1-AMALIY MASHG’ULOT
Hujayra va to’qima kulturasini olish usullarini o’zlashtirish
1.Hujayra va to‘qimalar kulturasi. Hujayralar biotexnologiyasi hujayralarning in vitro sharoitida yashash, ko‘payish va regeneratsiyalanish xususiyatlariga, hamda ularning totipotentligiga asoslanadi. Ajratilgan to‘qimalarni steril sharoitida, sun’iy oziqa muhitlarda in vitro kulturalash usuli biotexnologiyada qimmatli genotiplarni saqlash, ko‘paytirish, ularning embriogenezini amalga oshirish va ekish materiallarini sog‘lomlashtirish maqsadlarida keng foydalaniladi.
2.Hujayra va to‘qimalar kulturasi yo‘nalishlari Biotexnologiyada ajratilgan hujayra va to‘qimalar kulturasi rolini uchta yo‘nalishda ko‘rish mumkin.
Birinchi yo‘nalish – ajratilgan o‘simlik hujayralarining tibbiyot, parfyumeriya (attorlik), kosmetika va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun ikkilamchi sintez moddalar: alkaloidlar, steroidlar, glikozidlar, gormonlar efir moylari va boshqa moddalarni sintez qilish xususiyati bilan bog‘liq. Ikkilamchi sintez moddalar qattiq (agarli) yoki suyuq (suspenziyali kultura) oziqa muhitlarida o‘stirilgan kallus to‘qimalaridan olinadi. Hujayralar texnologiyasi asosida foydali o‘simliklar hujayralaridan quvvatni oshiruvchi va tetiklashtiruvchi moddalar olinib, ular tibbiyot va attorlikda keng qo‘llaniladi.
Ikkinchi yo‘nalish–ajratilgan to‘qimalar kulturasidan ekish materiallarini virusdan holi qilish va ko‘paytirishda foydalanish. Bu usul o‘simliklarni klonli mikroko‘paytirish usuli deb ataladi va bir yilda bitta meristemadan yuz minglab o‘simliklar olish imkonini beradi.
Uchinchi yo‘nalish–ajratilgan hujayralardan o‘simliklar seleksiyasida foydalanib, tez rivojlanuvchi, turli tashqi omillar ta’siriga qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, past va yuqori harorat, fitopatogenlar, og‘ir metallar va boshqalarga chidamli tez rivojlanuvchi o‘simliklardan foydalanish.
SHuningdek, bu yo‘nalish orqali ajratilgan protoplastlarni qo‘shish va jinssiz (somatik) duragaylar olish yo‘li bilan yangi o‘simliklar yaratish ishlarini ham amalga oshirish mumkin. Gen muxandisligi usullari yordamida ajratilgan protoplastlarga yot genlarni kiritish kelajakda yangi xususiyatli o‘simliklar olish imkonini beradi. Ajratilgan changdon va urug‘ kurtaklarni sun’iy oziqa muhitida kulturalash orqali gaploidlar olish, puch, unmaydigan (endosperi yaxshi rivojlanmagan) duragay urug‘lardan o‘simliklar olishga erishish mumkin. Probirkada chatishtirish orqali esa ba’zi o‘simliklarning o‘zaro chatishmasligini engish mumkin. Hujayra va to‘qimalar kulturasidan foydalanishda muvaffaqiyatga erishish uchun, avvalombor hujayralarning normal bo‘linishi, differensiyalanishi va regeneratsiyalanib, ulardan etuk o‘simlik hosil bo‘lishi kabi fiziologik jarayonlarni optimallashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |