mexanik transmissiyalar uzatmalarni almashtirish qo‘lda yoki avtomatik boshqariladigan bo‘ladi.
IYoD yuqori quvvat va yuqori tejamkorlikda qisqa aylanishlar chastotasi diapazonida (nominal atrofida) ishlaydi. Pog‘onali transmissiyalarda bosqichlar qat’iy o‘zgarmas uzatish sonlariga ega, shuning uchun harakat tezligi sakrab – pog‘onali o‘zgaradi (1.1-rasm). Pog‘onasiz transmissiyalarda uzatish soni hohlagan qiymatga ega bo‘lishi mumkin, shuning uchun bu transmissiyalar pog‘onali transmissiyalarga nisbatan ma’lum afzalliklarga ega.
Pog‘onali transmissiyada dvigatelni to‘liq yuklash faqatgina tortish kuchlarining boshqa konkret qiymatlarida amalga oshirish mumkin. Real sharoitlarda tortish kuchining qiymatlari keng miqiyosda o‘zgaradi, va Rkr ning boshqa qiymatlarida I uzatmani qo‘shish lozim (nuqta 2), bunda dvigatelni to‘liq quvvat bilan yuklashning iloji bo‘lmaydi. Grafikdagi shtrixlangan yuzalar pog‘onali transmissiyada foydalanish mumkin bo‘lmagan quvvatga mos keladi.
Avtomobildan foydalanish imkoniyatini yaxshilash uchun uzatish soni oshirishadi (1-rasmdagi shtrix chiziqlar). Eng yuqori uzatish sonida (shartli cheksiz) deyarli pog‘onasiz transmissiya olinib, unda hohlagan tortish kuchida dvigatelni to‘liq quvvat bilan yuklash imkoni tug‘iladi, natijada esa agregatning moqimal samaradorligi ta’minlanadi. Shuning uchun traktorlar va avtomobillar uchun pog‘onasiz uzatmalar istiqbolga ega.
Gidromexanik transmissiyalarda dvigatel va transmissiyaning mexanik qismi orasiga gidrotransformator yoki gidromufta o‘rnatilib, dvigaetl bilan transmissiyaning gidravlik bog‘lanishi ta’minlanadi. Gidrotransformator yuklanish o‘zgarganda burovchi momentni avtomatik va pog‘onasiz ravishda o‘zgartirib beradi. Gidromuftalar uzatilayotgan burovchi momentni o‘zgartirmaydi. Ular doimo turbina g‘ildiragini nasos g‘ildiragiga nisbatan sirpanishi hisobiga ishlaydi, ya‘ni quvvat yo‘qotilishi bilan.
Nominal rejimda sirpanish uncha katta emas: 2...3%. Dvigatelning salt ishlash rejimida, uzatmalar qutisidagi tishli g‘ildiraklarni zarbsiz gidromufta zarbsiz qo‘shishni qiyinlashtiradi, shuning uchun, odatda u bilan birga friksion ilashma o‘rnaitladi.
Elektromexank transmissiyada dvigatel elektrogeneratorni harakatga keltiradi, uning energiyasi esa elektrodvigatelga uzatiladi. Elektrodvigateldan tishil reduktor orqali yetakchi g‘ildirak harakatga keltiriladi.
Gidrohajmiy transmissiyalarda suyuqlikning gidrostatik bosimidan foydalaniladi. Dvigatel moyni yuqori bosim bilan hajmiy gidrodvigatelga xaydaydigan gidronasosni harakatga kelitradi, yetakchi g‘ildiraklarga o‘rnatilgan gidrodvigatel ularni aylantiradi. Etaklovchi g‘ildiraklardagi burovchi moment va ularning aylanish chastotasi ichki yonuv dvigatelining ma’lum o‘zgarmas ish rejimida gidrodvigatelning parametrlarini o‘zgartirish hisobiga, yoki dvigatelnig quvvatini rostlash natijasida amalga oshiriladi.
Gidrohajmiy transmissiyaning afzalliklari: etaklovchi burovchi momentni pog‘onasiz va harakat tezligini keng miqiyosda o‘zgarishi; masofaviy boshqarish qulayligi (avtomobilning turli qismlarida joylashgan agregatlar o‘zaro moy quvurlari bilan bog‘langan); mexanik transmissiyani to‘liq o‘rnini bosadi; avtomobilni tormozlash gidravlik tizim yordamida amalga oshiriladi. Biroq bu transmissiya momentni avtomatik o‘zgartira olmaydi, shuning uchun u bilan birga yuklanishlar o‘zgarishini sezuvchi – rostlash qurilmasi o‘rnatiladi.
Mexanik transmissiyalarda (1.2-rasm, a, b, v, d) dvigatelning energiyasi ilashish muftasi, tishli g‘ildiraklar, bog‘lovchi vallar, sharnirlar va boshqalar orqali uzatiladi.
Tishli uzatmalar bazasida bajarilgan mexanik transmissiyalar pog‘onali bo‘ladi. Ular qo‘l bilan yoki maxsus boshqaruvni talab etib, har doim ham dvigatelning optimal ish rejimini ta’minlay olmaydi. Biroq ular, uncha katta bo‘lmagan narhi, yuqori ishonchlik va FIK, konstruksiyasining soddaligi, nisbatan katta bo‘lmagan massa va gabarit o‘lchamlarining hisobiga keng qo‘llanilmoqda. Shuning uchun quyida asosan pog‘onali mexanik transmissiyalarni ko‘rib chiqiladi.
1.2.-rasm. Transmissiyalar komponovka sxemalari:
a — klassik komponovka; b — old yetakchi g‘ildirakli yuritma; v — old yetakchi ko‘prikli yuritma; g — elektr va gidrotransmissiya komponovkasi; d— zanjirli avtomobil transmissiyasi; 1 — dvigatel’; 2 — ilashish muftasi; 3 — uzatmalar qutisi; 4 – oraliq (kardanli) uzatma; 5 — orqa yetakchi ko‘prik; 6— sinxron sharnirlar; 7 – old yetakchi ko‘prik; 8 — tarqatish qutisi; 9 — elektrogenerator yoki gidronasos; 10— elektrik yoki gidravlik bog‘lanish; 11 — elektr yoki gidrodvigatel; 12 — bosh uzatma; 13 — oxirgi uzatma
Do'stlaringiz bilan baham: |