4-Amaliy Mashg’ulot
Mavzu: Kardan Uzatmalarining Sxemalarini O’rganish.
Kаrdаnli uzаtmаlаrning kоnstruksiyasi.
Kardanli uzatma — vallari bir-biriga nisbatan parallel yoki oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan, yetakchi valdan yetaklanuvchi valga aylanma harakat uzatadigan qurilma. Italiyalik olim J.Kardano nomi bilan atalgan. Kardanli uzatma kardan val va uning uchlariga mahkamlangan kardanli mexanizmlardan iborat. Asosan, avtomobillar, traktorlarda shuningdek, aylantirish momenti yetakchi koʻprikdagi bosh uzatmaga uzatmalar qutisi yoki tarqatish qutisidan uzatiladigan boshqa transport mashinalarda qoʻllaniladi.
Avtomobilning yetakchi ko‘prigi uzatmalar qutisi yoki taqsimlash qutisiga nisbatan pastroqda joylashgan. Shuning uchun kuch uzatuvchi kardanli uzatmaning vali uzatmalar qutisi yoki taqsimlash qutisi valiga nisbatan burchak ostida joylashadi. Yetakchi ko‘prik ramaga elastik osmalar yordamida maxkamlanishi sababli avtomobilning xarakatida u vertikal tebranib turadi. Bu esa o‘z navbatida burchakning shuningdek, kardan valning uzunligini o‘zgarib turishiga olib keladi.
Kardanli uzatmaning vazifasi o‘qlari bir chizikda yotmagan va o‘zaro joylashuvi o‘zgarib turadigan vallar orasida burovchi mometni uzatib borishdan iborat (5.1-rasm).
5.1-rasm. Kardanli uzatma qismlarining joylashuv sxemasi
1-elastik mufta; 2-oraliq kardan vali; 3- oraliq tayanch podshipnik; 4- shlitsli birikma; 5-8-kardanli sharnirlar; 6-asosiy karlan vali; 7-kardan vali balansiri; 9-asosiy uzatma; 10- asosiy uzatmaxvostovigi; 11-ressora; 12-rama.
Qutilar 1 dvigatel bilan birgalikda ramaga biriktirilgan, yetakchi ko‘prik 9 esa ramaga 11 osmalar 10 yordamida maxkamlangan, vallardagi 3,7 burovchi moment yetakchi ko‘prikka uzgaruvchan burchak ostida uzatiladi, shu sababli kardanli uzatma orqali berilayotgan burovchi moment o‘zgaruvchan burchak ostida uzatiladi.
Kardanli uzatmalarning o‘rnatilish joylari: uzatmalar qutisi bilan yetakchi ko‘prik orasida; uzatmalar qutisi bilan taqsimlash yoki qo‘shimcha quti orasida; uch o‘qli avtomobillarning ikkita yetakchi orqa ko‘priklarning asosiy uzatmalari orasida; mustaqil osmali yetakchi gildiraklarning yarim o‘qlari bilan asosiy uzatma orasida; oldingi gildiraklari boshkariluvchi gildiraklar bilan yarim o‘qlar orasida; rul chambaragi bilan rul mexanizimi orasida; va shunga o‘xshash boshqa yordamchi mexanizmlarda.
Konstruksiyasi bo‘yicha kardanli sharnirlar ikki turga bo‘linadi: bikr va elastik sharnirlar. Bikr sharnirlar ikki turga bo‘linadi: burchak tezligi teng va teng bo‘lmagan kardanlar. Elastik kardanlar xam ikki turga bo‘linadi: rezina vtulkali va rezina diskli. Bikr xamda burchak tezliklari teng bo‘lmagan kardan sharnirlar podshipniklarning turi buyicha: sirpanuvchi vtulkali va ninasimon podshipnikli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |