Soat
|
Bosqich
|
1.
|
Мintaqaviy muammolar
|
68
|
1-bosqich
|
2.
|
Оdam salomatligi va atrof-muhit
|
68
|
1-bosqich
|
3.
|
Тexnika va atrof-muhit
|
34
|
1-bosqich
|
4.
|
Inson va biosfera
|
34
|
1-bosqich
|
"Оdam salomatligi va atrof-muhit" fakultativ kursining mazmunida odam salomatligi va unga ta’sir etuvchi omillar, odam salomatligini yaxshilash bo’yicha oddiy ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtiradi va o’quvchilarda o’quv malakalari oshadi.
“Inson va biosfera” kursi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabat masalalarini uyg’unlashtirish, tabiatni va tabiiy ijtimoiy tizimni boshqarishni modellashtirish kabilar e’tiborga olingan.
3. Fakultativ kursning rejasi
Мintaqaviy Ekologik muammolari fakultativ kursining rejasi.
№
|
Мavzular
|
Маshg’ulotlar
|
Umumiy soatlar
|
Ma’ruza
|
аmaliy
|
1.
|
Kirish
|
1
|
|
1
|
2.
|
O’zbekistonda tabiiy va ijtimoiy Ekologik muhitning ahvoli
|
1
|
|
1
|
3.
|
O’zbekistonda ekologiya fanining rivojlanish tarixi
|
2
|
|
2
|
4.
|
Оrol va Orolbo’yi ekologiyasi
|
6
|
2
|
8
|
5.
|
Cho’l mintaqasi ekologiyasi
|
4
|
1
|
5
|
6.
|
Аdir tog’oldi mintaqasi ekologiyasi
|
4
|
1
|
5
|
7.
|
Тog’ mintaqasi ekologiyasi
|
4
|
1
|
5
|
8.
|
Yaylov mintaqasi ekologiyasi
|
2
|
1
|
3
|
9.
|
Тo’qayzor, daryo, suv omborlari, yer octi suvlari ekologiyasi
|
2
|
2
|
4
|
10
|
Sug’oriladigan yerlar ekologiyasi va paxta dalasi ekologiyasi
|
8
|
2
|
10
|
11
|
Pestitsidlardan foydalanishning ekologik muammolari
|
2
|
2
|
4
|
12
|
O’simlik va hayvonot dunyosi genofondini saqlash
|
4
|
4
|
8
|
13
|
Respublikamizning yirik sanoat shaharlari ekologiyasi
|
8
|
2
|
10
|
14
|
O’zbekiston Respublikasi ekologik muammolarni hal etish yo’llari
|
2
|
|
2
|
|
JAMI:
|
50
|
18
|
68
|
Ushbu kurs rejaga asosan xaftasiga 2 soat mo’ljallangan.
Mavzuni mustaxkamlash uchun topshiriqlar:
Fakultativ mashg’ulotlarning ekologik ta’lim-tarbiyada qanday o’rin egallaydi?
Fakultativ mashg’ulotlarda qanday mavzulardan foydalanish mumkin?
14- amaliy: Oqar suv va inson salomatligi.
Mashg’ulotning maqsadi: Kanallar, ko’llar va daryo suvlarining tarkibining keyingi vaqtlarda inson salomatligi, tuproq, o’simlik uchun zararli bo’lgan zararli moddalar miqdori oshganligi, suv yo’llarining qarovsizlikdan ko’milib ketayotganligi, bu borada Ekologik ta’lim-tarbiyani kuchaytirish zarurligini tushunish.
Mashg’ulotning mazmuni: O’tgan yillarga nazar tashlansa, erishilayotgan yutuqlar bilan birga, yirik iqtisodiy-ekologik xatolarga yo’l qo’yilayotganligi ma’lum bo’ladi. Ayniqsa, hayot manbai bo’lgan ona tabiatga, bebaho boyligimiz bo’lgan suv manbalariga katta zarar etkazildi.
Biz “Suvga tupursang, ko’zing ko’r bo’ladi”, “ Ochlikka chidash mumkin, tashnalikka chidash qiyin”, “Suvi bor yurtning baxti bor” degan naqllar ma’nosiga e’tibor bermay qo’ydik.
Atrofimizdagi kanallar, ko’l va daryo suvining tarkibida insonga, tuproq, o’simlik uchunzararli bo’lgan Kimyoviy moddalar miqdorining ko’payganligi u yoqda tursin, suv o’zanlarining qarovsizlikdan ko’milib ketayotganligi, suv toshib, yo’llarni, ko’chalarni buzayotganligi, eng achinarlisi, oqib turgan suvga xonadonlardan chiqarib to’kilayotgan mag’zava va chiqindilarni to’kilishi o’ylashga majbur qiladi. Bu oilada, maktab va mahallalarda ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelgan eng yaxshi Ekologik tarbiya usullsri unutilib ketganligi, tabiatga nisbatan bolalar bemehr bo’lib o’sayotganligini ko’rsatadi.
Agar yaxshilab o’ylab qaralsa, bunday ofatlarning kelib chiqishiga ham bizning o’zimiz aybdor ekanligimiz ma’lum bo’ladi. Daryo vas el yo’llarini to’sib toraytirib, himoya bandlarini tekislab, ba’zi joylarini umuman yo’q qilib yuborib, suv o’tadigan o’zanlarda turar joylarni, turli xil imoratlarni qurib, tomorqa sifatida foydalanayotgan ham o’zimiz. Oqibatda esa fojea yuz bersa boshqalarni ayblaymiz.
Ekologik fojeaning oldini olish, suv havzalarini, daryo, anhor, soy oqadigan o’zanlarni asrash,toza saqlash choralarini zudlik bilan ko’rilsa maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |