1-amaliy mashg’ulot hujayra va to’qima kulturasini olish usullarini o’zlashtirish Hujayra va to‘qimalar kulturasi


O‘simlik hujayra va to‘qimalar kulturasini rivojlanish tarixi



Download 1,13 Mb.
bet2/20
Sana10.06.2022
Hajmi1,13 Mb.
#651233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Bio BT amaliyyyyyyyyyyyyyy

3.O‘simlik hujayra va to‘qimalar kulturasini rivojlanish tarixi. O‘simlikdan alohida ajratilgan to‘qimalarni kulturalashga ancha yillardan buyon harakat qilib kelingan va bu usulning rivojlanish tarixi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
I- bosqich (1882 –1902 yillar) G.Xaberlandt, Fyoxting, Rexinger kabi nemis tadqiqotchilari nomlari bilan bog‘liq. Ular tomonidan saxaroza eritmasida turli o‘simliklarni kulturalashga harakat qilingan. Qoqio‘t va terak poyasi segmentlarida birinchi kallus to‘qimalari olingan va kallus hosil qilishga qobiliyatli segmentlarning minimal o‘lchami aniqlangan. Xaberlandt har qanday o‘simlik hujayrasining totipotentligini ya’ni hujayra o‘zining rivojlanish potensialini sarflab, ma’lum kulturalash sharoitida etuk o‘simlik hosil qilish qobiliyati haqidagi ilmiy nazariyalarni ilgari surgan.
II-bosqich (1902 –1922 yillar) hayvon to‘qimalarini kulturalash uchun oziqa muhiti yaratildi. Bu oziqa muhitlar tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lib, tarkibi qon plazmasi va embrion (pusht) suyuqligidan iborat bo‘lgan. Bu davrda ajratilgan o‘simlik to‘qimalarini o‘simlik ekstrakti tutuvchi sun’iy oziqa muhitlarlarda o‘stirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi, chunki tajribalar uchun yuksak o‘simliklarning o‘sish faolligini kam namoyon qiladigan hujayra va to‘qimalari tanlangan edi.
III-bosqich (1922 – 1932 yillar) Bu davrda amerika olimi V.Robins va nemis olimi Kotte bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda pomidor va makkajo‘xori ildiz meristemalarini qattiq oziqa muhitlarida kulturlash imkoniyatining mavjud ekanligini aniqlashdi. Ammo ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, o‘simlik to‘qimalari qo‘ng‘ir rangga kirib nobud bo‘lgan.
IV-bosqich (1932-1940 yillar) fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog‘liq. U o‘simlik to‘qimalarini in vitro sharoitida uzoq vaqt kulturlashga to‘qimalarni vaqti – vaqti bilan yangi oziqa muhitga ko‘chirib o‘tkazish orqali erishish mumkinligini isbotladi.
V-bosqich (1940-1960 yillar) 1955 yilda sitokinin fitogormonlarining yangi sinfi, aniqrog‘i kinetinning kashf etilishi munosabati bilan, tamakini o‘tkazuvchi to‘qimalari va kambiydan holi qilingan o‘zak parenxima to‘qimasi hujayralarining bo‘linishini stimullash imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘simlik stimulyatorini miqdori va nisbatiga bog‘liq holda eksplantdagi hujayralar bo‘linishini tezlashtirish, kallus to‘qimasi o‘sishni davom ettirish va morfogenezini indutsirlash mumkinligi aniqlandi.
VI-bosqich (1960 – 1975 yillar) Bu davrdagi muhim voqealardan biri, Hottingem universiteti professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo‘l bilan protoplastlarning ajratilishi bo‘ldi. U hujayralar devorini gidrolizlovchi fermentlar yordamida pomidor mevasi va ildizidan protoplastlar ajratib oldi va va nazoratdagi sharoitda kulturaladi. Keyinroq 1970 yilda shu laboratoriyada Pauer va uning shogirdlari tomonidan protoplastlarni qo‘shish orqali, somatik duragaylar olishning yangi usuli yaratildi. Bu davrda yaratilgan yana bir usul, bu in vitro sharoitida meristema kulturasidan foydalangan holda o‘simliklarning mikroko‘paytirishdir. Bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan dastlab orxideya o‘simligining sog‘lomlashtirilgan ko‘chatlarini ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
VII-bosqich (1975 yildan hozirgi kunga qadar) in vitro texnikasi jadal rivojlanishi davom etmoqda, kulturalanayotgan ob’ektlar biologiyasi o‘rganilmoqda, ajratilgan protoplastlarni elektr toki yordamida qo‘shish usullari, hujayralar seleksiyasi va mutagenezi usullari, gaploid o‘simliklar yaratish usullari yaratilmoqda. Protoplastlar va Agrobacterium tumefaciens va A. rhizogenasning Ti va Ri plazmidalari asosidagi vektorlaridan foydalanib, hujayralarni chuqur kulturalash usullari mukammallashtirilmoqda. Gen muxandisligi usullari yordamida ikki pallali o‘simliklar hujayrasiga genlarni ko‘chirib o‘tkazishning samarali usullari ishlab chiqildi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish